5
chiziq qoldiradi. Demak, magnetitning qattiqligi 5 dan ko„p. Shunday qilib
magnetitning qattiqligi 5-6, ya‟ni 5,5 bo„ladi.
Qattiqlik shkalasidagi (1-jadval) minerallarning tartib raqami, masalan,
olmos talkdan 10 barobar, kvars esa 7 barobar qattiq degan ma‟noni
bildirmaydi. Agar kvarsning qattiqligini 1 deb olsak, olmosning qattiqligi
undan 1150
barobar ortiq, talkning qattiqligi kvarsnikidan 3500 barobar
kam ekanligi maxsus asboblar yordamida aniq o„lchashlarda ma‟lum
bo„ldi. Minerallarning qattiqligini qattiqlik
shkalasidagi minerallardan
foydalanmay qalam (qattiqligi 1), tirnoq (qattiqligi 2), bronza chaqa
(qattiqligi 3-4), shisha (qattiqligi 5), pichoq (qattiqligi 6), kvars yoki egov
(qattiqligi 7) dan foydalanib aniqlash ancha oson. Qattiqligi 1-2 bo„lgan
minerallar tirnoq bilan, 4 dan kam bo„lgan minerallar bronza chaqasi (mis
chaqasining qattiqligi 3) bilan tirnalishi amalda sinalgan.
Dostları ilə paylaş: