1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja


aksincha inson mavhum fikrlashning gultojisidir



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1-мавзу

aksincha inson mavhum fikrlashning gultojisidir
. Inson bilan hayvon 
o’rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) 
shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga o’tish 
imkoniyatiga ega; b) favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga 
kelishi ehtimol oqibatni oldindan payqash layoqati mavjud; v) 
qiyinchiliklar uchrasa, ularni yengish uchun qo’shimcha vositalar 
qo’llash, o’zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun 
avtomobil ishdan chiqsa inson uni sozlaydi, yomg’ir yog’sa narsalarni 
panaga oladi, ayb ish qilib qo’ysa himoyalanish yo’l-yo’riqlarini o’ylaydi, 
muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning 
quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni ko’ra bilishga qodir, aql-farosat 
esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldindan 
payqash, fe’l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan 
inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol 
vaziyatdan bevosita ta’sirotga bo’ysunishni taqozo etadi. Shaxsni 
mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita 
bog’liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta’siriga javob berish 


bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta’sirini ham bartaraf 
etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi 
birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli 
xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir. 
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining quyidagi xususiyatlari 
bilan farq kiladi: 
1.
Inson uzi anglagan zaruratga ko’ra ongli xatti-harakat qilish 
qobiliyatiga ega. 
2.
Odamning xayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va 
saqlashga layoqatli ekanligidir. Xayvonlar xam qurol yasashi mumkin, 
lekin ular qurolni odamlar singari birgalashib,jamoa bo’lib yasamaydi. 
3.
Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy 
tajribaning biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir. 
4.
His-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson o’rtasidagi turtinchi 
juda muxim tafovut bulib hisoblanadi. His-tuygu ikkisida xam bor. Faqat 
inson boshqa kishining gam-gussasini va quvonchini birgalikda baxam 
ko’ra oladi, faqat odamgina tabiat manzaralaridan zavqlanadi. 
5.
Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farqi ularning 
rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar xayvonlar psixakasining 
o’sishi biologik qonunlar asosida ro’y bersa. Inson tajribani 
o’zlashtirmasdan, uziga o’xshaganlar bilan muloqotda bo’lmasdan turib 
uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, 
inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir. 

Document Outline

  • A. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari:
  • B. Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya:
    • Psixologiyaning asosiy metodlari

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə