1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik”



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə32/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
PF-158 11.09.2023

100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash.

V. “XAVFSIZ VA TINChLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZChIL DAVOM ETTIRISh

5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar

90.

Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish.

Dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol va yaxshi qo‘shnichilik tashqi siyosati olib borilishini izchil davom ettirish.

Hamkor mamlakatlar bilan va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli va doimiy muloqotlar o‘rnatish.

Barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish.

91.

Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

Mintaqada turli ustuvor yo‘nalishlar, ayniqsa, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini yanada rivojlantirish borasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish.

Markaziy Osiyoda xalqaro huquq va mintaqadagi barcha davlatlar milliy manfaatlarini inobatga olgan holda keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish.

Markaziy Osiyo davlatlari hududida fuqarolar erkin harakati, shuningdek, tovarlar, xizmatlar va kapitalning sun’iy cheklovlarsiz aylanishiga bosqichma-bosqich erishish, shuningdek, umumiy sayyohlik makonini shakllantirish ishlarini davom ettirish.

Afg‘oniston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro foydali munosabatlarni rivojlantirish, uning iqtisodiy tiklanishiga yaqindan ko‘maklashish, transport-tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish.

92.

An’anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish.

Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish.

MDH mamlakatlari bilan an’anaviy, keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalarini bundan buyon ham samarali kengaytirib borish.

Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mintaqa bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini ko‘paytirish hamda mamlakatimizga investitsiyalar oqimini oshirish.

Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, keng mintaqalarni bog‘lovchi va O‘zbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yo‘laklarini shakllantirish.

Amerika mamlakatlari, xususan, AQSh bilan yangi davrda strategik sheriklik va har tomonlama hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirish, investitsiya, eksport va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish.

93.

Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə