1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
1-мавзу

Siyosiy psixologiya
- jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik 
xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir ko’rsatish 
jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya so?asi.
Oila psixologiyasi
- oila psixologiyasini o’rganuvchi, fanlararo 
tadqiqot qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi. 
Parapsixologiya
- Hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi
tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi. 
Fan rivojlanib, taraqqiy etib borishi jarayonida uning sohalari ham 
kengayib bormoqda.
Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Psixologiyaning asosiy metodlari.
Aniq izlanish predmetiga ega 
bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va 
materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va 
ular fanning 
metodlari
deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham 
birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning 
ishonchliligi va validliligiga
bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita 
psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta 
ahamiyatga 
molik 
masala 
sifatida 
qaraladi. 
Chunki 
yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z 
bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol 
hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z 
vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab 
metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab 
qolgan. 
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida 
qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning 
ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning 
qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 


2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari 
keltirilgan.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə