1. Ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash


Ilmiy tadqiqot muammosining qo‘yilishi



Yüklə 89 Kb.
səhifə4/9
tarix03.02.2023
ölçüsü89 Kb.
#100083
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ILMIY ISH NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA AXBOROTLARNI UZATISH

1.2 Ilmiy tadqiqot muammosining qo‘yilishi


Muammo - ilmiy tadqiqot ishidagi yechimi talab kilinadigan nazariy va amaliy masala bo‘lib, u mavzuning dolzarbligi asoslanishi assosida shakllantiriladi, ya’ni ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-metodologik jiqatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo‘ladi.
Muammo ilmiy tadqiqot ishida shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga yetib bormaguncha u haqda to‘liq bilimga ega bo‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo‘ladi. Demak, u sababsiz paydo bo‘lmaydi, ular doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo‘ladi hamda ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi.
Ilmiy tadqiqot ishi davomida muammoni to‘g‘ri qo‘yish va unga moye tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Muammo qo‘yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha olmaslik haqidagi bilimga ega bo‘lib, unga ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha yondashuvni qila olishlik, ya’ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog‘liq ishchi farazni to‘g‘ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.
Muammo qo‘yilishida quyidagi bosqichlarga e’tibor berish lozim;

  • muammoni izlash;

  • xususiy muammolarni ko‘yish (muammo yechimiga erishish uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash);

  • muammoni yechish.

Muammoni izlash. Ma’lumki, ilm-fan sohalari hamda tarmoqlari ko‘p va tabiiyki, ularga moye muammolar ham yetarli. Ko‘pincha ilmiy, ilmiy-metodologik, texnologik va texnikaviy muammolar ilmiy xodimlar va mutaxassislarga yaqhol sezilib turadi. Shu sababli ham, ularni izlashga katta mehnat sarf qilinmaydi.
Muammoni izlash va tanlab olishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • qo‘yilgan muammoni yechmasdan belgilangan yo‘nalishda metodni, metodologiyani, texnologiyani va texnikani yanada rivojlantirish va takomillashtirish mumkinmi?

  • rejalashtirilgan tadqiqot ilm-fanga va ta’lim - tarbiyani rivojlantirishga aniq kilib nima berishini aniklash;

  • rejalashtirilgan tadqiqot natijalari asosida olinadigan yangi qonuniyat nimasi bilan usul, vosita va ilm hamda texnika-texnologiyalardan oldin mavjudlaridan yangi va ko‘proq amaliy bahoga egaligini aniqlash.


Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə