1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]



Yüklə 399,21 Kb.
səhifə31/35
tarix30.12.2023
ölçüsü399,21 Kb.
#164126
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
PF-158 11.09.2023

Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 0,64 ballni to‘plashga erishish.

Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yo‘nalishi bo‘yicha 61,5 ballni to‘plashga erishish.

87.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish.

Yagona elektron reyestr yaratish orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar bo‘lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini joriy qilish.

Dalillarni to‘plash va mustahkamlash faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlarni joriy qilish orqali to‘liq raqamlashtirish.

Sud va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar toifasining kamida 30 foizini xususiy sektor yordamida ijro etishni yo‘lga qo‘yish.

Jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonini kamida 50 foizga kamaytirish.

100 foiz jinoyat ishlari va materiallarning elektron shakldagi nusxasini yuritish va ushbu ishlar bo‘yicha elektron hujjat almashinuvini ta’minlash.

88.

Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish.

Advokatura institutini o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish hamda uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini ta’minlash.

Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish.

Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga ko‘paytirish.

Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini kamida 50 foizga yetkazish.

89.

Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish.

Davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish.


Yüklə 399,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə