1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 Xalqaro standartlar to„g„risida umumiy ma‟lumot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1.6 Xalqaro standartlar to„g„risida umumiy ma‟lumot 
Hozirgi paytda metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, bo‗yicha 
qonun-qoidalar va me‘yorlarni yaratish bilan shug‗ullanadigan ko‗pgina xalqaro 
standartlashtirish tashkilotlari mavjuddir. Shular jumlasiga ular ichida eng ko‗p aniq 
bo‗lgan va tan olingan tashkilotlarga standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot 
(ISO), Xalqaro elektrotexnik komissiyasi (MEK), qonunlashtiriluvchi metrologiya 
bo‗yicha Xalqaro tashkilot (MOZM) va Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeEK) 
kiradi. 
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot 1946 yil 14 oktabrda Yevropa 
iqtisodiy komissiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‗lib, bu konferensiyada 
25 ta davlat ishtirok etdi. Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning ustaviga 
bog‗liq holda, standartlashtirishni tashkil etishning maqsadi, jahon masshtabida 
xalqaro almashtirish va o‗zaro yordam, shu bilan birgalikda ilmiy, texnik va iqtisodiy 
faoliyatda 
hamkorlik 
qilishni 
kengaytirish 
va 
osonlashtirish 
maqsadida 
standartlashtirishni rivojlantirishdir. 
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning asosiy faolligi xalqaro 
standartlarni yaratish va ularni ko‗paytirish, hamda keng ko‗lamda targ‗ib etishdir. 
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning hujjatlari uch xil ingliz, fransuz va 
rus tillarida chop etiladi. Xalqaro standartlashtirishning loyihalarini yaratishda ishchi 
idoralar, ya‘ni texnik qo‗mitalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning ustaviga binoan Bosh 
Assambleya, Sovet va uning qo‗mitalari, prezident va vitse-prezident, bosh kotib, 
markaziy kotibiyat, texnik bo‗limlar va texnik qo‗mitalar tuziladi. 
Bosh Assambleya – standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning 
qonunlashtirilgan idorasi hisoblanib, o‗z atrofida qo‗mita-a‘zolari tomonidan 
belgilangan va tasdiqlangan delegatlardan tashkil topgan. Qoidaga asosan, ular uch 
yilda bir marotaba chaqiriladi. Bosh Assambleyaning sessiyasida standartlashtirish 
bo‗yicha Xalqaro tashkilotning ish faoliyati, ish yakuni muhokama qilinadi va 
keyingi ish faoliyati belgilanadi. 
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning mavqei yildan yilga ortib 
bormoqda, standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot xalqaro standartlari 
ko‗rsatkichlarni birxillashtirishga ega bo‗lib, jahon fani va amaliyotining zamonaviy 
yuksalishiga o‗z hissasini qo‗shmoqda. Buning hisobiga standartlashtirish bo‗yicha 
Xalqaro tashkilotning mahsulotga bo‗lgan standartlari jahon bozorlarida yuqori talab 
darajasiga erishilmoqda. 


37 
Shu sababli, ko‗pgina xalqaro standartlarni yaratishda boshqa faoliyatdagi 
metrologlar va mutaxassislarning ishtirokini talab etadi, hamda standartlashtirish 
bo‗yicha Xalqaro tashkilot qonunlashtirilgan metrologiya bo‗yicha Xalqaro tashkilot, 
Xalqaro elektrotexnik komissiya va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ish 
olib boradi. 
Standartlashtirish bo‗yicha shug‗ullanadigan Xalqaro tashkilotning texnik 
qo‗mitalari barcha ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial faoliyatda Xalqaro 
standartlarning loyihalarini yaratish bilan shug‗ullanadi. Eng ko‗p e‘tibor kimyo, 
neft-kimyo, qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat sanoatiga katta e‘tibor beradi. ISO 9000, 
ISO 9001 va ISO 9004 standartlar raqamida O‗zbekiston Davlat standartlari sifatida 
qabul qilingan. 11000 dan ortiq standartlar O‗zstandart Agentligining so‗rov-
yo‗riqnoma jamg‗armasida o‗z o‗rnini egallab kelmoqda. 
Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot a‘zolari standartlashtirish bo‗yicha 
Milliy tashkilotlar deyiladi. A‘zolari bo‗lib, har bir mamlakatdan bir kishi ishtirok 
etadi. Bosh Assambleyaning yig‗ilishida standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot 
a‘zoligiga har bir tashkilotdan uchtagacha delegat ishtirok etadi. Bunga bog‗liqsiz 
ravishda har bir qo‗mita standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilot a‘zoligiga bir 
kishi ovoz bilan saylanadi. 
1970 yil 14 oktabrdan boshlab, Xalqaro standartlashtirish kuni deb e‘lon qilindi. 
1972 yilgacha Xalqaro standartlar «standartlash bo‗yicha Xalqaro tashkilot tavsiyasi» 
degan nom bilan yuritilgan. Standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotning 
tavsiyasiga binoan 1970 yil Anqara shahrida VIII Bosh Assambleyaning 
standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro tashkilotida «Xalqaro standartlar» deb qabul 
qilindi va 1972 yildan boshlab kuchga kirdi. 
Xalqaro 
standartlar 
xalqaro 
savdodagi 
barcha 
texnik 
to‗siqlardan 
chetlashtirishda samarali vosita bo‗lib hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, bu tashkilot 
ilmiy-texnik miqyosini va mahsulot sifatini aniqlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə