1 Buxgalteriya hisobi registrlari va shakillari


Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlar hisobi



Yüklə 62,55 Kb.
səhifə8/10
tarix08.06.2023
ölçüsü62,55 Kb.
#116169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati

8. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlar hisobi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o‘rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi kerak. Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «Xarajatlar - aktivlarni qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarni kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektni odatiy faoliyati natijasida majburiyatlarni paydo bo‘lishidir» 1 Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; - chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; - ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; - sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; - uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir. Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to‘lov qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi oldida quyidagi vazifalar turadi: - korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘laligicha hisobga olish; - xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob varaqalarida hamda hisobot shakllarida to‘g‘ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash. Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, toki uning asosida eng to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo‘lsin. Bu sohadagi xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak: - xarajatlarni ularni paydo bo‘lish joylari bo‘yicha hisobga olish; - xarajatlar hisobini javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha tashkil qilish; - xarajatlarni ularni paydo qilgan ob’ektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida mahsulot turlari bo‘yicha jamlab berish. Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo‘lish joylari va javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi. Demak, xarajatlarni hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab o‘tishimiz kerak ekan: - alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash; - alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotni shakllantirib berish; - korxonaning ishlab chiqarishdan tashqari barcha boshqaruv xarajatlarining tahliliy ma’lumotlarini yig‘ib berish va ularning talqinini amalga oshirish.


Yüklə 62,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə