1-Лаборатория иши


tiniqliligi, solishtirma og‘irligi, magnitlik xususiyati va tashqi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

tiniqliligi, solishtirma og‘irligi, magnitlik xususiyati va tashqi 
ko‘rinishi. 
Jins yaratuvchi мinerallarning kimyoviy tarkibi 
Minerallar kimyoviy elementlardan tashkil topgandir. Yer qobig„ining 
tarkibi ma‟lum bo„lgan barcha kimyoviy elementlarning yig„indisidan 
iboratdir. Yer qobig„i - litosferaning 98% ini faqat 4 ta kimyoviy element 
tashkil qiladi.
Akademik A.S. Fersmanning taklifiga muvofiq Yer qobig„i tarkibiga 
kiruvchi ayrim elementlarning o„rtacha foiz miqdori “klark soni”, yoki 
to„g„ridan-to„g„ri “klarklar” deb ataladigan bo„ldi.
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalida qayd etilgan 
109 ta kimyoviy elementning faqat 11 tasi Yer qobig„ida keng 
tarqalgandir. Bu elementlar O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mg, Ti, H va С. 
Bularning orasida kislorod asosiy o„rin egallaydi. Fersman bo„yicha 
kislorod (og„irlik jihatidan) Yer qobig„ining 49,13 % ini tashkil qiladi. 
Ikkinchi o„rinda kremniy (26%) turadi. Undan keyin alyuminiy (7,45%), 
temir (4,20%), kalsiy (3,25%), natriy (2,40%), magniy va kaliy (2,35%), 
hamda vodorod (1,00%) elementlari turadi. Boshqa elementlar esa Yer 
qobig„ining atigi 2% ini tashkil etadi. Minerallar sistematikasi so„nggi 
vaqtlargacha, asosan, kimyoviy tarkiblariga qarab tuzilgan edi. Minerallar 
kimyoviy tarkibi va kimyoviy birikmalarining turiga qarab katta 
guruhlarga ajratilar edi.
Hozirgi mineralogiya fanida minerallar sistematikasi minerallarning 
kimyoviy tarkibiga, kristallik strukturasiga va genezisiga asoslanadi. 


12 
Kristallarning kimyoviy tasnifi bir tartibga solindi. Minerallarning 
hammasi kimyoviy tarkibi va kristallik tuzilishiga qarab bir necha sinfga 
bo„linadi. Minerallar sinfi bir qancha kichik sinflarga, kichik sinflar esa 
guruhlarga bo„linadi.
Minerallarning 34% ini silikatlar, 25% ini oksidlar va gidrooksidlar
21% ini sulfatlar va 20% ini boshqa minerallar tashkil qiladi. 
Minerallar tuzilishi va tarkibiga ko„ra quyidagi turlarga bo„linadi: 
Sof tug„ma elementlar, sulfidlar
Oksidli va gidroksidli minerallar 
Galoid, sulfat va fosfor minerallari 
Karbonatlar va silikat minerallari
Zanjirsimon va lentasimon silikatlar 
To„qimasimon silikatlar 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə