|
1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar
|
səhifə | 27/39 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 1,1 Mb. | | #140597 |
| PF-4947 07.02.20173.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish
132.
|
Mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. do�larga teng bo‘lgan
649 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tarmoq dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.
2017-yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha;
rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha;
kimyoviy xomashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha;
uglevodorod xomashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha;
tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha;
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha;
qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha;
tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha.
|
Yil davomida
|
O‘zbekoziqovqatxolding, OTMK, O‘zmetkombinat, O‘zkimyosanoat, O‘zbekneftgaz, O‘zbekcharmpoyabzali, O‘zfarmsanoat, O‘zqurilishmateriallari, O‘zbekyengilsanoat,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
116 827 000,
shu jumladan, 2017-yilda 3 003 000
|
Korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar
|
2017-yilda ko‘zda tutilgan quvvatlarning tarmoq jadvallari o‘z vaqtida kechikmasdan foydalanishga topshirish bo‘yicha loyiha ishlarining tarmoq dasturlari.
Kelgusi 5 yilda respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning YIMdagi ulushi — 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi — 80 foizdan 85 foizga o‘sadi.
2017-yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi.
|
133.
|
Ko‘mir qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko‘mir qazib olishni yiliga 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish.
|
2017-2020-yillar
|
O‘zbekko‘mir,
O‘zbekenergo,
Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar
|
Loyihaga asosan
|
O‘zb�kko‘mir mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari
|
Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Aholining energiya ta’minoti yaxshilanadi.
|
134.
|
Zargarlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil III chorak
|
Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAIS vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qo‘mitasi, DSQ, DBQ
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlar aylanmasini soddalashtirish, milliy zargarlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish;
xorijlik buyurtmachilarning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan O‘zbekiston Respublikasi hududida zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish uchun tolling operatsiyalarining huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni import qilishning litsenziyalanishini bekor qilish;
mahalliy oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining eksportga chiqarish hajmi bo‘yicha belgilangan minimal normani (95%) qisqartirish.
|
135.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:
|
Ishlab chiqish:
2017-yil
I chorak
|
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari
|
-
|
-
|
Kompleks chora-tadbirlar.
Korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshi�ish va ishchilar sonini ko‘paytirishga olib keladi.
|
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirish.
|
Amalga oshirish:
2017-2018-yillar
|
136.
|
2017-yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish.
|
Yil davomida
|
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zdavenergonazorat, O‘zneftegazinspeksiya, vazirlik va idoralar
|
602 000,0
|
Korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklar kr�ditlari
|
Mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
|
137.
|
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish.
|
2017-yil III chorak
|
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Unda quyidagilar aks etadi:
korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;
raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;
ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;
manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida shu’ba korxona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.
|
138.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|