1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

10
 


2.1.1.3-rasm. Rezistorni shartli belgilash evolyusiyasi 


47 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 

mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‗rinlarida mahsulotlar deb 
yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, 
resurslarni tejash masalalarida iste‘molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya 
qilish;

mahsulotlarning o‗zaro bir-birining o‗rnini bosishini va bir-biriga 
monandligini ta‘minlash; 

fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq 
xo‗jaligining 
ehtiyojlariga 
muvofiq 
mahsulotlarning 
sifati 
hamda 
raqobatbardoshligini oshirish; 

resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-
iqtisodiy ko‗rsatkichlarini yaxshilashga ko‗maklashish; 

ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; 

tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga 
kelishi, havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‗jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini 
ta‘minlash; 

iste‘molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati 
to‗g‗risidagi to‗liq va ishonarli axborot bilan ta‘minlash; 

mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta‘minlash; 

o‗lchashlarning yagonaligini ta‘minlash; 

ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma‘lum qilgan mahsulot sifati 
to‗g‗risidagi ko‗rsatkichlarini tasdiqlash. 
Standartlashtirishning asosiy vazifalari: 

iste‘molchi va davlatning manfaati yo‗lida mahsulotning sifati va nomlariga 
nisbatan eng maqbul talablarni qo‗yish; 

Davlat, Respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan 
mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me‘yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab 
chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‗llash, shuningdek hujjatlardan 
nazorat qilish; 

standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, 
mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‗unlashuvini ta‘minlash; 

bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli
informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‗zaro 
almashinuvchanligini ta‘minlash; 


48 

parametrik va turlar o‗lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, 
buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy 
qismlarini aniqlash va qo‗llash asosida birxillashtirish; 

mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, hom-ashyo va materiallar 
ko‗rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‗lanishi; 

material va energiya sig‗imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi 
texnologiyalarni qo‗llash; 

mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi; 

metrologik me‘yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi; 

standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj 
oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini 
kuchaytirish; 

xorijiy mamlakatlarning talablari O‗zbekiston Respublikasining xalq 
xo‗jaligi ehtiyojlarini qondirgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy 
standartlarini hamda mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri qo‗llash tajribasini kengaytirish; 

texnologik jarayonlarga talablarni belgilash; 

mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida 
xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish; 

texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy 
qilish; 

sinovlarni me‘yoriy-texnika jihatidan ta‘minlash, mahsulot sifatini 
sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə