1-Лаборатория иши


Jins hosil qiluvchi minerallarning qattiqligi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Jins hosil qiluvchi minerallarning qattiqligi,
ulanish tekisligi va rangi

Minerallarning qattiqligi.
Minerallarning tashqi mexanik kuchga 
nisbatan qarshilik ko„rsatish xususiyati - minerallarning qattiqligi deb 
ataladi. Minerallarning qattiqligi tez va oson aniqlanadi. Odatda 
minerallarning qattiqligi turlicha bo„ladi. 
Qattiqlikni aniqlash uchun Moos shkalasi qabul qilingan. Bu shkalaga 
o„nta mineral kiritilgan bo„lib, ularning qattiqligi birinchisidan keyingisiga 
tomon ortib boradi, shunga ko„ra, har bir oldingi mineralni keyingisi chiza 
oladi. Qattiqlikni minerallarning yangi yuzasida aniqlash kerak. 
Tekshiriladigan mineralning yuzasiga qattiqlik shkalasidagi mineral bilan 
ohista botiriladi, masalan, magnetit ortoklaz bilan tirnalsa, lekin o„zi 
ortoklazni tirnay olmasa, u vaqtda magnetitning qattiqligi 6 dan kam 
bo„ladi. Biroq magnetitni apatit tirnay olmaydi, aksincha magnetit apatitda 



chiziq qoldiradi. Demak, magnetitning qattiqligi 5 dan ko„p. Shunday qilib 
magnetitning qattiqligi 5-6, ya‟ni 5,5 bo„ladi. 
Qattiqlik shkalasidagi (1-jadval) minerallarning tartib raqami, masalan, 
olmos talkdan 10 barobar, kvars esa 7 barobar qattiq degan ma‟noni 
bildirmaydi. Agar kvarsning qattiqligini 1 deb olsak, olmosning qattiqligi 
undan 1150 barobar ortiq, talkning qattiqligi kvarsnikidan 3500 barobar 
kam ekanligi maxsus asboblar yordamida aniq o„lchashlarda ma‟lum 
bo„ldi. Minerallarning qattiqligini qattiqlik shkalasidagi minerallardan 
foydalanmay qalam (qattiqligi 1), tirnoq (qattiqligi 2), bronza chaqa 
(qattiqligi 3-4), shisha (qattiqligi 5), pichoq (qattiqligi 6), kvars yoki egov 
(qattiqligi 7) dan foydalanib aniqlash ancha oson. Qattiqligi 1-2 bo„lgan 
minerallar tirnoq bilan, 4 dan kam bo„lgan minerallar bronza chaqasi (mis 
chaqasining qattiqligi 3) bilan tirnalishi amalda sinalgan.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə