1-ma’ruza. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash Reja


Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni



Yüklə 24,8 Kb.
səhifə6/6
tarix03.06.2023
ölçüsü24,8 Kb.
#115272
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

4.Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni
Ko‘p hollarda ishlarni bajarish loyihasi bajarilishi juda murakkab bo‘lgan montaj, pardozlash yoki maxsus ishlarga ishlab chiqiladi. Yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish IBLning tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:

  • ob’ekt bo‘yicha ishlarni bajarish kalendar grafigi (smenali, soatli), ishchi kadrlar va mexanizmlarga bo‘lgan talab grafigi bilan birgalikda.

  • ushbu ish turiga qurilish bosh plani, kerakli kranlarni joylashtirilishi, ularning harakat yo‘llari , omborlar xo‘jaligini tashkil etish va maydon ichidagi ruxsat etilgan harakat zonalari ;

  • ishlarni bajarish usullari va sxemalari, kerak bo‘lgan paytda ishlarni bajarish texnologik xaritasi albatta bajariladigan va nazorat qilinadigan geodezik ishlar;

  • ishlarni bajarish loyihasi bo‘yicha texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;

  • IBLda qabul qilingan yechimlarga ko‘ra kerakli izohlar va asoslar bilan tushuntirish xati.

Bino karkasi montajining ishlarini bajarish loyihasi asosiy qoidalarni aniqlashdan boshlanadi (ishlarning umumiy konsepsiyasi), u o‘z ichiga montaj usullari , kerakli montaj uskunalari va ishlarni bajarish muddatini oladi.
Ishlarni bajarishning bu asosiy qoidalari loyihaning buyurtmachisi (qurilish yoki montaj tashkiloti) bilan kelishiladi. Bu kelishuvlar tavsiya etilgan loyihadagi konstruksiyalarni ishchi chizmalariga asoslangan bo‘lishi kerak, IBLda ularni o‘ziga xosligi va montaj qilish texnologiyasi taklif etilishi lozim. Asosiy qoidalar montaj ishlarini har bir taklif etiladigan variantlariga ishlab chiqiladi. Ishlarni bajarish usullarining variantlari nafaqat qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari, shuningdek, montaj ishlarining texnologiyasi bilan farqlanishi kerak. Ma’qul variantni tanlash texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish bilan amalga oshiriladi: har biri uchun mexanizatsiyalashtirish variantini o‘ziga xosligi va qiymati, mehnat sarfi va ishlarni bajarish muddati.
Asosiy qoidalar tarkibida tushuntirish xati ish hajmlari bilan, har bir variant uchun qurilish bosh plani fragmenti (qismi), ishlarni bajarish sxemalari va yiriklashtirilgan grafik va texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarish loyihasini tayyorlashni boshlash uchun, tavsiya etilgan montaj variantlardan birini pudratchi, montaj tashkilotining rahbari yoki bosh pudratchi (qurilishni olib boruvchi qurilish tashkiloti) tasdiqlagandan so‘ng kirishiladi
Ishlarni bajarish loyihasida konstruksiyalar montajini ketma-ketligi, elementlarni aniq o‘rnatilishi va konstruksiyalarni fazoviy o‘zgarmasligi, bino qismlarini barpo etish jarayonlarida turg‘unligi, konstruksiyalarni yiriklashtirish darajasi va albatta ishlar bajarilishida xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar o‘rnatiladi .
Murakkab qurilish jarayonlariga yoki oddiy qurilish ishlariga tuziladigan IBL tarkibidagi asosiy hujjat texnologik xarita bo‘lib, u o‘z ichiga qo‘yidagi bo‘limlarni oladi:

  1. Qo‘llanilish sohasi, qurilish jarayonining tarkibi va maqsadi;

  2. Moddiy-texnik resurslar va asosiy mexanizmlarni tanlash – loyihalanayotgan ishlar hajmiga material, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarga, mexanizm, asbob, uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj ma’lumotlari;

  3. Mehnat sarfi va mashina vaqti sarfi kalkulyatsiyasi ushbu operatsiyalarni va ish hajmlarini bajarish uchun ketgan mehnat sarfining ro‘yxati;

  4. Ishlarni bajarish grafigi soat yoki smenada − jaryonlarni vaqt bo‘yicha bog‘liqligi, ketma-ketligi va ularni bajarishning umumiy davomiyligi;

  5. Kompleks jarayonni texnologiyasi va uni tashkil etish bajariladigan operatsiyalarning ro‘yxati va texnologik ketma-ketligi. Bu bo‘limda montaj asboblarining va takelaj uskunalarining ishchi chizmalari; karkasning asosiy konstruktiv elementlarini ildirish (stroplash) sxemalari; montaj so‘rilarini, to‘siqlarini (devor), o‘tish joylarini va narvonlarni joylashtirish o‘rinlari berilishi kerak;

  6. Sifatga bo‘lgan talablar. Operatsiyalar bo‘yicha nazorat. Ishni qabul qilish – nazorat uchun qo‘llaniladigan pribor va asbob-uskunalar, bajariladigan montaj ishlarini va montaj birikmalarini sifatini operatsion nazoratini amalga oshiruvchi majburiy tadbirlar, ayrim jarayonlarni sifatini baholash;

  7. Xavfsizlik texnikasi – qurilish jarayonlarini xavfsizligi va montaj mexanizmlarini xavfsiz ishlashini tashkil etishni ta’minlovchi chora- tadbirlar;

  8. Texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlar – ish birligiga sarf bo‘lgan mehnat sarfi, texnologik xarita bo‘yicha ishni bajarish muddati.

4 - ilova
Nazorat savollari:
1.Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash nima?
2.QTEL va IBL ni ishlab chiqishning o‘ziga xosligini tushuntiring.
3.Alohida bino qurilishida IBL ning tarkibi qanday?
4.Binoning yer ustki qismini barpo etish uchun IBLning tarkibini tushuntiring.
Yüklə 24,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə