1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]


Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə34/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
PF-158 11.09.2023

5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar

96.

Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish.

Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda aholini yot va destruktiv ma’lumotlar ta’siridan himoya qilish, radikallashuvning oldini olish.

Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘siqlarsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish.

97.

Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish.

Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

Qo‘shinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida qo‘shinlarning jangovar shayligi va mahoratini rivojlantirish.

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, birgalikdagi harakatlarning samaradorligi va muvofiqlashganlik darajasini oshirish.

Yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, o‘quv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish.

98.

Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish.

Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida barvaqt ogohlantirish milliy tizimini joriy qilish.

Suv omborlari va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarda favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan prognoz qilish tizimini yaratish.

Yagona global xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish salohiyatini kuchaytirish va mintaqaning barcha davlatlari bilan tezkor axborot almashish, qo‘shma o‘quv mashg‘ulot o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.

99.

Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash.

Davlat chegarasini qo‘riqlash tizimiga zamonaviy texnologiyalar, kommunikatsiya vositalari va texnik (muhandislik) inshootlarni keng joriy qilish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə