9
juda oz miqdorda bo„lganda ham rangsiz mineralni to„q rangga bo„yashi
mumkin.
Minerallarning xromoforlar bilan bog„liq bo„lgan ranglari alloxromatik
ranglar deb yuritiladi. Minerallarga qoramtir rang beruvchi aralashmalarga
temir gidroksidi, qizil rangli temir oksidlari, qora rangli marganes oksidlari
va boshqa organik moddalar kiradi. Ulardagi
rang beruvchi pigment
ko„pincha notekis, ba‟zan konsentrik qavatlar bo„yicha tarqalgan bo„ladi,
masalan, agat.
Psevdoxromatizm
(qalbaki). Ayrim shaffof minerallar tovlanib turadi.
Bu ulanish tekisligi darzlarining ichki yuzasidan yoki qandaydir
aralashmalar yuzasidan tushayotgan nurning
qaytishi - interferensiyasi
bilan bog„liq. Masalan, labrador ko„k va yashil rangda, opal esa sadafdek
tovlanib turadi. Bunga sabab mineral yuzasining boshqa xil tarkibdagi
mayin minerallardan tashkil topgan po„stlarning bo„lishidir. Masalan:
qo„ng„ir temir
toshning buyraksimon yuzasi, bornit (CuFeS
4
) va boshqa
minerallarni keltirish mumkin. Minerallar sirtining
bunday rang- barang
tovlanuvchi po„stlarining holati minerallarning tovlanuvchanligi deb
aytiladi.
Dostları ilə paylaş: