1. Ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash



Yüklə 89 Kb.
səhifə5/9
tarix03.02.2023
ölçüsü89 Kb.
#100083
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ILMIY ISH NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA AXBOROTLARNI UZATISH

Xususiy muammolarni qo‘yish. Yuqorida kayd etilganidek muammoni to‘g‘ri va anik ko‘yish, tadqiqotni maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri aniqlash, tadqiqot ko‘lamini belgilash va ular asosida tadqiqot manbaini aniqlash ilmiy tadqiqot ishining muhim boskichlaridir. Bunda, ayniqsa, bosh muammoni to‘liq ifodalashga imkon beruvchi xususiy muammolar va ular ketma-ketligini hamda alokadorlik qonuniyatlarini ilmiy talqin qila bilish ham ilmiy tadqiqot ishini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda quyidagi bosqichlarni, ya’ni xususiy muammolar va ularni yechimlarini bosh muammo yechimini topishdagi bosqichlarini qayd etish maksadga muvofiq:

  • tadqiqot manbai faoliyat ko‘rsatishiga teplili ko‘rsatkichlar, omillarni o‘rganib chiqish va ular orasidagi mavjud alokadorlik konuniyatlarini o‘rganish hamda ko‘rsatkichlar iyerarxiyasiga e’tibor berish va nihoyat ma’lumni noma’lumdan ajratish;

  • muammoni qo‘yish uchun o‘sha sohadagi fan-ta’lim, texnika, texnologiyalarning yutuqlarini tadqiqotchi mukammal o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim, aks holda yechilgan muammoni yoki undan pastroq saviyadagi (darajadagi) muammo yechimini topishga ortikcha vaqt sarf qilinishi mumkin;

  • noma’lumlarni cheklash, manbani aks ettiruvchi (ifodalovchi) ko‘rsatkichlar tabiatini o‘rganish va asosiylarini olib qolish, ikkinchi darajalilarini tashlab yuborish;

  • noma’lumlarning aniqlanish va o‘zgarish sohalarini aniqlash;

  • muammo yechimining aniq shartlarini belgilab olish va shuning bilan birga muammo turi ham asoslanadi;

  • butun tadqikotning umumiy metodologiyasini asoslash, o‘lchash va baholash mezonlarini aniqlash;

  • tadqiqot yechimi variantlarini tahlil qilish va tanlangan variant mavjud yechimlardan yangisi hamda istiqbollisi ekanligini asoslash.

Muammoni yoyish. Ilmiy, metodologik, ilmiy-texnikaviy muammolarni bir karashda bir qirrali muammoday bo‘lib ko‘rinadi. Aslida muammo yechimini topish jarayonida uning keng kamrovli ekanligi yoki ko‘p qirraligi aniklanadi. Muammoning yechimi ko‘pincha uning yoyilishi bilan moye keladi, ya’ni xususiy muammolar yechimlarini topishga to‘g‘ri keladi. Ular har kanday xususiy muammolarni bog‘lovchi, aniqlovchi, tugunlovchi xususiyatga ega bo‘lgan bosh muammo atrofida jamlanadi. Bunda xususiy muammolarni yechish tadqikotchining qo‘liga bosh muammo yechimiga javob izlashda ma’lumotlar, axborotlar va dalillarni beradi.
Xususiy muammolar ma’lum darajada asosiy muammoning rejalariga o‘xshash bo‘ladi. Bunda tadqiqot manbaini yangi aloqadorliklar bilan o‘rganish, yangi manba bilan yoki manbani yangi sharoitda o‘rganishga tenglash mumkin.
Ilmiy tadqikot ishining markaziy muammosi - muammo har xil turdagi (nazariy, nazariy-amaliy, amaliy) jihatlardan iborat ekanligi va ular orasidagi bog‘lanishning xilma-xilligidir. Ular ba’zi hollarda alohida tadqiqot mavzusi sifatida ham ko‘rilishi mumkin va hattoki alohida kichik muammo yoki mustaqil muammo sifatida ham.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlar asosida kuyidagicha qisqagina xulosa chiqarish mumkin:

  • biror bir muammo (xususiy muammo bosh muammoga yoki boshqa bir yo‘nalishdagi muammoga) o‘sib, o‘rganilib, takomillashtirilib, tadqiqot maqsadiga ozgina o‘zgartirish kiritilib boshkasiga aylantirilishi mumkin ekan;

  • biror bir muammoni o‘rganish davomida yangi fikr va yangi savollar (muammolar) yuzaga chiqadi, bosh muammoning muhim jihatlari ko‘payadi (kengayadi);

  • biror bir muammo yechimini topishda boshqa muammoning tug‘ilishi bosh muammoning kattagina ko‘lamda yoyilishini tug‘diradi.

Tadqiqotchi, albatta shug‘ullanmoqchi bo‘lgan sohasi yutug‘i va kamchiliklari haqida puxta bilimga ega bo‘lishi lozim. Bu qilingan ishni qayta takrorlab qo‘ymaslikka asos bo‘ladi va hattoki ayrim hollarda mavjud ishlanmalardan saviyasi past bo‘lgan ilmiy tadqikot ishini bajarib qo‘yishi ham mumkin. Bu borada adabiyotlar, tajribalar, mutaxassislar maslahati va boshqa ma’lumotlar manbalarining ahamiyati beqiyosdir.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə