1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar


O‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə28/39
tarix29.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#140597
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
PF-4947 07.02.2017

O‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.

139.

Turizm to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.
Turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkor�ikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.

140.

Aeroport va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash.

2017-yil I chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston temir yo‘llari,
MXX, DBQ, O‘zbekiston havo yo‘llari

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat subyektlari xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir bo‘lishiga ruxsat berish;
aeroport va vokzallarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini tubdan yaxshilash;
Davlat bojxona qo‘mitasi, chegara nazorati, aeroport va vokzal xodimlarini turistlar bilan muloqot qilishning zamonaviy shak�lariga, shu jumladan, xorijiy tillarga o‘rgatish.

141.

Turizm sohasida biznesni yuritish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish.

2017-yil I chorak

TIAISV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalar�ga berilgan imtiyozlar tatbiq qilinadigan iqtisodiyot sohalari ro‘yxatiga turizm sohasi kiritiladi.
Mehmonxonalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanayotgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnika, butlovchi qismlar va transport vositalarini import qilayotgan subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlarini berish nazarda tutiladi.

142.

Yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirish.

Yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston havo yo‘llari

Hisob-kitoblarga asosan

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va ijrochilar mablag‘lari

Chora-tadbirlar rejasi.
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish:
mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish;
aholi uchun turlar va ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ichki marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish;
marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish.

143.

“2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

TSV, TIV,
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank,
DSQ, DBQ,
vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish;
O‘zbekiston uchun savdo aloqalari rivojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash;
tashqi bozorlar konyunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;
tashqi bozorlarni marketing o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
b�lgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali ushbu bozorlarni milliy mahsulotlar bilan ta’minlash;
xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.

144.

Birinchi navbatda, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash.

2017-yil III chorak

Iqtisodiyot vazirligi, TSV,
vazirlik va idoralar

-

-

Ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop mahsulot
hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

145.

Tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro infratuzilmalari bilan integratsiyalashuviga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

TIAISV,
O‘zbekiston temir yo‘llari,
O‘zbekiston havo yo‘llari,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zavtodaryotrans,
Davlat raqobat qo‘mitasi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Qarorda quyidagilar taklif etiladi:
milliy transport logistika kompaniyalari o‘rtasida raqobat darajasini oshirish, eksport korxonalari uchun tariflarni pasaytirishni rag‘batlantirish, avtomobil parklarini kengaytirish,
yuk avtomobillarini olish uchun kreditlar olishni soddalashtirish;
eksportga mo‘ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatdosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK veb-saytlarida temir yo‘l va havo transportlarida yuk tashish tariflarini optimallashtirish.

146.

Intellektual mulkni va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yanada rivojlantirish, shu jumladan:
tovar belgilari, sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va patentlarni berish tartibotlarining shaffofligini oshirish;
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning xalqaro tan olinishini ta’minlash;
kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish holatlariga qarshi harakat dasturlarini tasdiqlash;
tovarlarning sifati va ingrediyentlar tarkibini ularning nomlanishi va markalariga muvofiqligi bo‘yicha standartlar (O'zDStlar)ni qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil iyun

Davlat raqobat qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi, O‘zstandart,
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.
Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni, jumladan, tashqi bozorlarda himoya qilishni kuchaytirish, insofsiz raqobatni bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

147.

Kapital qurilish sohasida bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish.

2017-yil III chorak

Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Savdo-sanoat palatasi, O‘zqurilishmateriallari,
DSQ, DBQ

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
qurilishda band bo‘lgan tashkilotlarni kichik tadbirkorlik subyektlari deb hisoblashda xodimlar cheklangan yillik sonini 50 tadan 200 taga ko‘paytirish;
qurilishning boshlang‘ich bahosini qurilish tashkilotining rentabelligini hisobga olgan holda belgilash;
smeta hujjatlarini tuzishda eskirgan va amaliyotda ishlatilmaydigan texnologiyalar va mashinalarni chiqarib tashlash, bozor mexanizmlarini joriy qilish nuqtai nazaridan qayta ko‘rish;
tender savdolari o‘tkazish va qurilish shartlarini o‘zgartirish mexanizmini takomillashtirish;
qurili� pudrat tashkilotlari faoliyatini tekshirishlarni tender narxlarini hisobga olib, ishlarni yakunlagandan keyingina amalga oshirish.

148.

Bozor sharoitlarida erkin faoliyat yurita oladigan, respublikada amalga oshirilayotgan har qanday turdagi loyiha ishlarida qatnashishga imkon beruvchi ustav va aylanma kapitaliga ega bo‘lgan qurilish va loyihalash korxonalarini tashkil etish va joriylarini rivojlantirishga, sohada zamonaviy bozor munosabatlarini yaratishga qaratilgan“Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay muhitni yaratish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Savdo-sanoat palatasi, O‘zqurilishmateriallari,
DSQ, DBQ

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada quyidagilar aks etadi:
kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;
loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va yengilliklar berish;
milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorlarga kirishiga keng jalb etishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish;
loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish;
pudrat tashkilotlarida mavjud bo‘lgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali kadrlarni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish;
qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish;
loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish.

149.

Avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:
umumfoydalanishdagi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish;
xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarni ta’mirlash;
shahar ko‘chalari, aholi punktlariga kirish va ichki yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash;
qurilish materiallarini innovatsion turlaridan hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va usullardan foydalangan holda avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish.

2017-yil

Respublika yo‘l jamg‘armasi, O‘zavtoyo‘l,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davarxitektqurilish,
vazirlik va idoralar

1 550 000,0

Investitsiya dasturi doirasida Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Avtomobil yo‘llari holati yaxshilanadi va yo‘l-transport infratuzilmasi rivojlanadi. Aholi
va transport qatnovi uchun qulayliklar yaratiladi. Yo‘l xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi va ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi.

150.

“Talgo-250” rusumidagi 2 ta yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdini sotib olish loyihasini amalga oshirish.

2017-yil 1-yarmi

O‘zbekiston temir yo‘llari

42,0
mln.doll.

Ijrochi mablag‘lari — 26,0 mln.doll.;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi –
16,0 mln.doll.

1-elektropoyezdni keltirish — 2017-yil mart;
2-elektropoyezdni keltirish — 2017-yil may.

151.

Qarshi-Termiz temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish.

Yil davomida

O‘zbekiston temir yo‘llari

160,3 mln.doll.

Ijrochi mablag‘lari — 73,86 mln.doll.; boshqa manbalar — 86,4 mln.doll.

Qarshi-Termiz temir yo‘l liniyasi elektrlashtirish ishlari yakunlanadi.

152.

Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l liniyasini qurish.

Yil davomida

O‘zbekiston temir yo‘llari

143,0 mln.doll.

Ijrochi mablag‘lari — 48,8 mln.doll.
Tiklanish
va taraqqiyot jamg‘armasi krediti — 94,2 mln.doll.

Buxoro-Miskin temir yo‘l liniyasi quriladi va poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

153.

Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish.

2017 — 2019-yillar

O‘zbekiston temir yo‘llari

18,0 mln.doll.

Ijrochi mablag‘lari

Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l uchastkasi elektrlashtiriladi.

154.

Temir yo‘llarni qayta tiklash.

2017 — 2019-yillar

O‘zbekiston temir yo‘llari

51,1 mln.doll.

Ijrochi mablag‘lari

Temir yo‘llarning ahvoli yaxshilanadi.

155.

Yo‘lovchi vagonlar tarkibini yangilash.

2017 — 2019-yillar

O‘zbekiston temir yo‘llari

8,1 mln.doll.

Ijrochi mablag‘lari

Yo‘lovchi vagonlar tarkibi yangilanadi.

156.

“Toshkent shahar aeroporti yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” loyihasini amalga oshirish.

2017 — 2019-yillar

O‘zbekiston havo yo‘llari,
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
O‘zmilliybank,
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi,
Toshkent shahar hokimligi

jami — 343,6 mln.doll.
shundan, 2017-yilda — 152,9 mln.doll.

O‘zbekiston havo yo‘llari mablag‘lari — 11,9 mln.doll.;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari — 81,7 mln.doll.;
“EDCF” jamg‘armasi mablag‘lari (Koreya Resp.) — 200 mln.doll.;
Koreya Resp. Eksimbanki mablag‘lari — 50 mln.doll.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, pudrat tashkilotini aniqlash, qurilish-montaj ishlarini boshlash masalalari hal qilinadi.

157.

Respublika hududlarida
2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

2017-yil IV chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi

5,7 mln. doll.

Operator va provayderlar mablag‘lari

Respublika aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multimedia va IP-TV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

158.

Kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish.

2017-2018-yillar

Axborot texnologiyalari vazirligi

44,7 mln. doll.

O‘zbektelekom mablag‘lari, xorijiy investorlar kreditlari

Shaharlararo avtomatik telefon stansiyalar sig‘imlari 17152 ta E1 portga oshiriladi.

159.

Respublika hududlarida mobil aloqa operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‘rnatish.

2017-yil IV chorak

O‘zbektelekom, mobil aloqa operatorlari

115,2 mln.doll.

Operator va provayderlar mablag‘lari, xorijiy kreditlar

Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari qamrovi hududlarini kengaytirishga erishiladi.

160.

Respublika hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televideniye uzatkichlarini o‘rnatish va ishga tushirish.

2017-yil IV chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi

62,5 mln. doll.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari mablag‘lari

Respublika aholisini, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi aholini raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə