1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə30/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Tarixiylik prinsipi. O‘qitishda tarixiylik prinsipi o‘quv materiallarini bayon qilishda tarixiy materiallardan foydalanish asosida darsni tashkil etishni nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida tarixiylik prinsipiga amal qilinsa, o‘quv materiali boyitiladi va uni
puxta o‘zlashtirishga imkon yaratiladi, fandagi ketma-ketlikni ifoda etish
imkoniyati tug’iladi, natijada bilimlarni yaxlit, bir butunlikda o‘zlashtirish ta’minlanadi.
Tarixiylik prinsipi predmet va hodisalarning nafaqat o‘tmishi va hozirgi holatini ro‘yi rost ifodalab qolmasdan, balki ularning kelajakdagi rivojlanishini ham ko‘rsatib beradi. O‘quv materiallarini o‘zlashtirishga tarixiy yondashuv tarafdorlari tarixiy materiallarni u yoki bu o‘quv kursiga kiritishning maqsadga muvofiqligi va zarurati o‘qitishda tarixiylik prinsipi mohiyatini tashkil etishini ta’kidlaydilar.
O‘quvchilarni fan asoslari tarixi bilan tanishtirish ularning axloqiy jihatdan takomillashuviga, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga turtki beradi.
O‘qitish jarayonida tarixiylik prinsipining o‘rni shundaki, u o‘quvchilarda
fanga qiziqishni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. O‘quvchilar tomonidan predmetga qiziqish mavjud bo‘lganda, shubhasiz, o‘quv materiali mazmuni engil o‘zlashtiriladi. SHu boisdan aytish mumkinki, tarixiylik predmet mazmunini bir tomondan boyitsa, boshqa tomondan o‘quvchilarda kuchli motiv uyg‘otadi. Ta’lim jarayonida tarixiylik prinsipiga amal qilinishi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashining shakllanishida, ularda axloqiy sifatlarni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. O‘qitishda tarixiylik prinsipini amalga oshirishda tarixiy materiallarni saralash mezonini aniqlash muhimdir. Ular:
– tarixiy material mavzu maqsadiga mos kelishi;
– tarixiy material mavzuni qo‘shimcha axborot bilan boyitishi;
– tarixiy material o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi;
- tarixiy material o‘qituvchi imkoniyatlariga mos kelishi;
- tarixiy material ilmiy manbalar asosida saralanishi.
Ushbu mezonlarga umumta’lim maktablarida o‘zlashtiriladigan tarixiy materiallarni konstruktiv loyihalashda amal qilinishi lozim. Tarixiylik prinsipi zamon va makon kontekstida fanning ta’lim jarayoniga nisbatan zamonaviytalablarini ifodalaydi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə