1 Buxgalteriya hisobi registrlari va shakillari


Hujjatlashtirish va inventarizatsiya



Yüklə 62,55 Kb.
səhifə2/10
tarix08.06.2023
ölçüsü62,55 Kb.
#116169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati

2. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya.

Hozirgi kunda turli mulkchilik shakllangan asosiy korxonalarda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning rentabellik darajasini oshirish, tannarxni pasaytirish hamda pirovardida yalpi daromad, sof tushum hamda sof foydani ko’paytirishga qaratilgandir.


Hozirgi kunda kelib korxonalarda asosiy xarajatlar qismining oshishi, xarajatlarning oshishi esa korxonalarning moliyaviy natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Bizning vazifamiz ushbu yoziladigan bitiruv malakaviy ish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlar qismida tovar-moddiy zaxiralarining tutgan o’rni, tannarxga ta’siri, ulardan qay darajada foydalanishni tahlil qilib pirovardida o’zimizning xulosa va takliflarni berishdan iborat.
Tovar-moddiy zaxiralarning ishlatilishi, ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulotga o’tkazilib yuborilishi, ularning harakatini hisobda to’g’ri aks ettirishimiz zarur.
Hozirgi kunga kelib tovar-moddiy zaxiralarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda oborot mablag’lari guruhida hisobga olib boriladi. Bularning aksi buxgalteriya balansi aktiv tomonida yuritiladi.
Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish korxonalarda xarajatlar qismini asosini tashkil qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tovar-moddiy zaxiralar holatini tahlil etganda quyidagi ko’rinishdagi sxemalarda baho berish mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarning uch turi mavjud. (1-chizma.)
Tovar-moddiy zaxiralar iqtisodiy kategoriya sifatida ilmiy-uslubiy va me'yoriy manbalarda turlicha ta'riflangan. Jumladan, 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar" nomli BHMSga muvofiq: "tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo’lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va


Egalik qilish xususiyatiga muvofiq, moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari tashkilotga egalik huquqi hamda xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bo’yicha tegishli (xususiy) va unga ushbu huquqlar bo’yicha tegishli bo’lmagan (xususiy bo’lmagan) boyliklarga bo’linadi (3-chizma).


Tashkilotlarga tegishli bo’lgan tovar-moddiy boyliklarga u tomondan tayyorlangan, sotib olingan yoki boshqa shaklda olingan boyliklar kiritilib, ular omborda yoki ishlab chiqarish jarayonida joylashgan bo’ladi.
Tashkilotga egalik huquqi va boshqa shunga o’xshash huquq bo’yicha tegishli bo’lmagan, biroq shartnoma shartlari bo’yicha uning ixtiyoridagi tovar-moddiy boyliklar kiritilib, ular alohida turlari bo’yicha balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Yuqorida keltirgan ta'rif va tavsiflarni o’rganish natijasida tovar-moddiy zaxiralarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyatiga xos quyidagi ta'rifni
taklif etamiz.
Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy aylanishining birinchi bosqichidagi moddiy aktivlar, ya'ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va o’zlarining natural-moddiy shaklini to’liq, saqlab turgan ishlab chiqarish zaxiralari; asosiy podaga o’tkazish yoki sotish maqsadida o’stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar; sotish uchun mo’ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat.

Yüklə 62,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə