1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


-расм. Стандарташтириш объектларини синфланиши



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

2.1.1.1-расм. Стандарташтириш объектларини синфланиши 


44 
Demak, standartlashtirish ob‘ekti – standartlashtiriladigan yoki unga 
yo‗naltirilgan mahsulot, ishlar (jarayonlar) va xizmatlardir.
Standartlashtirish jihati – tanlangan standartlashtrish ob‘ektini standartlashtirish 
yo‗nalishi bo‗lib, unga ko‗rsatilgan talablar turini aniqlaydi. 
O‗z-o‗zidan standartlashtishrish jihati muayyan bir guruhdagi mahsulot yoki 
xizmatlar bo‗lib, unda: atama va ta‘riflar, sinflanishi, asosiy parametriga talablar, 
saqlash, tashish va vosita hamda usullariga talablar, nazorat usullari va vositalari
metodlariga talablar va boshqalar hisoblanadi. 
Standartlashtirish sohasi o‗zaroaloqador standartlashtirish ob‘ektlari majmuasi 
deb ataladi. Standartlashtishrish sohasi bo‗lib, kimyo sanoati, mashinasozlik
transport, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, ekologiya va boshqalar hisoblanadi. Masalan, 
kimyo sanoati standartlashtirish sohasi bo‗lsa, kimyo sanoatining standartlashtirish 
ob‘ektlari bo‗lib texnologik jarayonlar, mahsulotlar, qurilmalarning xavfsizligi va 
ekologikligi va boshqalar hisoblanadi.
Standartlashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi 
dunyoning siyosiy, geografik, iqtisodiy hududi qabul qilingan standart 
ishtirokchilarining aloqadorligi bilan farqlanadi. Jami bo‗lib to‗rtta asosiy darajaga: 
halqaro, hududiy, milliy va korxona (tashkilot) darajasiga bo‗ladi. 
Standartlashtirish ob‘ekti, jihati va darajasi standartlashtirish sferasini tashkil 
etadi. Uni uch o‗lchamli to‗g‗ri burchakli kordinata tizimlarida grafik shaklda 
tasvirlash mumkin (2.1.1.2-rasm). 


45 
Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud. 
Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari 
erkin holda ishtirok etish mumkin. 
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‗rofiy yoki 
iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda 
ishtirok etishlari mumkin bo‗lgan standartlashtirish tushuniladi. 
Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida o‗tkaziladigan 
standartlashtirish faoliyatidir. 
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar
umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‗zida qamrab olgan me‘yoriy hujjat 
hisoblanadi. 
Me‘yoriy hujjat – atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy 
ko‗rsatmalar, yo‗riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‗z ichiga qamrab oladi. 
Standartlashtirish maqsadlari ko‗p qirrali bo‗lib, ular asosan quyidagilardan 
iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), qo‗llanishlilik, moslashuvchanlik
o‗zaroalmashuvchanlik, sog‗liqni saqlash, xavfsizlikni ta‘minlash, tashqi muhitni 
asrash, mahsulotni himoyalash, o‗zaro tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadning amalga oshishida bir 
vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin. 
Xalqaro 
Hududiy 
Milliy 
Korxona darajasi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə