1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə9/14
tarix25.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106968
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo\'nalishlari, boshqaruv

2020-yil 1-yanvar holatiga ko’ra

Boshqa jami daromadlari

Foyda yoki zarar

2020-yil 31-dekabr holatiga

1

Mijozlar kreditlari

9 285 580

-

5 687 606

14 973 186

2

Asosiy vosita

- 5 369 517

-

71 560

- 5 297 957

3

Kredit tashkilotlaridagi mablag’i

71 704 904

-

- 1 704 904

-

4

Boshqa aktivlar

3 930 119

-

- 1 110 672

2 819 447

5

Boshqa majburiyatlar

- 409 072

-

512 182

103 110

6

Jami

9 142 014

-

3 455 772

12 597 786



5 – jadval. 2020 – yil soliq bazasiga ta’sir etuvchi omillar17

No

(ming.so’mda)

2019-yil 1-yanvar holatiga ko’ra

Boshqa jami daromadlari

Foyda yoki zarar

2019-yil 31-dekabr holatiga

1

Mijozlar kreditlari

14 082 685

-

-4 797 105

9 285 580

2

Asosiy vosita

-6 776 426

-4 470 294

5 877 203

-5 369 517

3

Kredit tashkilotlaridagi mablag’i

-3 428

-

1 708 332

1 704 904

4

Boshqa aktivlar

2 665 462

-

1 264 657

3 930 119

5

Boshqa majburiyatlar

2 097 968

-

-2 507 040

-409 072

6

Jami

12 066 261

-4 470 294

1 546 047

9 142 014

Tijorat banklarning asosiy daromad manbai mijozlarga beriladigan kredit mablag’lari bo’lgani kabi AT “Xalqbanki” ning ham asosiy foyda yo’nalishi kredit mablag’laridir.


Soliq qonunchiligiga muvofiq AT “Xalqbanki” soliq solinadigan mablag’i yani soliq bazasiga tasir etuvchi omillar mijozlarga beriladigan va ulardan topadigan foydasi inobatga olinadi. Mijozlarga berilgan kredit mablag’laridan bank o’zi uchun zaruriy xarajatlarni ayirib tashlaydi, ya’ni asosiy vositalar uchun qilingan xarajatlar.
Kredit tashkilotlarga foyda ko’rish maqsadida berilgan mablag’lar va ulardan olingan kreditlar uchun foizli ustamalar ham inobatga olinib soliq bazasiga qo’shiladi (yoki ayriladi).
2020-yil 31-dekabr va 2019-yil 31-dekabr bilan yakunlangan yil uchun soliq xarajatlari va buxgalteriya foydasi o’rtasidagi nisbat quyidagicha:


7-jadval. Yuridik shaxslar olinadigan foyda solig’i summasi18

No

(ming.so’mda)

2020 yil

2019 yil




Jami yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’iga qadar hisoblanga daromad

153 382 267

105 185 609

1.

Belgilangan 20% soliq stavkasi bo’yicha hisoblangan mablag’

-30 676 453

-21 037 122

2.

Imtiyozlar

2 759 231

-

3.

Soliq hisoblash bazasiga ta’sir qilmaydigan xarajatlar

-4 849 131

-1 787 831

4.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi

-32 766 353

-22 824 953

AT “Xalqbanki” 2020 – yil hisoblangan soliq solish bazasi 153 382 267 ming so’mni tashkil etgan. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi me’yorlariga ko’ra tijorat banklari ham yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilari qatoriga kiradi va shu sababli banklar ham o’z foydasining 20%ini soliq summasi sifatida to’laydi va bu ko’rsatkich 2020 – yilda 30 676 453 ming so’mni tashkil qilgan. Ammo, bank ayrim soliq imtiyozlariga egaligi sababli 2 759 231 ming so’m chegirilib qolingan. Korxona o’z xarajatlari uchun qilgan sarflari soliq bazasiga kiritilmaydi, ammo ayrim xarajatlar bundan istisno qilinganligi sababli yana 4 849 131 ming so’m qo’shilgan. Bank 2020 – yil yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i uchun 32 766 353 ming so’m to’lagan.


6. Amaliyot obyektida daromadlarning taqsimlanishi va dividend
siyosati.

AT “Xalqbanki” bankining Ustav kapitali 2021 – yil hisbogi ko’ra 4 929 336,5 mln.so’m miqdorida shakllantiriladi.


5-jadval. Hisoblangan va to’langan dividendlar miqdori (mln.so’m)19



«2018 yil yakunlari bo’yicha»

«2019 yil yakunlari bo’yicha»

«2020 yil yakunlari bo’yicha»

Oddiy aksiylar uchun:

0,49%

0%

0%

Hisoblangan va to’langan dividendlar miqdori (mln.so’m)

4,92

0

0

AT “Xalqbanki” ning (keyingi oʻrinlarda - bank) mazkur Dividend siyosati, (keyingi oʻrinlarda - siyosat) “Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida”gi (Yangi tahrir), “Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish” (Yangi tahrir) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 943-son bilan 05.07.2000 yilda roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 472-son bilan 24.06 2000 yilda tasdiqlangan Tijorat banklarida korporativ boshqarish toʻgʻrisdagi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va bank Nizomiga muvofiq, aksiyalar boʻyicha dividendlar hajmi, ularni toʻlash sharti, tartibi va muddatlari haqida tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha bankining maqsad va strategiyasini belgilab beradi.


Bankning dividend siyosati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, bank Nizomi va uning ichki hujjatlarida koʻzda tutilgan investitsion jozibadorlikni, moliyaviy barqarorlik va bank kapitalizatsiyasini oshirish, aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish va ularga amal qilishga asoslanadi.
Mazkur Siyosatga binoan, aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan banking sof foydasining bir qismi dividend hisoblanadi. Dividendlar aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga koʻra mutanosib ravishda taqsimlanadi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan, dividendlar aksiyadorlarga pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari, yoki bankning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlanadi. Bankning imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni bankning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bank bankning joylashtirilgan aksiyalari boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish huquqiga ega.
Eʼlon qilingan dividendlarni toʻlash bankning majburiyati hisoblanadi. Bank amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan dividendlarni olish huquqiga ega aksiyadorlar oldida mazkur majburiyatni bajarmaganligi uchun javobgar boʻladi.
Aksiyadorlarga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashda bank soliq agenti hisoblanadi. Bank Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan dividendlardan soliqlarni hisoblash, ushlab qolish va summalarni oʻtkazishni yoki imtiyozli soliq solish tartibini qoʻllaydi. Bank dividendlarni aksiyadorlarga, Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida koʻzda tutilgan, ulardan ushlangan soliqlar summalarini chegirgan holda toʻlaydi.
Dividend siyosatining asosiy tamoyili bank aksiyalari boʻyicha toʻlanadigan dividendlar hajmini muayyan barqaror darajada saqlash. Amalga oshirilayotan siyosat bank aksiyalari bozor narxlarini oshirish va lozim darajada saqlab turishga qaratilgan.
Dividend siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: a) oʻz vaqtida amalga oshirish tamoyili, bunda dividend toʻlovlarini amalga oshirishda vaqt cheklovlarini belgilab qoʻyish; b) asoslilik tamoyili, bunda bank tomonidan, bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib va uni rivojlantirish rejalari hamda investitsiya dasturini hisobga olgan holda, ijobiy moliyaviy natijaga erishlgan taqdirdagina dividendlarni toʻlash va ularning miqdori haqida qaror qabul qilinishi mumkinligi nazarda tutiladi.
Bank moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra, agar boshqasi Qonunchilik va bank Nizomida koʻzda tutilmagan boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishga haqli. Har bir aksiya turi boʻyicha dividendlarni toʻlash, uning hajmi, shakli va toʻlash tartibi toʻgʻrisida qaror (moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra) bank kengashi taviyasi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qabul qilinadi. Dividend hajmi bank Kengashi tavsiyasi, toʻgʻriligi auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan koʻp boʻlishi mumkin emas. Bankning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va toʻqqiz oyi natijalariga koʻra dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarori (eʼloni) tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Bank Kengashining aksiyadorlar yigʻilishiga tavsiyalari tarkibiga dividendlarni toʻlashga ajratilgan foydaning umumiy summasi, shuningdek har bir turdagi bitta aksiyaga hisobidan toʻlanadigan dividend summasi kirishi kerak.
Dividendlar bankning oʻz tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarda taqsilanmagan foydasidan toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar fayda miqdori yetmagan yoki bankning zarar koʻrishi holda jamiyatning shu maqsad uchun maxsus tashkil qilingan jamgʻarmalari hisobidan va chegarasidagina toʻlanishi mumkin.
Dividendlarni toʻlash oqibatida bankning moliyaviy-xoʻjalik holati jiddiy yomonlashadigan boʻlsa, dividendlarni toʻlash taqiqlanadi.
Bank quyidagi hollarda aksiyalar hisobidan dividendlar toʻlash (eʼlon qilish) toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish huquqiga ega emas: a) bank ustav kapitalining hammasi uning aksiyadorlari tomonidan toʻliq toʻlab boʻlguniga qadar; b) dividendlar toʻlash paytida bank iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlariga ega boʻlsa yoki koʻrsatilgan alomatlar bankda dividendlar toʻlash natijasida paydo boʻlsa; v) bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali summasidan kam boʻlsa; g) bankning Nizomi yoki boshqa ichki hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda, bankning moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish choralarni amalga oshirishni, shu jumladan aksiyadorlarga dividendlar toʻlashni toʻxtatish yoʻli bilan talab qilish huquqiga ega. Mazkur bandda koʻrsatilgan hol bartaraf qilingandan soʻng, bank hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlab berishi shart.
Dividendlarni toʻlashda amalda mavjud hamda hisoblangan, lekin olinmagan foiz daromadlari summasiga toʻgʻrilangan foydadan kelib chiqish zarur.
Bank toʻlanadigan dividendlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunchilikda oʻrnatilgan muddatlarda korporativ axborotlar Yagona portalida /www.openinfo.uz/, bankning veb sahifasida /www.xb.uz/ va “Toshkent” Respublika Jamgʻarma birjasi saytida /www.uzse.uz/ eʼlon qiladi
Bank aksiyalar boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlarni toʻlashning boshlanishi va yakunlanishi sanalari koʻrsatiladi. Dividendlarni toʻlash muddati dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan eʼtiboran 60 (oltmish) kundan ortiq boʻlmasligi lozim.
Bank dividendlar toʻlash majburiyatini dividendlar toʻlash muddati davomidan istalgan kunda bajarishga haqli. Bank Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti aksiyadorining yozma talabiga koʻra, unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablagʻlarni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisob varagʻiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlash kuniga kursi boʻyicha oʻtkazib berishi shart. Bank aksiyadorlarining reyestridan olingan, bank tomonidan tasdiqlangan koʻchirma hamda buxgalteriya tomonidan hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana maʼlumotnomasi ayirboshlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Bir aksiyadorga hisoblangan dividendlar summasi muayyan turdagi aksiyalarning bittasiga toʻgʻri keladigan dividendlar summasini aksiyador ega boʻlgan mazkur turdagi aksiyalar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Bank dividendlar hajmini ularga solingan soliqlarni hisobga olmagan holda eʼlon qiladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə