1-Лаборатория иши


-jadval Ulanish tekisligi turlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

2-jadval
Ulanish tekisligi turlari 
Ulanish 
tekisligi turlari 
Hosil bo„lishi 
Misollar 
O„ta 
mukammal 
(yetilgan) 
Mineral juda osonlik bilan 
(masalan, tirnoq bilan) ayrim 
plastinkalarga yoki varaqlarga 
ajraladi. Oynadek silliq yuza 
hosil qiladi 
Slyuda, talk, xloritlar, gips 
Mukammal 
Mineral ulanish tekisligi bo„ylab 
osongina bo„laklarga ajrab ketadi 
(ayniqsa bolg„a bilan sekin 
urganda) 
Kalsit, galit, 
dala shpatlari 
O„rtacha 
Mineral ulanish tekisligini va 
boshqa tomoni bo„ylab noto„g„ri 
sinish yuzasini hosil qiladi 
Avgit, shox aldamchisi 
Nomukammal 
(yetilmagan) 
Mineral ulanish yuzasi bo„ylab 
kamdan-kam parchalanadi. 
Noto„g„ri sinish ko„proq 
Kvars, nefelin, apatit 
 
Sinishi.
Mineralni sindirganda yoki bo„lganda hosil bo„ladigan yuzaga 
sinish deb aytiladi. U bir necha xil bo„ladi. Yuzasi chig„anoqlar yuzasiga 
o„xshab, konsentrik, to„lqinsimon, botiq yoki qabariq bo„ladigan 
chig„anoqsimon sinish, yuzasi bir tomonga qaragan zirapchasimon sinish 
(tolali gips, asbest yuzasi g„adir-budir bo„lib mayda chang bilan qoplangan 
tuproqsimon (kaolinit, limonit) tekis sinish (magnetit), mayda kristall 
agregatlarda uchraydigan donador sinish (marmar) turlarida uchraydi. 
Minerallarning rangi
ularga xos muhim belgilardan biridir. Ko„pgina 
minerallarning nomlari ularning ranglariga qarab berilgan. Masalan, 



lazurit, azurit (fransuzcha "azur" - lazur), xlorit (grekcha "xloros" - yashil), 
rodonit (grekcha "rodon" - pushti), gematit (grekcha "gematikos" qondek) 
va boshqalar. 
Tabiiy birikmalarning rangi kelib chiqishiga qarab uch xil bo„ladi:
1) idioxromatik (doimiy), 2) alloxromatik (o„zgaruvchan) va 3) psevdo-
xromatik (qalbaki). 
Tabiiy birikmalarning rangi ularning ichki xususiyatlari bilan 
bog„liqdir. Masalan, qora rangli magnetit (FeFe
2
O
4
), jezsimon sariq pirit 
(FeS
2
), to„q-qizil kinovar (HgS), misning yashil va ko„k rangli turlari 
(malaxit, azurit, feruza va boshqalar), to„q-ko„k rangli lazurit va hokazo. 
Minerallarning o„ziga xos rangi idioxromatik rang deb yuritiladi. 
Minerallarda rangning paydo bo„lishi uning tarkibidagi xromofor, ya‟ni 
rang beruvchi kimyoviy elementning borligiga bog„liq. Bunday 
xromoforlar jumlasiga Ti, V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, W, Mo, U, Cu va Tb - 
elementlar kiradi. Mineral tarkibidagi xrom unga quyuq qizil (pirop, 
rubin), och-yashil (zumrad), gunafsha (rodoxrom) rang beradi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə