1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi


Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə4/14
tarix25.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo\'nalishlari, boshqaruv

2. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar
Aksiyadorlik tijorat “XalqBank” Boshqaruvi to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik Jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”3gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”4gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasining Markaziy Bankining “Tijorat Banklarining korporativ boshqaruv to’g’risida”5gi Nizomi va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek AT “XalqBank” ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
Shuningdek, AT “XalqBank” boshqaruvi to’g’risidagi nizomiga muvofiq 8ta bo’lim mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  • Umumiy qoidalar

  • Boshqaruvni tuzish tartibi

  • Boshqaruvning roli

  • Boshqaruv raisi

  • Boshqaruvning vazifalari

  • Boshqaruvning ish tartibi

  • Boshqaruv a’zolarining javobgarligi

  • Nizomni tasdiqlash va o’zgartirish

Boshqaruvni tuzish tartibi: boshqaruvni tashkil etish hamda uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, bank Kuzatuv kengashining qaroriga binoan amalaga oshiriladi.

  • Bank Kuzatuv kengashining qaroriga binoan Boshqaruv a’zolarining tayinlash tanlov asosida amalga oshiriladi.

  • Boshqaruvni boshqarish Boshqaruv Raisi tomonidan olib boriladi.

  • Bank nomidan Boshqaruv Raisi bilan kuzatuv kengashi Raisi, Boshqaruv a’zolari bilan Boshqaruv Raisi mehnat shartnomasini imzolaydi.

  • Boshqaruv a’zolarining huquqlari va majburiyatlari bank ustavi , mehnat shartnomasi va boshqa amaldagi qonun hujjatlarida belgilanadi

  • Bankning boshqaruv a’zolari bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ularning Bank faoliayti samaradorligini oshirish bo’yicha majburiyatlari hamda Bank Aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi oldida Bankning yillik biznes-rejasini bajarish qanday bo’layotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi ko’rsatiladi

  • Boshqaruv a’zolariga to’lanadigan ish haqi va boshqa to’lovlar miqdor Bank faoliyatining samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, mehnat shartnomasida belgilanadi

  • Bank Kuzatuv kengashi Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir

  • Bank Kuzatuv kengashi Boshqaruv a’zolari shartnomani, ular tomonidan Bank Ustavi qo’pol tarzda buzilsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli Bankka zarar yetkazilgan bo’lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega

  • Boshqaruv yig’ilishlarini o’tkazishni Boshqaruv Raisi tashkil etadi

  • Boshqaruv raisi o’z vakolatlari doirasida ishonchnomasiz Bank nomidan ish yuritadi

  • Boshqaruv faoliyati Boshqaruv tomonidan kelishilgan reglamant bo’yicha olib boriladi

  • Boshqaruvning roli:

  • Boshqaruv Bankni boshqarishning ijro etuvchi organi bo’lib, u Bankning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq Bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda Bankning faoliayti uchun javobgarlikni to’liq zimmasiga oladi

  • Boshqaruv bank Kuzatuv kengashiga va Aksiyadorlari umumiy yig’ilishiga hisobdordir

  • Boshqaruv a’zolariga nomzodlar jinoiy, ma’muriy jvobgarlikka tortilgan bo’lsalar, ushbu to’g’risida Bank kuzatuv kengashiga ma’lumot berilishi lozim

  • Boshqaruvi Raisi mazkur Nizomga muvofiq Bank faoliyatidagi o’zgarishlar va boshqa holatlar munosabati bilan Bank Boshqaruvi tarkibiga qo’shimcha nomzodlar bo’yicha takliflar kiritish huquqiga ega

  • Boshqaruv Bank ustavi bilan belgilangan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan barcha vakolatlarga ega

  • Boshqaruv amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan, bank faoliyatiga tegishli boshqa faoliayatlarni ham olib boradi

  • Boshqaruv bank kuzatuv kengashida ko’rib chiqish uchun Bankni rivojlantirish strategiyasi, Bankning tashkiliy boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, Bank Boshqaruvi vakolatiga taaluqli boshqa masalalar bo’yicha takliflar kiritadi

  • Boshqaruv bank faoliyati uchun muhim sanallgan har qanday masalani Bank Kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin

  • Boshqaruv uning a’zolaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa bank Boshqaruvi qaror qabul qilishga haqlidir

  • Boshqaruv qarorlari Boshqaruv yig’ilishida ishtirok etgan Boshqaruv a’zolarining ko’pchilik a’zolari bilan qabul qilinadi

  • Ovoz teng bo’lgan holda Boshqaruv raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi

  • Boshqaruv raisi:

  • Boshqaru Raisi o’z lavozimiga Markaziy bank bilan kelishilgan holda Bank Kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi (tayinlanadi).

  • O’z vakolatlari doirasida Bankning samarali va barqaror ishlashini ta’minlangan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi

  • Bank faoliyati ustidan nazorat olib boradi, foydali bo’lgan iqtisodiy boshqarish metodlarini qo’llaydi. Bank ishchi jamoasining xohishi va tashabbusini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib beradi

  • O’ziga berilgan vakolat doirasida, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulki va mablag’ini tasarruf etadi, Bank nomidan shartnomalar, majburiyatlar va ishonchnomalarga imzo chekadi

  • O’zbekiston Respublikasi tijorat va davlat tashkilotlarida va boshqa davlat tashkilotlarida va boshqa davlatlarda bank faoliyati masalalari bo’yicha vakillikni olib boradi

  • Bank nomidan ishonchnomalar beradi, shartnomalar, majburiyatlar va bitimlarni imzolash tartibini belgilaydi

  • Bankning shtat jadvalini tasdiqlydi va unga o’zgartirishlar kiritadi

  • Shtat jadvali va tuzilgan shartnomalar asosida bankning mansabdor shaxslarni bankning mansabdor shaxslarini tayinlaydi va ishdan bo’shatadi, xodimlar ish haqini belgilaydi hamda namunali ishlagan ishlagan xodimlarni taqdirlaydi, mehnat vazifalarini buzganlik uchun intizomiy jazolar qo’llaydi, Bank xodimlari bilanmehnat shartnomasini, amaldagi qonunchilikka hamda Bank Ustaviga muvofiq tuzadi va bekor qiladi

  • Boshqaruv Raisi o’rinbosarlari, tuzilma rahbarlari javobgarlik me’yorlari belgilaydi

  • Mehnat qonunchiligiga doir vakolatlarini amalga oshiradi.

  • Boshqaruvning vazifalari:

  • Bankning har kungi faoliyatini boshqarish Boshqaruv tomonidan amalga oshirilishi lozim

  • Boshqaruv a’zolari Bank aksiyadorlari va Kuzatuv kengashining ishonchli vakillari bo’lib, Bankning manfaatlarini va aksiyadorlarning manfaatlarini o’zlarining manfaatlarini yuqori qo’yishlari lozim.

“Bank va to’lov tizimlari faoliyati hamda valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi qonunlari to’plami” da IV bo’lim Bank va Bank faoliyati to’g’risida bo’lib, XII bobbdan iborat. Ular quyidagilardan iborat:



  • Umumiy qoidalar

  • Bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar

  • Filiallar va vakolatxonalar

  • Bankning korporativ boshqaruvi

  • Prudentsial talablar va tavakkalchilikni boshqarish

  • Banklar faoliyati ustidan prudentsial nazorat va nazorat tadbirlari

  • Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Markaziy bank tomonidan qo’llaniladigan choralar hamda sanksiyalar

  • Banklararo operatsiyalar va mijozlarga xizmat ko’rsatish

  • Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

  • Banklarda hisobga olish, hisobotlar va auditorlik tekshiruvi

  • Banklarni qyta tashkil etish va tugatish

  • Yakunlovchi qoidalar

Banklar o’z nizomini ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan boblardagi qonunlarga tayanadi.


Har bir bank o’z ustavini ishlab chiqadi va shu ustavga asosan ish ko’radi. “Bank va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning 14-moddasiga binoan:
Bank o’z ustavi asosida faoliyat ko’rsatadi;
Bank ustavida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

  • Bankning to’liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda electron pochta manzili;

  • Ustav kapitalining miqdori;

  • Ustav kapitalini ko’paytirish va kamaytirish tartibi;

  • Chiqarilayotgan aksiyalarning turlari va soni, aksiyalar turlarining nisbati;

  • Sof foydani taqsimlash, shuningdek, zararlarning o’rnini qoplash tartibi;

  • Zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;

  • Bank aksiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, ushbu qonunga muvofiqlikni ta’minlash uchun bank tomonidan so’rab olinadigan axborotni taqdim etish mjburiyatlari;

  • Bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

  • Aksiyadorlar o’rtasida manfaatlar to’qnashuvini oldini olish choralari;

  • Bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari;

  • Bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

Bankning ustavida ushbu moddada begilangan talablardan tashqari aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo’lishi kerak;


Bankning ustavi, unga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar Markaziy Bankdan ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.
Bankning ichki qoidalari, shuningdek, ularga kiritiladigan keying o’zgarish hamda qo’shimchalar banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy Bankka taqdim etilishi kerak;
Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tug’ilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasi bilan uzoqroq muddatga berishga yo’l qo‘yiladi.
Bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda 2019 – yil 5 – noyabrdagi O’RQ – 580 – sonli O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”6 gi qonuni asosiy o’rin tutadi.
Ushbu qonunda, tijorat banklari to’g’risida umumin tushunchalar va sih faoliyatini tartibtibga soluvchi mezonlar aks etgan. Qonunda bank faoliyatiga ruxsat berishga doir eng zarur shartlar ko’rsatib o’tilgan. Filiallar va vakolatxonalarlar ochish shartlari ham ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari, bankning korporativ boshqaruvi, prudensial talablar va tavakkalchiliklarni boshqarish, banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar hamda sanksiyalar, banklararo operatsiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, banklarda hisobga olish, hisobotlar va auditorlik tekshiruvi, banklarni qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida tartib-qoidalar ko’rsatib o’tilgan.
To‘lov tizimlari, to‘lov xizmatlari bozori, to‘lov tizimlarini va to‘lov xizmatlari bozorini tartibga solish, to‘lov tizimlarining ishlashi ustidan nazoratni va kuzatuvni amalga oshirish, bank kartasi, elektron pullar, to‘lovlarni yakunlash va qaytarish, to‘lov tizimida axborotni va xavfsizlikni himoya qilishni ta’minlash to’g’risidagi barcha to’lov bilan bog’liq tartib-qoidalar 2019-yil 11-oktabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”7gi qonunida bayon etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organ hisoblanib, tijorat banklari bilan valyuta operatsiyalari va valyuta nazoratini 2019 – yil 22 – oktabrdagi O’RQ – 573 – sonli “Valyutani tartibga solish to’g’risida”8gi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi qonuni asosida ishlaydi.
Tijorat banklarining asosiy pul mablag’lari, aktivlari shakllanishida mijozlarning o’z hisob raqamiga qo’ygan omonatlari katta ahamiyat kasb etadi. Mijozlarning bankdagi omonatlarining himoyasini taminlash maqsadida 2004 – yil 5 – aprel sanasida 360 – II sonli “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan.
Bundan tashqari bank faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi meyoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan9:

  • 2017 – yil 2 – fevraldagi PQ – 2751 sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidendining “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori

  • 2013 – yil 30 – yanvardagi PQ – 1914 – sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidendining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori

  • 2014 – yil 27 – mart sanasidagi 71 – sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rag’batlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi qarori



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə