1-маърўза: Кириш


Termokonduktomerli sath o‟lchagichlar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#138363
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Kitob 2218 uzsmart.uz

 
15.2.Termokonduktomerli sath o‟lchagichlar 
 
Termokonduktomerli sath o‟lchagichlar deb shunday sath o‟lchagichlarga 
aytiladiki, ularda elektr zanjirining elementi elektr qarshiligi suyuqlik sathiga bog‟liq 
bo‟lgan elektr qarshiligining katta harorat koeffitsentiga ega bo‟lgan, tok bilan 
qizdiriladigan rezistordan iborat. Bunday sath o‟lchagichlarning ishlashi suyuqlik va 
gazlarda Issiqlik almashish sharoitlarining turlichaligiga asoslangan. 
Bunday sath o‟lchagichlarning sezgir elementi elektr qarshiligi uning harorati 
bilan aniqlanadigan uzun termorezistordan iborat. Odatda, ular platina yoki 
volframdan tayyorlanadi, unda o‟zgartkich sezgirligi material elektr qarshiligining 
harorat koeffitsenti ortishi bilan usadi. Termokonduktormetrik o‟zgartkich idishga 
shunday joylashtiriladiki, uning bir qismi suyuqlikda, qolgan qismi – gazli bushliqda 
bo‟ladi. Sath o‟zgarishi bilan shu uchastkalar uzunligi ham o‟zgaradi. 


100 
Termokonduktometrik 
o‟zgartkichning 
ishlash 
prinsipi 
qizdirilgan 
termorezistordan suyuqlik va gazga Issiqlik o‟tkazishining turlichaligidan 
foydalanishga asoslangan, bunda suyuqlik va gazda joylashgan uchastkalari turli 
haroratga ega bo‟ladi va, demak, turli qarshilikka ega bo‟ladi. 
Termokonduktometrik o‟zgartkichlar, odatda, maxsus himoya qoplamali 
ingichka simdan tayyorlanadi. Ikkilamchi asbob sifatida termorezistorda kuchlanish 
tushishini o‟lchaydigan asboblar yoki ko‟priklardan foydalanish mumkin. 
15.3.Ultratovushli sath o‟lchagichlar 
 
Xozirgi vaktda sanoatda ultratovushli sath o‟lchagichlar keng tarkalmokda. Bu 
asboblar boshka asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inertsionlik, 
katta diapazonda va agressiv suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim 
afzalliklarga ega. Ammo o‟lchash sxemalarining murakkabligi, shuningdek, Etarli 
darajada ishonchli bo‟lmagani sababli, bu asboblar boshka qo‟rilmalardan 
foydalanish mumkin bo‟lmagandagina ishlatiladi.
Ultratovushli sath o‟lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik, gaz chegarasidan 
tovush tulkinlarining kaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush impulsining xavo va 
suyuqlik chegarasi sirtidan kaytish kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi 
natijasida sodir bo‟ladi. 
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2 orqali sathi 
o‟lchanayotgan sigimga uzatiladi. Ultratovush tulkinlar o‟lchanayotgan muhitda 
tarqaladi va suyuqlik-xavo chegarasida qaytadi. Qaytgan tulqinlar muhitdan teskari 
yo‟nalishda utadi, nurlatgich 2 ga uxshash ultratovushli tebranishlar qabul qilgichi 3 
ga keladi, u Еrdan ultratovushli impuls kuchaytirgich 4, vakt oraligini hisoblaydigan 
qo‟rilma 5 va o‟lchash asbobi 6 ga keladi. 
Suyuqlik sathi o‟lchash impulsining yuborilishi va kaytishi orasidagi 
vakt 
bo‟yicha aniqlanadi, ya„ni: 
,
2
C
H


(15.3) 
bunda 
Н
- suyuqlik sathi; 
С-
suyuqlikda ultratovushning tarkalish tezligi. 
Vaqt o‟lchagichda olinadigan akslangan signalning kechikish vaqtiga 
proporsional bo‟lgan o‟zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan 
avtolmatik potensiometrga beriladi. Nurlatgich sifatida bariy titanat, pezokvarts, 
manitostriktsion elementlar ishlatiladi.
Ultratovushli sath o‟lchagichlar 45 mm dan bir necha un metrgacha o‟lchash 
diapazoniga ega. O‟lchanayotgan muhit harorati -50 dan +2000 S gacha Еtishi 
mumkin. Yul quyiladigan asosiy xato +2,5%. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə