1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsad


Okean suvlari haroratining oshishi hamda qor



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix28.11.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#138439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uz

Okean suvlari haroratining oshishi hamda qor 
va muzlar hajmining kamayishi dengiz sathining 
ko‘tarilishiga olib keldi.
1901 yildan 2010 yilgacha 
dunyo bo‘yicha o‘rtacha dengiz sathi ob-havoning 
umumiy isishi va muzliklarning erishi oqibatida 
okeanlardagi suvning ko‘payishi tufayli 19 santimetrga 
yuqoriga ko‘chdi. 1979 yildan boshlab har o‘n yillikda 
Arktika dengizi muzliklari maydoni 1,07 million kvadrat 
kilometrga qisqaryapti.
NIMA UCHUN BU MUHIM?


MAQSADNING MOHIYATI 
NIMADAN IBORAT?
Barqaror taraqqiyot yo‘lida okeanlar, 
dengizlar va dengiz zaxiralarini asrash 
va ulardan oqilona foydalanish.
34
Yokulsarlon muzliklaridagi dengiz 
mushuklari. Janubiy-sharqiy Islandiya.
Fotosurat muallifi: Eskinder Debebe


35
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Umumqamrovli, samarali va tenghuquqlilik asosida 
boshqariladigan, davlat himoyasi ostidagi hududiy 
tizimlar tashkil qilish zarur, ular biologik xilma-xillikni 
saqlab qolish hamda baliqchilik sanoatining barqaror 
kelajagini ta’minlashga yordam beradi.
Mahalliy darajada oziq-ovqat mahsulotlarini sotib 
olganda yoki dengiz mahsulotlarini iste’mol qilganda 
okean manfaatlarini hisobga oladigan ta’minotchini 
tanlash, o‘zimizga zarur bo‘lgan mahsulotlarnigina 
iste’mol qilish lozim. Sertifikatlangan mahsulotlarni 
xarid qilish bu yo‘nalishdagi ilk qadamlardan bo‘ladi.
Okeanlar eng muhim tabiiy zaxiralar, shu jumladan, 
oziq-ovqat, dori-darmon, biologik yoqilg‘i va boshqa 
mahsulotlarning manbaidir. Ular chiqindilarning 
parchalanishi hamda yo‘qotilishiga ko‘maklashadi, 
ularning tarkibiga kiruvchi qirg‘oq bo‘yi ekotizimlari esa 
po‘rtana yetkazadigan ziyonni kamaytiradigan to‘siq 
rolini o‘ynaydi.
Okeanlarni sog‘lom holatda saqlab turishiqlim 
o‘zgarishiga qarshi kurash choralarining va unga 
moslashish samaradorligini oshiradi. Siz qachondir 
dengizda bo‘lganmisiz? Dengiz, shuningdek, sayohat 
va hordiq uchun ajoyib joydir.
Bundan tashqari, dengiz muhiti hisobsiz ajoyib 
mavjudotlarning – bir hujayrali organizmlardan tortib, 
Yer yuzida qachonlardir yashagan jonzotlarning eng 
yirigi bo‘lgan ko‘k kitning ona-makonidir. Shu bilan 
birga, sayyoramizdagi eng xilma-xil ekotizimlardan biri 
bo‘lgan marjon qoyalar dengiz muhitida joylashgan.
Okeanlar Yer yuzining to‘rtdan uch qismini 
egallagan, Yer suv zaxiralarining 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə