1 Buxgalteriya hisobi registrlari va shakillari


Moliyaviy natijalar hisobi



Yüklə 62,55 Kb.
səhifə10/10
tarix08.06.2023
ölçüsü62,55 Kb.
#116169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati

10. Moliyaviy natijalar hisobi.
Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va vazifalari, moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi
Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, ularni yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida rivojlanishini ta’minlash, mamlakatda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarning moliyaviy barqarorligiga uzviy bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning faoliyati davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki korxonalarda foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy ta’minlanishining, korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishning, ishlab chiqarishda fantexnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilish kabi ishlarning asosiy moddiy manbasi hisoblanadi.
Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratiladi. Ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy resurslar) va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydali ishlab chiqarish faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste’molga sotilganda, tovar bo‘lib hisoblanadi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad foyda shaklini oladi. Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lib maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni iste’molchilarga sotadilar. Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.
Agar tushum xarajatlardan yuqori bo‘lsa, moliyaviy natija foyda olinganligidan dalolat beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi, lekin bunga doim ham erisha olmaydi. Agar tushum xarajatlarga teng bo‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan bo‘ladi, xolos. Bunda zarar ko‘rilmaydi, lekin ishlab chiqarish, ilmiytexnik va ijtimoiy rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi.
Agar korxona xarajatlari tushumidan ko‘p bo‘lsa, u zarar ko‘radi, ya’ni salbiy moliyaviy natijaga erishadi. Bu holat uni ancha murakkab moliyaviy ahvolga solib qo‘yadi.
Foydani bozor munosabatlarining o‘ta muhim kategoriyasi sifatida talqin etish mumkin.
1. Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi. Lekin yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini baholab bo‘lmaydi. Bunday universal ko‘rsatkichning bo‘lishi ham mumkin emas. Aynan shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqdori va o‘zgarishga korxonaning xarajatlariga bog‘liq bo‘lgan hamda bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlantiruvchi funktsiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir vaqtning o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning ilmiy¬texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni rag‘batlantirish manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o‘z faoliyatini bajarishni ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqa rish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Yüklə 62,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə