3
1-amaliy mashg‘ulot
Yer po‘stining mineral tarkibi. Jins hosil qiluvchi minerallarning
fizik xossalari.
Yer qobig„ining ichida va uning sirtida bo„lib turadigan xima-xil fizik-
kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida
vujudga kelgan tabiiy
kimyoviy birikmalar yoki sof tug„ma elementlar
minerallar
deb yuritiladi.
Yerning ustki qattiq qobig„i litosfera deb ataladi. U turli tog„ jinslaridan,
kamroq ma‟danlardan tuzilgan. Tog„ jinslari va ma‟danlar har xil
minerallardan tashkil topgan. Bu termin qadimiy “mineral”, ya‟ni ma‟danli
tosh, ma‟danning parchasi degan so„zdan kelib chiqqan.
Minerallar Yer qobig„ida sodir bo„ladigan xilma-xil fizik-kimyoviy
jarayonlarning tabiiy birikmalaridan iborat.
Tabiatdagi minerallar, asosan
qattiq holatda uchraydi,
lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar
ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sulfidi,
sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko„rsatish mumkin.
Hozirgi vaqtda taxminan 4000 dan ortiq minerallar va ularning turlari
aniqlangan. Tog„ jinslarining hosil bo„lishida, asosan faqat 50
taga yaqin
mineral qatnashadi. Bunday minerallar jins hosil qiluvchi minerallar deb
yuritiladi.
Jins hosil qiluvchi minerallarning paydo bo„lish qonuniyatlarini,
tarkib
va fizik xossalarini bilmasdan turib tog„ jinslarini o„rganish mumkin
emas.
Minerallarning fizik xossalari.
Minerallarning muhim fizik xossalarini
aniqlashda
kimyoviy,
termik
va
boshqa
analizlar
natijalaridan
foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
4
Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o„simtalari,
agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.
Optik xossalari - mineral bo„lagining rangi,
izining rangi, tiniqligi,
yaltiroqligi.
Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish
tekisligi, sinishi va mo„rtligi.
Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan o„zaro
reaksiyasi, erishi,
mazasi va hidi.
Boshqa xossalari - solishtirma og„irligi va magnitlik xususiyati.
Talabalar minerallarning fizik xossalarini yaxshi o„zlashtirishlari uchun
quyida ularning qisqa ta‟rifini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: