1 Buxgalteriya hisobi registrlari va shakillari


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi



Yüklə 62,55 Kb.
səhifə6/10
tarix08.06.2023
ölçüsü62,55 Kb.
#116169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati

6. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida yoxud xo’jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko’rsatish uchun katta ahamiyatga ega.
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo’lsa;
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo’lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo’lish, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega bo’lish bilan bog’liq barcha tavakkallikni o’z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda ko’rishi va o’z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo’yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o’tgandagina mavjud bo’ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo’qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish opera iiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar aktiv xo’jalik subyektining o’z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko’proq xizmat muddati;
b) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ko’proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilashda xo’jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona ko’lami hamda korxonaning xo’jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin.
Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo’yilgan: a) maxsus asmavzu va qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; I) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-dasturxonlari;) qurilish bo’yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o’laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo’ladi va hisobga olinadi. Ularga qono’n hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi.

  1. Yuqorida ko’rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi.




  1. Yüklə 62,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə