1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi


-rasm. AT “Xalqbanki” bosh ofisining tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/14
tarix25.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1. Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo\'nalishlari, boshqaruv

1-rasm. AT “Xalqbanki” bosh ofisining tashkiliy tuzilmasi2


  • bank boshqaruv raisi o’rinbosari. Bank boshqaruv raisi o’rinbosari “G’aznachilik departamenti”ni nazorat qiladi.

  • bank boshqaruv raisi o’rinbosari. Bank boshqaruv raisi o’rinbosari “Korporativ kreditlash departamenti”, “Korporativ kreditlash monitoring departamenti”, “Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish markazi” hamda “Korporativ kreditlash bo’yicha anderrayting boshqarmasi”ni nazorat qiladi.

  • bank boshqaruv raisi o’rinbosari. Bank boshqaruv raisi o’rinbosari “Innovatsion rivojlanish departamenti”, Axborot xavfsizligi departamenti”, “Axborot texnologiyalari departamenti” hamda “To’lov tizimlarini texnik modernizatsiyalash departamenti”ni nazorat qiladi.

  • bank boshqaruv raisi o’rinbosari. Bank boshqaruv raisi o’rinbosari “Korporativ biznes departamenti”, “Chakana biznes departamenti”, “Chakana kreditlash departamenti”, “Kichik kreditlash departamenti”, “Kassa operatsiyalari departamenti”, “Biznesni texnik qo’llab-quvvatlash boshqarmasi” hamda “Bank filiallarini nazorat qiladi.

  • bank boshqaruv raisi o’rinbosari. Bank boshqaruv raisi o’rinbosari “Raqamli filial” bo’limini nazorat qiladi

  • bank bosh buxgalteri. Bank bosh buxgalteri “Buxgalterlik hisobi va hisobot departamenti”, “Banklararo to’lov markazi departamenti” hamda “MHXS bo’yicha moliyaviy hisobotni moliyalashtirish” bo’limlarini nazorat qiladi.

Faoliyati maqsadiga erishish uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:



  • depozitlarning o‘ziga jalb qiluvchi turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qiladi hamda jamlaydi;

  • ularning o‘z vaqtida qaytarilishini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xalqaro standartlargacha yetkazgan holda ularning sifati oshirilishini, yangi turlar va modifikatsiyalarni joriy qilgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilishini ta’minlaydi;

  • davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, xarid qilish, saqlash va hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda sotish yo‘li bilan fond bozorida ular bilan operatsiyalar olib boradi;

  • xorijiy mamlakatlar va MDH a’zolari bo‘lgan davlatlar banklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatadi;

  • bank aktivlaridan samarali foydalanish, kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida boshqa tijorat banklarini, ixtisoslashtirilgan fondlarni jalb qilgan holda kreditlashning qo‘shma sxemalarini amalga oshirishda qatnashadi;

  • yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish uchun kreditlar va mikrokreditlar beradi;

  • ko‘chmas mulk qurish va ularni tuzatish, aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar transport vositalari, garajlar, mebellar, maishiy texnikalar va boshqa buyumlarni sotib olishi maqsadlari uchun iste’mol krediti tizimini rivojlantiradi;

  • O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining qimmatbaho metallari va qimmatbaho toshlari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi;

  • lotereyalar chiqarishni va ularni sotishni amalga oshiradi, boshqa yutuqli tadbirlar o‘tkazadi;

  • O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarz oluvchi, garant va kreditorlik funksiyalarini amalga oshirish vazifalarini topshirgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi, garant va kreditor bo‘lib ish ko‘radi;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatadi, uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlarni amalga oshiradi;

  • amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa xil bank faoliyatini olib boradi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə