1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Standartlashtirishning asosiy tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

2.1.2 Standartlashtirishning asosiy tamoyillari 
Standartlashtirishning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritiladi: 
– me‘yoriy hujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini 
inobatga olgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muofiqligi; 
– ob‘ektlarga quyiladigan talablarni kelishib olish va me‘yoriy hujjatlarni 
amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo‗li bilan metrologik ta‘minlashni 
qo‗shib hisoblab o‗zarobog‗langan ob‘ektlarni standartlashtirishning kompleksligi; 
– me‘yoriy hujjatlarni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg‗or 
tajribaga, qonun hujjatlariga muofiqligini ta‘minlash; 


49 
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida me‘yoriy hujjatlarni o‗zaro 
bog‗liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog‗onalarida ularni o‗xshash 
ob‘ektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi; 
– amaldagi me‘yoriy hujjatlar, standartlashtirish bo‗yicha dasturlar va ish 
rejalari to‗g‗risidagi axborotlarni oshkoraliligi; 
– ko‗pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me‘yoriy 
hujjatlarni tasdiqlash; 
– me‘yoriy hujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi; 
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni 
qo‗llash va hakozo. 
Standartlashtirishning umumiy tamoyillari deb quyidagilarni ham keltirish 
mumkin: 
1) Tomonlar qiziqishini balanslashtirish. Standartlashtirish barcha qiziquvchi 
tomonlar ya‘ni mahsulotni iste‘molga tayyorlovchilar, ishlab chiquvchilarning o‗zaro 
intilishiga va fikrlariga, har bir tomon uchun mahsulotni ko‗p qirrali boshqarish 
bo‗yicha uning sifati, iqtisodiy ko‗rsatkichi, qo‗llanuvchanligi, o‗rin bosishi va 
o‗zaroalmashinuvchanligi, uning atrof-muhit, jamiyat hayoti va sog‗lig‗ uchun 
xavfsizligi va boshqa masalalar bilan o‗zaro kelishilgan va asoslangan bo‗lishi lozim. 
2) Tizimli tamoyil. Tizim deganda yuqori samaradorlilik va kam xarajatlilik 
bilan qo‗yilgan maqsadni bajarishga olib boriladigan ishlar va o‗zarobog‗liq 
elementlar majmui tushuniladi. Tizim elementlari aloqalari miqdori aniqlanilgan yoki 
tasodifiy bo‗lishi mumkin. Tizimga kiradigan turli darajada elementlarining 
o‗zarobog‗liqligi va ularning majmui ierarxik bog‗liqlikda tuzulmani hosil qiladi. 
Standart talablarini optimallashtirish odatda standartlashtiri ob‘ektlarini 
parametrik optimallashtirish bilan bog‗liq bo‗ladi.
3) Ishlarni istiqbolligi kelajakda optimal bo‗ladigan hamda standartlashtirish 
ob‘ektlariga o‗rnatiladigan talablar va me‘yorlarning yetarli darajada oshirishga 
bog‗liqligi bo‗yicha chiqarilayotgan mahsulotni oldindan standartlashtirish 
tushuniladi. Ilmiy-texnik bashoratlash oldindan standartlashtirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Standartlar buyumlarni asosiy texnik ko‗rsatkich darajalari va sifati chegeralari 
hamda ayni paytda yetarli tavsiflari ko‗rib chiqiilishi lozim.
4) Standartlashtirishning o‗zgaruvchanligi. Sandartlarni davriy ravishda ularga 
o‗zgarish kiritilishi, bekor qilinishi yoki ularni ko‗rib chiqilishini hamda tekshirishni 
ta‘minlaydi. 


50 
Amaldagi standartlar muddati bo‗yicha uning amal qilishi muvofiqligiga 
tekshiriladi. Tekshirish paytida ularning ilmiy-texnik darajasi va eskirgan 
ko‗rsatkichlarni, me‘yorlar, tavsiflar, talablar, atamalar, tushunchalar va belgilashlar 
asoslangan holda zarar bo‗lsa yangilashlar ishlab chiqiladi.
5) Standartlashtirishda optimallashtirish (maqbullashtirish). Standartlashtirish 
ob‘ektining foydasiz ko‗rsatkichlari aniqlansa hamda uslubiy va me‘yoriy-texnik 
hujjatlarida banday natijalar aks etishi bilan takomillashtirish va ularni 
unifikatsiyalash hamda optimallashtirish usullari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirish bo‗yicha ishlarda, texnologik jarayonlarni optimallashtirish 
hamda sifatni oshirishni ta‘minlash uchun takomillashgan optimallashtirish usullari 
keng va samarali qo‗llanilib kelinmoqda. 
6) Mahsulot (xizmat)larni o‗zaroalmashinuvchanligi, bir-biriga mosligi va 
xavfsizligini ta‘minlash usuli standartlarni ishlab chiqishda muhimliligi. Bu 
ko‗rsatkich umum davlat ahamiyatiga molik bo‗lib, buning uchun ularni 
standartlashtirish, mahsulot, xizmat va jarayonlarni sertifikatlashtirish va ularni 
bajaralishini tekshirish amalga oshirish hisoblanadi. 
Standartlarda majburiy talablar va usullar ularni xolisona tekshirish va 
ko‗rsatilgan talablarga javob berishi «majburiy standartlar» aniq qilib belgilangan 
matn bo‗yicha keltiriladi.
7) Uyg‗unlashganlik tamoyili. Uyg‗unlashgan (o‗zaroaloqador) standartlarni 
ishlab chiqilishi qaraladi. Bitta ob‘ektga bizning davlat standartlashtirish tashkiloti 
qabul qilgan hamda xaqaro (hududiy) tashkilotlar ishlab chiqqan o‗zaroaloqador 
aynan o‗xshash standartlardan foydalanishda hujjatlarning bir xilligini ta‘minlanishi 
tushuniladi. 
8) Standartni aniq rasmiylashtirilishi. Standartlarda me‘yor va talablarning ikki 
xil mazmunga ega bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
9) Standartlashtirishning samaradorligi ijtimoiy va iqtisodiy samara bo‗lib hisob 
olinadi. Iqtisodiy samara standartlarda texnikaviy va informatsion malumotlarni bir-
biriga to‗g‗ri kelishini, materiallar sarfini kamaytirishni, chidamliligini oshirishni va 
resurslarni tejashni ta‘minlaydi. Ijtimoiy samara standartlarda insonlar hayoti va 
sog‗lig‗i hamda atrof-muhit xavfsizligini ta‘minlash yo‗nalishlarini yaratadi. 


51 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə