1. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasi Ishlab chiqarish va boyitish


-rasm. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish



Yüklə 327,2 Kb.
səhifə4/4
tarix13.05.2023
ölçüsü327,2 Kb.
#110119
1   2   3   4
TOSH ISHLAB CHIQARISH ZAVODLARIDAGI ATMASFERAGA TASIRINI HISOBLASH VA LOYIHALASH

6.6-rasm. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish:
1-kichik mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi; 2-yuqori mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi;
Saylanma maydalash samaradorligi kuch ta'sirida ishlaydigan maydalagichlarda yuqori bo‘lib, toshlar kuch ta'sirida maydalanadi. Shu maqsadda maxsus bolg‘ali, rotorli maydalagichlar, dezintegratorlar ishlatiladi.
Chaqiq toshni mustahkamligi bo‘yicha boyitishga qaraganda dona shakli bo‘yicha boyitish keng tarqalgan. Plastinkasimon va ninasimon shakldagi donalarni alohida ajratish uchun tirqishli va maxsus kolosnikli g‘alvirlar qo‘llaniladi, o‘z navbatida kichik xarajat o‘laroq katta samara beradi.
Chaqiq toshning donalarini u yoki bu shaklda qo‘llashning samaradorligi to‘g‘risida turli fikrlar mavjud.
Ba'zi tadqiqotchilar (S.S.Gordon) chaqiq toshning plastinkasimon donasi kub shaklidagidan yaxshi, ya'ni yuqori mustahkamlikdagi beton olish mumkin degan nazariyani olg‘a surishadi.
Biroq, kub shaklidagi chaqiq tosh asosidagi betonning joylashuvchanligi yuqori bo‘lib, bu ayniqsa yupqa devorli konstruksiyalarda, masalan temir-beton bosimli trubalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarda chaqiq toshni dona shakli bo‘yicha boyitish harajatlarni to‘la oqlaydi.
Chaqiq toshni yuvish qachonki unda chang miqdori O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” talabidan oshsagina bajariladi. Bu esa, ho‘l elash jarayonida bajarilib, suv g‘alvirlar ostidan sepiladi. Chaqiq toshni quruq usulda havo ta'sirida changsizlantirish istiqbolli hisoblanib, elash jarayoni bilan birgalikda bajariladi.
Savollar:
1. Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasini tushintrib bering?
2. Ishlab chiqarish va boyitish qanday tartibda amalga oshiriladi?
3.Chaqiq tosh uchun texnik talablar?
Yüklə 327,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə