1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə29/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
PF-158 11.09.2023

To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish, ularning ulushini kamida 60 foizga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining samarali monitoringi qamrovini 100 foizga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hajmini kamida 2 baravarga oshirish.

Huquq tizimi raqobatbardoshligini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay bo‘lgan sodda va ixcham qonunchilik tizimini yaratish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning aniq chegaralarini belgilash orqali ularning sonini keskin qisqartirish.

81.

Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish.

Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini ta’minlash.

Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida ming nafarga yetkazish.

Davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

82.

Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish.

Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish amaliyotini bekor qilish.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy bo‘linmalariga elektron shaklda, shu jumladan tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Murojaatlarning kamid� 80 foizi mahalliy darajada qanoatlantirilishini ta’minlash.

Takroriy murojaatlar ulushini kamida 2 barobar qisqartirish.

Hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mahallaning o‘zida hal qiladigan xalqchil tizim yaratish.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qabullarida masofadan videoaloqa vositasida ishtirok etish imkoniyatlarini 100 foizga yetkazish.

83.

Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish.

Ommaviy axborot vositalarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirib, ularning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini ama�ga oshirishning kafolatli ta’minlash.

Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 baravarga ko‘paytirish.

Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat-tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə