1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 Halqaro standartlashtirish tashkilotlari faoliyati va tashkilotlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1.3 Halqaro standartlashtirish tashkilotlari faoliyati va tashkilotlari
Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish 
sohalarida me‘yoriy hujjatlarini ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi 
ilg‗or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‗yicha har xil yordam ko‗rsatish 
metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot, sifat bo‗yicha Yevropa 
tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‗yicha Xalqaro konferensiya, 
G‗arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va 
metrologiya bo‗yicha arab tashkiloti va boshqalari faol ishlab turibdi.
Ana shu tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlarni biroz bo‗lsada tasavvur 
qilish, ularning shu sohalardagi ishlari bilan qisqacha tanishish maqsadida Xalqaro 
tashkilotlarning faoliyatlari to‗g‗risida fikr yuritmoqlikni lozim topdik. 
1.3.1 Halqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO va uning faoliyatlari 
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich 
Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‗lib, biroz keyinroq, 
birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‗mitasi (1918 y.), 
Amerika qo‗mitasi (1918 y.) va boshqalar tashkil topdi.


14 
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi. Shu 
maqsadda 1926 yili standartlashtirish bo‗yicha milliy tashkilotlarning Xalqaro 
Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‗ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro s‘ezd ochildi. 
Uning tarkibi turli texnika sohalari bo‗yicha 32 ta qo‗mita va kichik qo‗mitalardan 
tashkil topdi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini 
to‗xtatib qo‗ydi.
Hozirgi 
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(International 
Standards 
Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu 
nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‗rsatib, 
rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol 
almashinuvida va o‗zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‗lamida 
standartlashtirishni rivojlantirishga ko‗maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va 
iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‗stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

dunyo ko‗lamida standartlarni va ular bilan bog‗liq bo‗lgan sohalarda 
uyg‗unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‗rish; 

xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart 
uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‗mitalarining ikkidan uch qismi ma‘qullab 
ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‗rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, 
standart ma‘qullanishi mumkin); 

o‗z qo‗mita a‘zolarining va texnikaviy qo‗mitalarning ishlari haqida 
axborotlar almashinuvini tashkil qilish; 

sohaviy masalalar bo‗yicha manfaatdor bo‗lgan boshqa xalqaro tashkilotlar 
bilan hamkorlik qilish ko‗zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo‗mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari 
tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, 
texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo‗mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
ISO da prezident, vitse-prezident, g‗azinachi va bosh sekretar lavozimlari 
mavjud. Bosh Assambleya - ISO ning Oliy Rahbari bo‗lib, ISO ning yig‗ilishi uch 
yilda bir marta bo‗ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.


15 
Bosh Assambleya o‗tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar 
ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‗nalishlari 
muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‗tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, 
texnikaviy idoralarning tuzilishi xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash 
idoralarining a‘zolarini hamda texnikaviy qo‗mitalarning raislarini tayinlaydi va 
boshqa masalalar ko‗riladi.
ISO tarkibi ikkita tashkilotdan tuzilgan bo‗lib, ya‘ni ISA va 1944 yilda asos 
solingan, BMT qoshidagi standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi – UNSCC, uning 
shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. ISO ni yaratishdan maqsad – ―... xalqaro 
miqyosda sanoat standartlarini unifikatsiyalashtirish va muvofiqlashtirishni 
yengillashtirish...‖. Hozirgi kunda 170 ta mamlakat ISO tashkilotining a‘zosi 
hisoblanadi. 
ISO xalqaro nohukumat tashkilotidir. ISO rasmiy tili rus, ingliz va fransuz tillari 
deb tan olingan. Tashkilotning budjeti yillik a‘zolik to‗lovlaridan va ISO nashrlaridan 
olingan foydalardan tarkib topgan. 
ISO ning qonunchilik idorasi Bosh assamleyasi bo‗lib, har uch yilda bir 
marotaba yig‗iladi.
Bosh assambleyaning sessiyalar orasida ISO rahbariyati prezident boshchiligida
Kengash o‗tkazadi. ISO Kengashini ISO ning bosh direktori boshchiligida Ijro 
qumitasi va Markaziy kotibiyat orqali faoliyatni amalga oshiradi. 
ISO ning asosiy qo‗mitalari bo‗lib, standartlashtirish bo‗yicha ilmiy-texnik 
axborotlar tamoyilini o‗rganish bo‗yicha doimiy qo‗mita – INFCO, Mahsulotlarni 
attestatsiyalash bo‗yicha qo‗mita – SERTICO, rivojlanayotgan mamlakatlarga 
yordam ko‗rsatish bo‗yicha qo‗mita – DEVCO hisoblanadi.
ISO ning eng muhim idorasi bo‗lib Standartlashtirish tamoyillarini ilmiy 
o‗rganish bo‗yicha doimiy qo‗mita (The Standing Committee for Study of Scientific 
Principles of Standardization) hisoblanadi. Uni qisqartigan holda ISO/STAKO yoki 
oddiygina STAKO (STACO) deb nomlanadi. 
ISO ning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilgan texnik qumitalar (ISO/TK) va 
qumita osti qumitalari (ISO/TK/PK) xalqaro standartlarni ishlab chiqishni bajaradi.
1994 yilga kelib, ISO tarkibiga 100 ta milliy tashkilotlar, jumladan, ular qatoriga 
MDH mamlakatlari ham a‘zo bo‗ldi. 


16 
ISO ning eng muhim yo‗nalishlari bo‗lib sifat, axborot texnologiyalari, xalqaro 
standartlar bilan ishlovchi boshqa kooperatsiyalar, atrof-muhit, ta‘lim yo‗nalishlari 
hisoblanadi. 
ISO quyidagi hujjatlarni nashr etadi: 
- harfli indeksi va sonli raqami mavjud bo‗lgan xalqaro standartlarini (masalan, 
ISO 1000); 
- guruhli mavzulari va qo‗llanish sohasi bo‗yicha joylashtirilgan xalqaro 
standartlarning yillik katologini (ISO Catalogue); 
- ISO tuzilmasi va uning har bir texnikaviy qumitasining faoliyat sohasi 
haqidagi axborotlardan tarib topgan yillik ma‘lumot (spravochnik) larni (ISO 
Memento).
ISO 
a‘zolari yoki muxbir-a‘zolari mamlakatda standartlashtrishning 
rivojlantirish darajasiga aloqadorligidan kelib chiqib, standartlashtirish bo‗yicha 
milliy standartlashtirish tashkiloti bo‗lishi mumkin. ISO tarkibiga kirish to‗g‗risidagi 
takliflar ISO markaziy kotibiatiga jo‗natiladi (Shveysariya, Jeneva shahri). 
1972 yilgacha standartlashtirish bo‗yicha ISO hujjatlariga tavsiya sifatida 
qaralgan. Hozirgi vaqtda bunday hujjatlar ISOga a‘zo-mamlakatlarning barchasi 
uchun xalqaro standartlar mavqiega ega. 
Hozirgi paytda ISO turistik, mehmonxona, moliyaviy, sug‗urtalash xizmatlarni, 
xo‗jalik texnikalarini ta‘mirlash bo‗yicha xizmatlar va kadrlarni tayyorlash va ta‘lim 
bo‗yicha xizmatrlarni standartlashtirish bo‗yicha keng miqyosdagi ishlarni 
rivojlantirmoqda. 
ISO 1995 yilda Internetda o‗zining Welcome to ISO Online http://www.iso.ch. 
nomli sahifasini ochdi. 
ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi 1.5.1.1-rasmda keltirilgan. Bosh 
boshqaruv organi General assambleya bo‗lib hisoblanadi. General assambleya 
sessiyalari o‗rtasidagi vaqtda tashkiliy ishlarni standartlashtirish bo‗yicha milliy 
tashkilotlari vakillari kiruvchi ISO Kengashi boshqaradi.
ISO Kengashiga yettita STACO, PLACO, CASCO, DEVCO, COPOLCO va 
REMCO qo‗mitalari bo‗y so‗nadi. 
STACO ISO Kengashiga xalqaro standartlarni ishlab chiqish usuli va prinsiplari 
bo‗yicha uslubiy va axborot yordam ko‗rsatadi. 
U asos soluvchi standartlashtirish prinsiplarini o‗rganish va ushbu sohadagi 
optimal natijalarga erishish bo‗yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. STACO savdoni 
rivojlantirish uchun xalqaro standartlarni qo‗llash bo‗yicha terminologik va 


17 
seminarlarni tashkillashtirish bilan ham shug‗ullanadi. PLACO tomonlarning 
ishlarini tashkillashtirish va texnikaviy muvofiqlashtirish, ISOning ishlarini 
rejalashtirish bo‗yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. 
CASCO mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar va sifat tizimi standartlari talablariga 
muvofiqlikni tasdiqlash, sinov laboratoriyalarini layoqatliligi va sertifikatlashtirish 
idorlariga tegishli masallar bilan shug‗ullanadi. CASCOning eng muhim ishi – milliy 
va hududiy sertifiatlashtirishlarni qabul qilish va o‗zaro tan olish, hamda 
muvofiqlikni tasdiqlash va sinash sohalarida xalqaro standartlardan foydalanishga 
ko‗makashadi.
DEVCO standartlashtirish sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar takliflari 
o‗rganadi va ushbu sohada bu mamlakatlarga ko‗maklashish bo‗yicha tavsiyalarni 
ishlab chiqadi. 
COPOLCO 
iste‘molchilar qiziqishlarini va standartlashtirish orqali 
ko‗maklashish imkoniyatlarni ta‘minlash masalalarini o‗rganadi hamda xalqaro 
standartlar to‗g‗risidagi zaruriy ma‘lumotlarni ularga yetkazish bilan shug‗ullanadi. 
Bunda uni nashr etayotgan: ―Iste‘mol mahsulotlarini solishtirish sinovlari‖, 
―Iste‘molchilar uchun mahsulotlar to‗g‗risida axborotlar‖, ―Iste‘mol mahsulotlarini 
ekspluatatsiya qilish tavsiflarini o‗lchash usullari standartlarini ishlab chiqish‖ va 
boshqa qo‗llanmalarini eng katta o‗rin tutadi. 
REMCO standart namunalar (etalonlar)ga taalluqli 
masalalarbo‗yicha 
qo‗llanmalarni ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi. Bundan tashqari REMCO halqaro 
metrologiya tashkilotlari, xususan, MOZM – xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya 
tashkiloti bilan standart namunalar bo‗yicha ISO ning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 
bo‗lib hisoblanadi.
Xalqaro standartlarning loyihalarini texnikaviy qumitalar ishlab iqishadi. 
Texnikaviy qumitalar (TQ) muayyan texnika sohasida ishlovchi umumtexnik va 
qumitalarga bo‗linadi. TQ doirasida qumita osti qumitalari (QQ) va ishchi ruhlar (IG) 
ishlashadi. 
ISO ning: xalqaro o‗lchash birliklarini ishlab chiqishi; rezbalarning metrik 
tizimini qabul qilishi; barcha turdagi transportlarda yuklani tashish uchun 
konteynerlarning standart o‗lchamlari va konstruksiyasi tizimini qabul qilishi muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan yutuqlarga erishgan. Hozirgi paytda juda muhim bo‗lgan, 
ISO 9000 seriyali standartlarni ishlab chiqish TQ 176 ―Sifatni ta‘minlash tizimlari‖ 
qumitasining ishi ekanligi bilan dolzarb hisoblanadi.


18 
ISO xalqaro standartlari majburiy bo‗lib hisoblanmaydi, biroq, har bir davlat 
ularni to‗liq qabul qilmasligi yoki umuman qabul qilmaslik huquqiga ega. Ammo, 
o‗zining mahsulotlarini xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta‘minlash uchun bu 
standartlarni qabul qilishga o‗z-o‗zidan majburdir. Shuning uchun bir qacha davlatlar 
standartlashtirish ob‘ektlariga o‗zining milliy standartlarini yaratmasdan mavjud 
bo‗lgan mos standartlarni qo‗llashga intilishadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə