1. Iqtisodiyotda hisobning roli, xo`jalik hisobi mohiyati



Yüklə 35,77 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü35,77 Kb.
#164465
1   2   3   4   5   6
Ал-хоразмий номидаги-www.fayllar.org

- uzluksizlik (davom etadigan faoliyat);

- xo`jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;

- ishonchlilik;

- hisoblab yozish;

- ko`rsatkichlarni qiyoslanishi;

- ehtiyotkorlik;


- hisobot davri daromad va xarajatlarining muvofiqligi;

- mulkiy alohidalik;

- aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholash;

- mazmunning shakldan ustunligi;

- ratsionallik;

- zid emaslik.

Davom etayotgan faoliyat (uzluksizlik) tamoyili korxona uni barpo etish paytida qo`yilgan maqsadlarga muvofiq istiqbolda ancha uzoq vaqt faoliyatini davom ettirishini va u yaqin vaqt ichida tugatmasligini bildiradi.


Xo`jalik muomalalarini pulda baholash qoidasi pul o`lchovidan yetarlicha holis darajada bo`lgan baholashning universal vositasi sifatida foydalanishni bildiradi.
Ishonchlilik qoidasi axborotning buzib ko`rsatishlardan, xatolardan holiligi va yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi.
Hisoblab yozish qoidasi buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi hisobot davriga kiritish kerakligi to`g`risida qaror qabul qilinishi lozimligini anglatadi. Hisoblab yozish usuli daromadlar agar pul mablag`lari hali sotuvchining hisob varag`iga o`tkazilmagan bo`lsada, tegishli mahsulot haridorga yuklab jo`natilgan (ish bajarilgan, xizmat ko`rsatilgan) hisobot davriga taalluqli ekanini taqozo etadi. Xarajatlar ham, korxona tomonidan mazkur hisobot davrida aks ettiriladi.
Ehtiyotkorlik tamoyili hisobot hujjatlarida aktivlar va majburiyatlar oshirib hamda kamaytirib ko`rsatilmasligi kerakligini taqozo etadi. Ehtiyotkorlik tamoyilining ifodalanishlaridan biri – tannarx yoki bozor narxi bo`yicha past baholash qoidasi hisoblanadi. Bu qoidaga binoan, agar korxona o`z aylanma vositalarini bir narxda sotib olgan, hozir esa ularning bozor narxi tushib ketgan bo`lsa, hisobot hujjatlarida korxona o`z vositalarini joriy bozor narxida aks ettirib, tafovutni joriy davr zararlariga kiritishi kerak. Biroq, agar aylanma aktivlarning bozor narxi mazkur hisobot davrida ushbu aktivlarni harid qilish narxiga nisbatan oshgan bo`lsa, korxona o`z aktivlarini ana shu oshgan bozor narxi bo`yicha haqiqatda sotgan paytiga qadar o`z hujjatlariga hech qanday o`zgarishlar kiritmaydi. Bunday yondashuv buxgalteriya hisobida bozor vaziyatidagi o`zgaruvchanlikni va korxona xo`jalik faoliyati hamda mulkdorlarining bu bilan bog`liq xatarini aks ettirish imkonini beradi.

Ko`rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili korxona faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlar boshqa korxonalar faoliyati to`g`risidagi o`xshash axborot bilan taqqoslanishi va mazkur korxonada buxgalteriya hisobining qo`llanadigan usullarida izchillik saqlanib, bu bilan bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish ta’minlanishi lozimligini taqozo etadi.


Holislik tamoyili moliyaviy hisobotda umumiy hisobdan foydalanuvchilar bir guruhining manfaatlarini boshqa guruh manfaatlariga zarar keltirgan holda kanoatlantirishga urg`u berilmasligini anglatadi.
Mulkiy alohidalik tamoyili qonunlarga binoan xo`jalik sub’ektiga (korxona, tashkilot va h.k.) tegishli bo`lgan mol-mulknigina aks ettiradi. Bunday yondoshuv bozor munosabatlari turli sub’ektlari mol-mulkining alohidaligini aks ettirib, ayni vaqtda ularning o`z mulkiy va moliyaviy ahvolini belgilashi uchun asos hisoblanadi, ya’ni mazkur qoida asosida har qanday korxonada buxgalteriya hisobi mulkdor sifatida xo`jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki mulkiy holatini mustahkamlash bo`yicha xo`jalik muomalalarini yozishdan boshlanadi. Mulkka egalik huquqini mustahkamlash xo`jalik yurituvchi sub’ektning hayotiy faoliyat jarayonida uchta huquqiy vaqolat beradi, ya’ni:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə