1. Ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash



Yüklə 89 Kb.
səhifə8/9
tarix03.02.2023
ölçüsü89 Kb.
#100083
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ILMIY ISH NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA AXBOROTLARNI UZATISH

Ikkinchi bosqichda yo‘nalishga tegishli ma’lumotlar ularning turlari va tuzilishi aniqlanishi asosida muammolar o‘rganiladi. Aniqlangan muammolar ichidan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan muayyan tadqiqot yo‘nalishiga moye muammo belgilab olindi. Belgilab olgan muammoni yechimini e’tiborga olib yig‘ilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar turlari va ular asosidagi mavzular nomlari aniklandi. Bunda ma’lumotlarni turlarga ajratish maqsadida anketa so‘rovlari, test savollari, suhbatlar o‘tkazildi.
Uchinchi bosqichda esa tadqiqotni bevosita mavzuga moye qismiga o‘tiladi. Unda tadqiqot manbaini tanlashga ilmiy-nazariy asos tayyorlandi. Buning uchun tanlangan mavzu bo‘yicha dunyoda, respublikamizda va tevarak-atrofimizda kilingan ishlar o‘rganilib, tahlil qilinadi.
O’rganilganlik darajasini belgilashda, asosan muammoni o‘rganilganligining ilmiy-metodologik, pedagogik-psixologik va sof amaliy asoslari tahlil qilinadi. Bu bosqichdagi ilmiy faoliyat kanchalik darajada mustahkam olib borilgan bo‘lsa, shunchalik darajada masala ko‘yilishi mustahkam bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda tadqiqot manbai ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanadi. Bunda tadqiqot manbaini hisobga olib, tadqiqot maqsadini shakllantirishga erishiladi. Tadkiqot maqsadini maqsadga muvofiq tanlash pedagogik tadqiqotlar samaradorligini qo‘lga kiritishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda, asosan tadqiqot maqsadini amalga oshirishdagi vazifalarni aniq belgilab olish ham tadqiqot samaradorligini qo‘lga kiritishning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda ma’lumot deb kishi sezgi a’zolari, asboblar va shu kabilar yordamida kayd etiladigan, tashqi olamdan olinadigan belgilar to‘plamiga aytiladi.
Beshinchi boskichda jarayon ham ana shu holatlarni o‘zida aks etgiradi, ya’ni tadqiqot manbai bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar tadqikot maksadini e’tiborga olgan holda tahlil kilinadi va belgilangan vazifalar bo‘yicha ular sinflarga ajratiladi.
Ma’lumotlarga, odatda, u yoki bu sababga ko‘ra dastlab foydalanilmaydigan, balki faqat saqlaydigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida karaladi. Qachonki ular foydalanish uchun tayyorlansa, ulardan axborot sifatida foydalanish mumkin.
Demak, axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar deb qarash mumkin ekan. Biz kayd etayotgan algoritmik tizimning oltinchi boskichi ham aynan shu muammo yechimini topishga karatilgandir.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə