1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə33/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
PF-158 11.09.2023

Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining qoida, me’yor va bitimlariga moslashtirish.

Yiliga kamida 10 ta xorijiy davlat bilan bozorga kirish muzokaralarini yakunlash.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni tizimli olib borish va a’zo bo‘lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish.

94.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish.

Vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish va ularning sonini 300 taga yetkazish.

O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar �chun 200 ta grant ajratish.

Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, ta’lim va ilm-fan sohalarida 100 ta loyihani amalga oshirish.

Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar sonini 100 mingtaga oshirish.

95.

Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish.

Ishga joylashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar sonini 30 taga oshirish.

Fuqarolarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish doirasida 2 mingta xorijiy kompaniyalar bilan kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash tizimini tashkil etish.

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ra�batlantirish.

Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə