1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

Taqrizchilar: 
Maxmudov M.I. - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Energoaudit» 
kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. 
Irisov F.J. – ―Uz Test‖ DUK Buxoro filiali boshqaruvchisi 



So„z boshi 
Fanni o‗qitishdan maqsad - ―Standartlashtirish asoslari‖ fanining maqsadi 
respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va 
xavfsizligini oshirish masalalarini hal etish uchun va texnik me‘yoriy huquqiy 
aktlarni ishlab chiqishda, O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish va texnik 
jihatdan tartibga solish tizimlarini takomillashtirish bo‗yicha olgan bilimlarini 
amaliyotga qo‗llash, standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida 
talabalarda bilim va ko‗nikmalarni shakllantirishdan iborat. 
Ushbu fan talabalarga standartlashtirishning asos bo‗luvchi tamoyillarini, 
standartlashtirish bo‗yicha tan olingan xalqaro va hududiy standartlashtirish 
tashkilotlari hamda sanoanti rivojlangan mamlakatlarning standartlashtirish bo‗yicha 
milliy idoralari va umumiy tan olingan xalqaro tamoyillar va texnik jihatdan tartibga 
solishning tartib va qoidalari to‗g‗risida bilimlarni shakllantiradi. 
―Sandartlashtirish asoslari‖ faning ahamiyati xalqaro savdo tizimiga 
O‗zbekiston Respublikasining ingeratsiyalashuvi bilan aloqador standartlashtirish, 
metrologiya, sertifikatlashtirish va metrologik ta‘minotning o‗sib borishi byicha 
bakalavrlarni tayyorlashda undagi ko‗riladigan masalalar bilan etiborlidir. 
Fan 5310900 – «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti» 
yo‗nalishining boshqa fanlari bilan uzviy bog‗liqdir. ―Standartlashtirish asoslari‖ 
fanini o‗zlashtirish natijasida talaba: 
bilishi lozim: 

Standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, MEK) va Butunjahon 
savdo tashkiloti (BST) qoidalari va me‘yorlariga muvofiq standartlashtirish va texnik 
jihatdan tartibga solishning asosiy tamoyillarini; 

O‗bekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga 
solish tizimlarining qonuniy asoslarini; 

texnik me‘yoriy huquqiy aktlar (TMHA) (texnik reglamentlar, davlat 
standartlari, korxna standartlari, texnikaviy shartlar)ning turlari va ularga qo‗yilgan 
talablar; 

savdodagi texnik to‗siqlar (STT) va sanitar hamda fitosanitar tadbirlar bo‗yicha 
BST Kelishuvining asosiy qoidalarini; 

O‗zbekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga 
solish tizimlarining elementlarini; 

standartlashtirishning asosiy usullari va ulardan mahsulotni yaratishdagi barcha 
bosqichlaridan foydalanishni; 




o‗zaro almashinuvchanlikni ta‘minlash tamoyillari va ularning turlarini; 
ko‗nikmaga ega bo‗ladi: 

korxona va tarmoqlarda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish 
bo‗yicha ishlarning zamonaviy holatini tavsiflash va tahlil qilish; 

standartlashtirish usullarini amaliyotga qo‗llash; 

O‗zbekiston Respublikasining TMHAlaridan, mahsulotlarga majburiy 
talablarni o‗rnatishda xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari standartlari
hududiy va xalqaro standartlardan samarali foydalanish; 
tasavvurga ega bo‗ladi: 

standartlashtirish bo‗yicha xalqaro, hududiy va milliy tashkilotlarning 
tuzilmasi va faoliyatlari to‗g‗risida; 

O‗zbekiston Respublikasi TMHA va xalqaro standartlarni ishlab chiqish 
tartibari to‗g‗risida; 

o‗zaro o‗rin bosuvchi davlat standartlari va uyg‗unlashgan yevropa standartlari 
to‗g‗risida; 

barcha davlatlarda texnikaviy qonuniy aktlar me‘yorini uyg‗unlashtirish 
to‗g‗risida. 
Fanni o‗qitishda mashg‗ulot turlarining bajarilish tartiblari mavzular ketma-
ketligini va mutanosibligini saqlagan holda amalga oshirilishiga alohida e‘tibor 
berilishi lozim. Nazariy materiallar o‗quv adabiyotlariga asoslanib olib boriladi. 
Amaliy mashg‗ulotlarini misollar yechish, hamda me‘yoriy hujjatlarning tuzilishi, 
bayon etilishi va rasmiylashtirilishi kabilar tashkil qiladi. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə