1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Alloxromatiya.
Grekcha tashqi, chet va boshqa demakdir. Bir 
mineralning bir necha xil rang va tuslarda bo„lishini ko„plab uchratish 
mumkin. Masalan, odatda rangsiz, shaffof kristallar holida uchraydigan 
kvars gunafsha (ametist), pushti-sarg„ish - qo„ngir (temir oksidlari bo„lgani 
uchun) tillarang (sitrin), kulrang yoki tutun rangi (rauxtopaz), to„q-qora 
(morion), nihoyat sutdek oq ham bo„lishi mumkin. Xuddi shunga o„xshab 
osh tuzi - galit - oq, kulrang, qo„ng„ir, pushti va ba‟zan ko„k rangda 
bo„lishi mumkin. 
Minerallarning rangi ularning tarkibida mayin zarrachalar holida 
tarqalgan mexanik aralashmalar bo„yalgan xromoforlarga bog„liq. Ular



juda oz miqdorda bo„lganda ham rangsiz mineralni to„q rangga bo„yashi 
mumkin. 
Minerallarning xromoforlar bilan bog„liq bo„lgan ranglari alloxromatik 
ranglar deb yuritiladi. Minerallarga qoramtir rang beruvchi aralashmalarga 
temir gidroksidi, qizil rangli temir oksidlari, qora rangli marganes oksidlari 
va boshqa organik moddalar kiradi. Ulardagi rang beruvchi pigment 
ko„pincha notekis, ba‟zan konsentrik qavatlar bo„yicha tarqalgan bo„ladi, 
masalan, agat. 
Psevdoxromatizm
(qalbaki). Ayrim shaffof minerallar tovlanib turadi. 
Bu ulanish tekisligi darzlarining ichki yuzasidan yoki qandaydir 
aralashmalar yuzasidan tushayotgan nurning qaytishi - interferensiyasi 
bilan bog„liq. Masalan, labrador ko„k va yashil rangda, opal esa sadafdek 
tovlanib turadi. Bunga sabab mineral yuzasining boshqa xil tarkibdagi 
mayin minerallardan tashkil topgan po„stlarning bo„lishidir. Masalan: 
qo„ng„ir temir toshning buyraksimon yuzasi, bornit (CuFeS
4
) va boshqa 
minerallarni keltirish mumkin. Minerallar sirtining bunday rang- barang 
tovlanuvchi po„stlarining holati minerallarning tovlanuvchanligi deb 
aytiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə