1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə31/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ta’limning tizimliligi prinsipi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishni ma’lum bir tizimda, tartibda bo‘lishini talab etadi. Ta’limning sistemaliligi fan, madaniyat tajribani yutuqlarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarni amaliy ko‘nikmalariga, nazariy bilimlariga, o‘quv faoliyatiga, tizimli xarakterni ifodalaydi. Sistemalilik qator belgilarga ega:Tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik va boshqalar.Ta’lim jarayonini tashkil etishda bu belgilarga rioya qilish ta’limda sistemalilikni ta’minlaydi. Ta’limda sistemalilik va ketma-ketlik prinsipi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishni aniq tartibda, tizimda bo‘lishini ifodalaydi. U ta’lim jarayonini mantiqiy qurilishini talab etadi. Ta’limda tizimlilik va ketma-ketlik prinsipi qator didaktik qoidalarga amal qilishni talab etadi:
– bilimlar tizimini o‘zaro aloqadorlik asosida shakllanishi;
– o‘rganilayotgan materialni mantiqiy aloqador bo‘lim va bloklarga ajratish;
– o‘quv materialini mantiqiy tasvirlovchi sxema, reja, tablitsa, tayanch
konspektlar, modullardan foydalanish;
- predmetlararo aloqadorlikka amal qilish;
- umumlashtiruvchi va sistemali darslarni tashkil etish;
– yagona talab asosida pedagogik jarayon subektlarini faoliyatini koordinatsiyalash va ular faoliyatini uzluksizligini ta’minlash.
Izchillik prinsipi. Ta’limda bilimlarni izchil o‘zlashtirish prinsipi o‘quvchilar xotirasida bilimlarni mustahkamlashni taqozo etadi. Ushbu prinsip asosida fan tomonidan o‘rnatilgan qonuniyatli holatlar yotadi:
 o‘quv materialini izchil o‘zlashtirish obektiv omillarga (material mazmuniga, uning tuzilishiga) bog‘liq.
 o‘quvchilar aqliy bilish faolligini namoyon qilishi;
 o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali o‘quvchilarni har xil
individual farqlarini hisobga olgan holda qurish;
 yangi o‘quv materiali oldin o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lanishi
(oldin o‘zlashtirilgan bilimlar asosida yangilari yaqqol qabul qilinib, eski bilimlaryangilari hisobiga boyiydi).Turli xildagi ta’lim metodlari, shakllari, vositalari qo‘llaniladi:
 bir xillik o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndiradi,
o‘zlashtirish samaradorligini pasaytiradi;
qiyoslash, taqqoslash, umumlashtirish, tahlil etish, sabab va oqibatlarini,
aloqadorligini o‘rnatish, asosiysini topish bilan bog‘liq savollarni berish orqali o‘quvchilarni fikrlashini faollashtirish;
 o‘zlashtirish jarayoni sifatiga tizimli nazorat qilib borish orqali erishish.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə