10
chizig„i
esa qizil, piritniki jez-sariq, chizig„i esa qoradir.
Shaffof yoki
yarim shaffof minerallarning chizig„i rangsiz (oq) yoki och rangda bo„ladi.
Amalda minerallar rangi turmushda yaxshi tanish bo„lgan narsalarning
rangiga solishtirish bilan aniqlanadi. Masalan: sutdek oq,
somondek sariq
va hokazo.
Metall kabi yaltiraydigan minerallarning rangini aniqlash uchun shu
mineral nomiga tegishli tusdagi metallning nomi qo„shib aytiladi: qalaydek
oq, qo„rg„oshindek kulrang, jezdek sariq, misdek qizil va hokazo.
Nazorat savollari:
1. Minerallarning qattiqligi deganda nimani tushunasiz?
2. Moos shkalasini sanang.
3. Qattiqlik nimalar yordamida aniqlanadi?
4. Qattiqligi 2 gacha bo„lgan minerallarga nimalar kiradi?
5. Talk kvarsga nisbatan necha marotaba yumshoq?
6. Minerallarning ulanish tekisligi deb nimaga aytiladi?
7. Minerallarning ulanish tekisligi necha tomonlama bo„lishi
mumkin?
8. Ulanish tekisligi necha xil bo„ladi?
9. Idioxromatik rang deganda nimani tushunasiz?
10. Alloxromatik rang deganda nimani tushunasiz?