1-Лаборатория иши


Minerallarning yaltiroqligi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Minerallarning yaltiroqligi
. Minerallar sirti yorug„lik nurlarini 
ma‟lum darajada qaytaradi. Ba‟zi minerallarning yuzasi xira, boshqalarniki 
esa yaltiroq. Yaltiroqlik-mineral yuzasiga tushgan yorug„lik oqimini 
orqaga qaytarish xususiyati. 
Minerallarning yaltiroqligi ularning sindirish ko„rsatkichiga (n) 
bog„liqdir: 
metalldek (n = 3,0) - pirit, galenit; 
yarimmetalldek (n=2,6-3,0) - magnetit, ilmenit; 
metalldek yaltiramaydigan (n=2,6) ya‟ni; 
a) olmosdek - kassiterit, sfalerit; 
b) sadafdek - talk, slyuda; 
d) shishadek - dala shpatlari, kalsit; 
e) yog„dek - nefelin, kvars (sinig„ida). 


13 
Mineral donalaridan tashkil topgan agregatlarning yaltiroqligi 
agregatdagi donalarning joylanish shakliga va uning katta-kichikligiga 
bog„liqdir: 
ipakdek - gips, selenit, asbest; 
mo„mdek - serpentin, xalsedon; 
xira- tuproqdek - kaolin, limonit. 
Minerallarning tiniqligi.
Minerallar plastinkachalarining nurni 
nechog„lik yaxshi o„tkazishiga qarab tiniq, yarimtiniq, xira va tiniqmas 
turlarga bo„linadi. Tiniq minerallarga tog„ xrustali, gips, galit; yarimtiniq 
minerallarga opal, xalsedon, yupqa plastinkalaridan nur o„tadigan, shunda 
ham tagidagi jismlar bilinar-bilinmas ko„rinadigan xira minerallarga dala 
shpatlari va hech nur o„tkazmaydigan tiniqmas minerallarga pirit, gematit, 
magnetit va boshqa minerallar misol bo„la oladi. 
Minerallarning solishtirma og‘irligi
minerallarni aniqlashda katta 
ahamiyatga ega bo„lgan o„lchamdir. Minerallarning solishtirma og„irligi 1 
dan kichik qiymatdan (tabiiy gazlar, suyuq bitum) 2-3 oralig„ida o„zgaradi. 
Mendeleyev davriy jadvalida joylashgan yengil metallarning tabiiy 
oksidlari va tuzlarining solishtirma og„irligi 1 dan 3,5 gachadir. 
Mineralning solishtirma og„irligi gidrostatik tarozida va boshqa 
asboblar yordamida aniqlanadi. Uni amalda tezgina taxminan aniqlash 
uchun mineral qo„lda salmoqlab ko„riladi va solishtirma og„irligi jihatidan 
yengil (2,5 gacha), o„rtacha (4 gacha) va og„ir (4 dan yuqori) ekanligi 
topiladi (3-jadval). 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə