1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə13/14
tarix25.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106968
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo\'nalishlari, boshqaruv

JA/JM

Bu yerda JA jami aktivlar JM jami majburiyatlar


Mutloq likvedlilik koeffisenti 0.77 %ni tashkil etmoqda. Ushbu ko’rsatgich quyidagicha aniqlanadi.
PM+QMI/QMM
Bu yerda PM pul mablag’lari QMI qisqa muddatli investetsiyalar QMM qisqa muddatli majburiyatlar jami
O’zmablag’larining jalb qilingan mablag’lariga nisbati koeffisenti 0.16% ni tashkil etmoqda. Ushbu ko’rsatgich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.


QM/O’M__bu_yerda_JQM'>JQM/O’M

bu yerda JQM jalb qilingan mablag’lar O’M o’z mablag’lari


Emitentning o’z mablag’larining qarz mablag’lariga nisbati 8.64%ni tashkil etmoqda. Ushbu ko’rsatgich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.


QM/O’M

Bu yerda QM qarz mablag’lari O’M o’z mablag’lari.




10. Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish
istiqbollari.

Bankning o’zi uchun belgilagan missiyasi faoliyatini muvaffaqiyatni ijro etish va uni har bir hamkorlarimiz bilan bo’lishish. Bank moliya bozorining eng istiqbolli sohalarining eng daromadli segmentlarida qudratli moliyaviy supermarket yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
AT “Xalqbanki” quyidagi qadriyatlarni o’zi uchun asos qilib olgan:

  • Shaxsga nisbatan hurmat. Har qanday kishining huquq va erkinliklarini hurmat qilish, huquq va erkinliklariga qat’iy rioya va himoya qilish Bank har kungi faoliyatining birinchi darajali tamoyillari sifatida. Bankning har bir xodimining o’z so’zi va xatti-harakati uchun ma’sulligi.

  • Mijozlar talablariga javob bera olishlik. Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha barcha operatsiyalarni halol, o’z vaqtida va eng yaxshi sharoitlarda, amalga oshirish. Biz hamkorlikni faoliyatimizning barcha sohalarda, ahloq, ishonch va hurmat tamoyillariga asosanlangan holda rivojlantiramiz.

  • Chempionlikka intilish. Chakana sektorida ustunlik qilish, xalqaro operatsiyalar va investitsiyalarni rivojlantirish biz uchun ustuvor sanaladi. Bizni biznesning yangi sahnlari va sohalari, hamda eng istiqbolli mijozlar qiziqtiradi. Biz, o’sish imkoniyatini berish uchun, bank faoliyatining barcha sohalaridagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb etamiz. Xodimlarimizning kasbiy takomillashishini rag’batlantirish, bizning har kungi vazifamiz hisoblanadi.

  • Jamoaviylik. Kasbdoshlar o’rtasida hamfikrlilik, ishonch, o’zaro yordam va birdamlik, doimiy kasbiy bilimlar va amaliy tajriba almashish asosida munosabatlar o’rnatish. Jamoa barcha xodimlarining Bank umumiy ishiga qo’yilgan strategik masalalarni hal etish va bank missiyasini bajarish maqsadiga sodiqlik.

  • Halollik va vijdonlilik. Qing’ir yo’l bilan pul topish doimo, yanada katta muammolar va zararlarni keltirib chiqarishini, tushunish. Bu to’g’ri poydevor”ga ishonch. Biz, bank o'z manfaatlarini ko'zlab tadbirkorlik qilish joyi emasligini tushunamiz.

Moliyaviy strategiya yaratishning asosiy konsepsiyasi bankning missiyasi hisoblanadi, yaʼni moliya bozorining eng istiqbolli tarmoqlarini, eng daromadli segmentlarida ishlaydigan kuchli moliyaviy supermarketni yaratishdir. Xususan, bankning 2021-yildagi moliyaviy natijasini eng yaxshi tavsiflovchisi bu, chempionlik sari intilish tamoyiliga amal qilgan holda, mijozlarga eʼtibor qaratishdir, shu bilan birga, yetakchi oʻrinlarga erishish va uni saqlab qolishga eʼtibor qaratuvchi muhim jihatlardan biridir.
Moliyaviy strategiya bankning asosiy maqsadi sifatida – butun mamlakat boʻylab toʻliq moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi Oʻzbekistonning zamonaviy, innovatsion va jadal rivojlanayotgan bankining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
2022-yilda Bank, yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi va uning ishlashi uchun uskunalarni joriy etish boʻyicha, ishlarni davom ettiradi. Bu qadam yangi interaktiv xizmatlarni joriy etish, mijozlarga tezkor va kechayu kunduz xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Dastur ishga tushirilgandan soʻng, biznes-jarayonlarning aksariyati avtomatlashtiriladi, bu esa oʻz navbatida mijozlar uchun eng qulay aloqa kanallari orqali mavjud boʻlgan, maʼlumotlarni tahlili va modellashtirish vositalariga asoslangan, shaxsiylashtirilgan aloqalarga oʻtishni osonlashtiradi.
Xarajatlarni yanada samarali boshqarish, foyda-xarajat tahlili modelini joriy etish va tartibga soluvchi kapitalni samarali taqsimlash hisobiga, biznes unumdorligi sezilarli darajada yaxshilanadi. 2022-yilda Bank oʻz oldiga foizli biznesni yanada faol surʼatlarda rivojlantirish, oʻz saʼy-harakatlarini chakana va kichik biznesni kreditlashga qaratish vazifasini qoʻymoqda, bu esa oʻz navbatida uning kredit portfelini diversifikatsiya qilishga yordam beradi.
Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda ikkita asosiy segmentga ajratadi:

  • yirik korporativ mijozlar;

  • kichik biznes vakillari.

Katta biznes segmenti bir nechta banklarda xizmat koʻrsatilishni afzal koʻradigan, katta miqdordagi pulga ega boʻlgan va butun moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan eng talabchan mijozlar hisoblanadi. Bunday mijozlar toʻlovlar va kreditlash da tezkorlikni, shuningdek, murakkab moliyaviy vositalarni oʻz ichiga olgan mahsulotlarni talab qiladilar. Ular mijozining faoliyat yuritayotgan sohani oʻziga xos xususiyatlarini biluvchi, yuqori malakali bank xodimlari bilan ishlashni afzal koʻradilar.


Bank individual moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali, ushbu segmentdagi mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻlamini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasida, oʻz mahsulot turlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, xizmatlar koʻrsatish tezligini oshirish, ayniqsa, kredit ajratishda muhim ahamiyatga ega. Bank mijoz menejerlari va mijozlar vakillari oʻrtasida operativ hamkorlik qilish mexanizmlarini yaratadi.
Kichik biznes segmenti Bank uchun katta qiziqish uygʻotadi, sababi maqbul daromadlilik darajasini taʼminlaydi, shu bilan birga mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik biznesning faol qoʻllab-quvvatlanishi tufayli, Bankning potentsial mijozlari soni jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. 2022-yilda kichik biznesni moliyalashtirish uchun, yirik xalqaro moliya institutlaridan, kredit liniyalarini jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib boriladi, bu ayni paytda bankning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshiradi. 2022-yilda kichik biznes bilan shugʻullanuvchi mijozlariga xizmat koʻrsatish jarayoni, masofaviy va raqamli kanallar orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirishdan iborat boʻlib, ularga oʻzlarining biznes mablagʻlarini nazorat qilish va boshqarish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Raqamli kanallarni yanada rivojlantirish mijozlar bilan ishlovchi menejerlarini ishini yengillashtiradi va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda, shaxsiylashtirilgan xizmatlarning yangi paketlarini joriy etish imkoniyatlarini ochib beradi.
Mijozlar bazasini yaratishda asosiy eʼtibor, katta miqdordagi naqd pul qoldigʻiga va yaxshi hisob-kitoblarga ega boʻlgan mijozlarga qaratiladi. Bu 2022-yil oxirigacha yuridik shaxslarning hisoblaridagi qoldiqlarni 9,5 trln soʻmgacha oshirish imkonini beradi.
Korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisoblariga xizmat koʻrsatish prognozlarga koʻra, kamida 103,6 mlrd.soʻm miqdorida daromad keltiradi. Chet el valyutalari hisoblariga va tashqi iqtisodiy faoliyati uchun xizmat koʻrsatish esa, 269,6 mlrd. soʻm miqdoridagi daromad keltiradi.
Resurs bazasi barqarorligini taʼminlash maqsadida, yuridik shaxslarning muddatli omonatlarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratiladi. 2022-yil oxirigacha ularning qoldigʻini 3043 milliard soʻmga (shu jumladan xorijiy valyutada) yetkazish rejalashtirilgan boʻlib, foiz xarajatlari 335,4 milliard soʻmni tashkil etadi.
Olingan mablagʻlar Bankning faol operatsiyalarini moliyalashtirishning, yaʼni kreditlashnig asosiy manbai boʻladi. 2022-yilda kredit portfelini 11,9 trln. soʻmgacha oshirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 8,3 trln soʻm milliy valyutadagi kreditlar va 3,6 trln. soʻmlik soʻm ekvivalentidagi xorijiy valyuta kreditlari tashkil etadi.
2020-yilda kichik biznesni kreditlash alohida yoʻnalish sifatida belgilandi. 2020-2021-yillardagi amaldagi moliyaviy natijalar ushbu qadam toʻgʻri qoʻyilganini koʻrsatdi va emissiya jarayonlarining optimallashtirilishi, rentabellik va muammoli aktivlarning past ulushi buni tasdiqladi.
2022-yilda Kichik kreditlash boʻyicha kredit portfeli qoldigʻini 1,7 trln. Soʻmga yetkazish taxmin qilinmoqda.
Chakana savdo biznesni, xususan, chakana kreditlashni rivojlantirish asosan kredit portfelini umuman diversifikatsiya qilish imkoniyati bilan bogʻliq ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. 2022-yilda chakana kredit portfelining qoldigʻi 6,5 trln. soʻm deya taxmin qilinmoqda. Emissiyaning prognoz qilinayotgan hajmi va foiz stavkalarini hisobga olgan holda, bank 2022-yilda jismoniy shaxslarni kreditlashdan 1132 mlrd.soʻm daromad olishni moʻljallamoqda.
2022-yilda chakana savdo biznesini rivojlantirish uchun bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  • muntazam toʻlovlar, pul mablagʻlarini oʻtkazish, tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, mablagʻlarni tejash kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tez va foydali amalga oshirish. Shu maqsadda mehnatga haq toʻlash loyihalari, jismoniy shaxslarning hisoblari oʻrtasida pul mablagʻlarini oʻtkazish, overdraft va moliyaviy aktivlar bilan taʼminlangan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Mijozlarni masofaviy identifikatsiyalashning yangi usullarini joriy etish orqali, jamgʻarma mahsulotlarini rivojlantirish va plastik kartochkalardan foydalanishni ommalashtirish zarur;

  • xalqaro toʻlov tizimlariga ega plastik kartalar boʻyicha hamkor dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish. 2021-yilda Bank bosh ofisi xodimlari oʻrtasida VISA bilan hamkorlikda xorijiy valyutada toʻlash imkoniyatiga ega boʻlgan, soʻmlik ish haqi kartalarini chiqarish boʻyicha, yangi hamkorlik dasturi ishga tushirildi. 2022-yilda Bank ushbu mahsulotni ommaviy bozorga chiqarishni va uni barcha mijozlariga taklif qilishni rejalashtirmoqda;

  • mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlar oʻrnatish. Ushbu vazifani hal qilish uchun mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va har bir mijoz segmentiga individual yondashuvni topish muhimdir. Bank alohida mahsulotlarga qaraganda jozibaliroq boʻlgan mahsulot paketlarini ishlab chiqadi. Bunday paketlarni tuzish uchun bank mijozlar maʼlumotlarini toʻplash, saqlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bank 2022-yilda jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatishdan 245,8 milliard soʻm daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, plastik kartochkalardan foydalangan holda koʻrsatilgan xizmatlardan (kartalarni chiqarish, tranzaksiyalarni amalga oshirish, toʻlovlarni qabul qilish va bankomatlardan naqd pul berishdan olingan daromadlar) 199,0 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Chakana savdo boʻlimlarida koʻrsatilgan xizmatlardan (pul oʻtkazmalari, hisobdan-hisobga pul oʻtkazish, naqd pul yechib olish) daromadlari 46,8 mlrd.soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.


Bundan tashqari, chakana savdo mijozlari Bank uchun strategik ahamiyatga ega, chunki ularning mablagʻlari Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil qiladi va ularning chiqib ketish xavfi past. 2022-yilda jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha qoldiqlarni 6,7 trln. soʻmni tashkil etadi, shundan muddatli depozitlar 5,7 trln. soʻm. Joriy oʻrtacha depozit stavkalarini, yaʼni xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha 5% va milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha 21%, shuningdek, depozitlar boʻyicha yangi potensial mahsulotlarni hisobga olgan holda, nafaqat milliy valyutada, balki xorijiy valyutalardagi qoldiqlarni ham bosqichma-bosqich oshirish kutilmoqda.
2022-yil uchun foiz xarajatlari bashorati (filiallararo depozitlar boʻyicha foizlarni hisobga olmaganda) 893,5 mlrd soʻm. Foizlar boʻyicha harajatlarning oʻsishi mijozlar hisoblaridagi naqd pul qoldiqlarining koʻpayishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga nisbatan, joriy talablari saqlanib qoldi, ularni bajarish uchun Bank bir yildan ortiq muddatga qoʻshimcha ravishda, “qisqa” resurslardan qimmatroq boʻlgan muddatli depozitlarni jalb qilishi kerak boʻladi.
Joriy yilda foizsiz xarajatlar darajasi 240,2 mlrd soʻmga rejalashtirilgan. 2022-yilgacha oʻsish, yigʻim va komissiya daromadlarining, shuningdek, spot va konversion operatsiyalardan olingan valyuta farqlari koʻrinishida, daromadlarning oshishi kutilmoqda.
Joriy yil uchun operatsion xarajatlar prognozi 561,1 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda. Operatsion xarajatlarning oʻsishiga taʼsir qiluvchi asosiy xarajatlar moddalariga quyidagilar kiradi:

  • Xodimlarning ish haqi va boshqa nafaqalari shaklidagi xarajatlari;

  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi;

  • Maʼmuriy harajatlar, reklama aksiyalarini oʻtkazilishi, soliqlar, yuridik, konsalting, audit, sugʻurta xizmatlari va boshqa operatsion xarajatlar.

Yuqoridagi tendensiyalar va prognozlarni hisobga olgan holda, Bankning 2022-yil uchun sof foydasi kamida, 561,3 milliard soʻm miqdorida taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, aktivlar rentabelligi (ROA) 3,3% ni, umumiy kapitalning rentabelligi (ROE) 32,1% va operatsion samaradorlik koyeffitsiyenti (CIR) 37,4% ni tashkil qiladi.

XULOSA


Milliy ta’lim tizimini mustaxkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan isloxotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog’langan bo’lishi kerak. Fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda bitiruvoldi malakaviy amaliyotni o’rni beqiyosdir.
Bank tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda bitiruvoldi malakaviy amaliyotiga katta axamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shundaki, bitiruvoldi malakaviy amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan bog’lanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’radi. Bitiruvoldi malakaviy amaliyotimning asosiy maqsadi amaliyot vaqtida tijorat banki, uning tarkibiy tuzilishi, bank faoliyatining huquqiy asoslari xamda bank bo’limlari faoliyati to’g’risida tushunchaga ega bo’lish. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida bank faoliyati to’g’risida etarli darajada dunyoqarash shakllandi. Bitiruvoldi malakaviy amaliyotda tijorat banki faoliyatidagi amaliy ma’lumotlar bilan tanishdim. Amaliyot vaqtida kerakli amaliy ma’lumotlardan foydalanadim. Bitiruvoldi malakaviy amaliyot vaqtida bevosita tijorat banklarining jamoat hayotida ishtirok etdim va bank ichki tartibiga qat’iy amal qildim.
O’zbekiston bank tizimini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada bank tizimi shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz. 2018 – yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur”22 diya ta’kidlab o’tgan edi. Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan.
Bankda o’tkazgan 13 haftalik bitiruvoldi malakaviy amaliyotim maroqli, foydali va yangi bilimlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida yetarlicha ko’nikma va malakaga ega bo’ldim, shu bilan birga bank sohasiga bo’lgan qiziqishim ham yanada ortdi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə