1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


IV. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOShQARUVINI TAShKIL ETISh



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə27/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
PF-158 11.09.2023

IV. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOShQARUVINI TAShKIL ETISh

4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar

74.

Aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish.

Mahallaning mablag‘larini aholining ovoziga ko‘ra, infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilib, mahallalardagi muammolarni hal etish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini kamida 3 barobar ko‘paytirish.

Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablag‘larni 24 trillion so‘mga yetkazish.

Mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish.

75.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish.

Hokim�arning mahalliy kengashga rahbarlik qilish amaliyotini to‘liq bekor qilib, kengash raisining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik doirasini aniq belgilash.

Mahalliy kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish, ularning faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

Mahalliy kengashlarning 300 dan ortiq funksiyalarini qayta ko‘rib chiqib, o‘ziga xos bo‘lmaganini bekor qilish.

Mahalliy kengashlar faoliyatiga oid 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

76.

Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish.

Viloyat va tuman (shahar) darajasidagi hokimliklar vazifa va funksiyalarining aniq chegarasini belgilash.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, ularni muddatidan oldin lavozimidan ozod etishning huquqiy asoslarini yaratish.

Hokimliklarning hududiy ijro organlari shtat birligi va tuzilmalarini belgilashdagi rolini oshirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar (funksiyalar) bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.

Hokimliklar va vazirliklar bo‘linmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish.

Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish.

Hokimliklar faoliyatiga oid 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

77.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish.

Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish.

Faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish.

Kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish.

Kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish.

Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish hamda 50 foizini soddalashtirish.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning 300 taga yaqin tartib-taomillarini soddalashtirish.

Davlat xizmatlarini “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, “barchasi bir mobil ilovada” tamoyillari asosida raqamlashtirish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə