1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Elektrotexnikada standartlashtirish bo„yicha Yevropa komiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1.4.2 Elektrotexnikada standartlashtirish bo„yicha Yevropa komiteti 
(SENELEK) va boshqalar 
SENELEK 1972 – yilda ikkita tashkilot – YeESA (SENEL) a‘zolari-
mamlakatlarining elektrotexnik standartlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha Yevropa 
qo‗mitasi va YeIU mamlakatlarining elektrotexnik standartlarini muvofiqlashtirish 
bo‗yicha Yevropa qo‗mitasi (SENELQOM) ning bir-biriga qo‗shilishi natijasida 
tuzildi. 
SENELEK a‘zolari 17 yevropa davlatlari: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, 
Gresiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Luksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, 
Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya, GFR, Shvesariya, Shvesiyaning milliy 
elektrotexnik qo‗mitalaridan iborat. Bu davlatlar (Luksemburgdan boshqalari) bir 
vaqtda MEK a‘zosi hisoblanadi. 
SENELEK ning rasmiy tili inglizcha, fransuzcha va nemischa. 
SENELEKning asosiy maqsadlari YeIU bilan yaqin hamkorlikda elektrotexnik 
standartlar to‗plamini yaratish, shuningdek Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi 
Sekretariatining yordamida bu hudud mamlakatlarida mollar va xizmatlarning yagona 
bozorini ta‘minlashdan iborat. SENELEK a‘zo – milliy qo‗mitalarning to‗liq o‗zaro 
kelishuvi bilan yaratilgan standartlarga bu vazifani ta‘minlash uchun muhim vosita 
sifatida qaraladi. SENELEK ning asosiy faoliyati a‘zo-mamlakatlar milliy standartlari 
o‗rtasidagi va buyumlarning standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirish 
protseduralari o‗rtasidagi barcha texnik farqlarni bartaraf etishga yo‗naltirilgan. 
Bunday faoliyat savdoda texnik to‗siqlarga yo‗l qo‗ymaslik uchun zarur. Bu ish 
mollarning g‗arbiy yevropa darajasida erkin yurishi uchun zarur kafolat deb 
hisoblanadi. 


27 
1.5 Standart va standartlashtirish tushunchasi 
 
O‗z SDT da asosiy atamalar va ta‘riflar O‘z DSt 1.10:1998 da qabul qilingan va 
ISO/MEK 2:1996 qo‗llanmaga mos keladi. 
Standart
 
– umumkelishuv (konsensus) asosida ishlab chiqilgan va tan olingan 
idora tomonidan tasdiqlangan va ma‘lum sohada maqbul darajada tartibga solishga 
yunaltirilgan hujjat. Tan olingan idorada barcha uchun va ko‗p marta foydalanishga 
mo‗ljallangan faoliyatning turli yunalishlariga yoki ularning natijalariga tegishli 
qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflar o‗rnatiladi. 
―Standart‖ ta‘rifidagi barcha ibora va jumlalar ―Standartlashtirish‖ ta‘rifidan 
tanish. Faqat ―tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan‖ va ―konsensus‖ so‗zlari 
tushuntirishni talab etadi. 
Tasdiqlash darajalari Standartlashtirish darajalariga qarab aniqlanadi, O‗z SDT 
ning asosiy nizomlarida o‗rnatilgan ―tan olingan idoralar‖ ma‘nosi kelib chiqadi. 
Konsensus umumkelishuv ma‘nosini anglatadi. Umumkelishuvda manfaatdor 
tomonlarning ko‗pchiligida muhim masalalar bo‗yicha jiddiy e‘tirozlar bo‗lmaydi va 
barcha tomonlarning fikrini hisobga olishga va mos kelmaydigan nuqtai nazarlarni 
bir-biriga yaqinlashtirishga intiluvchi protsedura natijasida umumiy kelishuvga 
erishiladi. 
Konsensus 
to‗liq yakdillikni bildirishi shart emas, chunki 
standartlashtirishning murakkab ob‘ektlari bo‗yicha to‗liq yakdillikka amalda erishib 
bo‗lmaydi. 
Standartlashtirish – haqiqiy mavjud yoki paydo bo‗lishi mumkin bo‗lgan 
masalalarda barcha tomondan ko‗p marta foydalanish uchun ma‘lum sohada nizomlar 
o‗rnatish vositasida maqbul darajada tartibga solishga yo‗naltirilgan faoliyat. 
Bu ta‘rif mazmuni Standartlashtirish mohiyatini yetarlicha aniq va chuqur 
tushunishga imkon beradi. Standartlashtirish faoliyati oddiy tartibga solish emas, 
balki ma‘lum sohada tartibga tushirishga yunaltirilgan. Tartibga solishning darajasi 
va me‘yori ham aniqlangan - maqbul darajada tartibga solish ko‗zda tutiladi. Tartibga 
solish qanday yo‗l bilan erishiladi? Nizomlar (qoidalar, me‘yorlar, talablar va b.) ni 
o‗rnatish vositasida erishiladi. Bu nizomlar kimga - barchaga va ko‗p marta 
foydalanish uchun mo‗ljallangan. Bunda qanday masalalar hal etiladi? Haqiqiy 
mavjud bo‗lgan masalalar, ya‘ni shu kunning ehtiyojlari va ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyotni va doimiy o‗zgarib turuvchi va tobora o‗sib borayotgan ehtiyojlarni 
hisobga olgan holda kelajak ehtiyojlari hal etiladi. 


28 
Standartlashtirish ob‘ekti – standartlashtirilishi lozim bo‗lgan ob‘ekt. 
Standartlashtirish ob‘ektlariga mahsulotlar, jarayon yoki xizmatlar, shuningdek har 
qanday materiallar, komponentlar, uskuna-jihozlar, tizimlar, ularning o‗zaro mos 
keluvchanligi, protseduralar, bayonnomalar, vazifalar, ularning faoliyat usullari 
kiradi. Standartlashtirish har qanday ob‘ektning ma‘lum jihatlari bilan cheklanishi 
mumkin. Masalan, poyabzalga nisbatan uning o‗lchamlari va puxtalik mezonlari 
alohida standartlashtirilishi mumkin. 
Bu bilan bir vaqtda, Standartlashtirish ob‘ektlarining ko‗p xossalarga ega 
ekanligini va ob‘ektning o‗z ichida va undan tashqarida bog‗lanishlarning 
murakkabligi bilan tavsiflanishini nazarda tutish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə