1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ta’limni o‘quvchilarning individual va yosh xususiyatlariga mosligi prinsipi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə33/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ta’limni o‘quvchilarning individual va yosh xususiyatlariga mosligi prinsipi. Ushbu prinsip ta’lim mazmuni, metodlari va shaklini o‘quvchilarni yosh davrlariga va individual rivojlanishlariga mos bo‘lishini ifodalaydi. SHaxsiy rivojlanish va bilish imkoniyatlari darajasi o‘quv faoliyatini tashkillashni aniqlaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tafakkurini, xotirasini, diqqatini, xarakterini, temperamentini, qiziqishlarini hisobga olish ahamiyatlidir. Individual xususiyatlarni hisobga olishning ikkita individual va tabaqalashtirilgan yo‘li mavjud: XX asrning 90-yillarigacha asosan individual yondashuv asosida ishlangan bo‘lsa, hozirgi paytda tabaqalashtirilgan ta’limga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Ta’lim jarayonida ta’lim prinsiplariga o‘zaro aloqadorlikda amal qilinadi. YAgona prinsipga amal qilish orqali ta’lim samaradorligiga erishib bo‘lmaydi. Prinsiplar faqat aloqadorlikda, kompleks tarzda ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Faqat kompleks tarzda ta’lim maqsadini aniqlashni, ta’lim mazmunini, metodlarini, vositalarini, shakllarni tanlashni hamda zamonaviy ta’lim muassasalarini vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydi.
4. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. SHu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv- bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
SHu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Bundan xulosa qilish mumkinki: ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘kuv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim.
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Ta’lim metodlari va metodik usullar bir-biriga tig‘iz aloqadorlikda, aniq pedagogik vaziyatlarda bir-biriga o‘tib turadi. Bir holatda metod pedagogik vazifani hal qilishning mustaqil yo‘li sifatida yuzaga chiqsa, boshqa holda qism ahamiyatiga ega.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə