1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə30/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Kislorod (O2) – hidsiz, rangsiz, ta’msiz gaz bo‘lib, zichligi 1,11 ga teng. Kislorodning suvda erishi havoning suvda erishiga nisbatan, taxminan 5 marta ko‘p. Ishlab chiqarish (mehnat qilish) joylarida havo tarkibidagi kislorod miqdori xavfsizlik qoidalari bo‘yicha 20 % gacha kamayganda odamlarning hushdan ketishi sodir bo‘ladi, 9 % gacha kamayganda esa «Kislorod yetishmasligi» (anoksimiya) natijasida odamlar o‘lishi mumkin.
Azot (N2) – rangsiz, hidsiz, mazasiz, zichligi 0,97 ga teng bo‘lgan gaz. Odatiy sharoitlarda azot gazi zararsiz bo‘lib, yuqori haroratlarda u kislorod va vodorod gazlari bilan qo‘shilishi mumkin. Karbonat angidrid gazi (CO2) zichligi 1,52, hidsiz, biroq nordon mazali gaz bo‘lib, suvda oson eriydi. Havo tarkibida CO2 gazining miqdori 5 % bo‘lsa, odamlarning nafas olishi tezlashadi, 6 % bo‘lganda kuchli harsillash va holsizlanish, 10 % va undan ortiq bo‘lganda hushsizlanish va 20–25 % ga yetganda esa o‘lim bilan yakunlanadigan kuchli zaharlanish sodir bo‘ladi. Karyer havosi tarkibida CO2 gazi miqdori 0,5 % gacha bo‘lsa, u odamlar hayoti
uchun zararsiz hisoblanadi.
Yerosti suvlari, yong‘inlar, portlatish ishlari, olovli burg‘ilash va ichki yonuv dvigatellarining ishlashi karyer atmosferasiga CO2 gazi qo‘shilishining asosiy manbalari hisoblanadi.
Uglerod oksidi (CO2) – rangsiz, hidsiz, mazasiz va zichligi 0,97 ga teng bo‘lgan gaz. Bu gaz suvda qiyin eriydi. Uglerod oksidining inson organizmiga zararli ta’siri qondagi gemoglobin bilan oson birikib (kislorodga nisbatan 250–300 marta faolroq), qondagi kislorodni siqib chiqarishi tufayli sodir bo‘ladi, ya’ni kislorod yetishmasligiga olib keladi.
Havo tarkibida uglerod oksidi miqdori 1 % ni tashkil qilsa, odamlar ushbu havodan bir necha marta nafas olganda hushidan ketadi. Uglerod oksidi konsentratsiyasi 0,05 % atrofida bo‘lganda 1 soatdan so‘ng sust zaharlanish, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin
paydo bo‘ladi. Agar odamlar uglerod oksidi konsentratsiyasi 0,01 % ni tashkil qilgan atmosferadan uzoq vaqt nafas olsa, surunkali zaharlanish kasalligiga duchor bo‘ladilar.
Portlatish ishlari, ichki yonuv dvigatellarining ishlashi, yong‘in­ lar, olovli burg‘ilash va shu kabilar karyer atmosferasiga uglerod oksidini chiqaruvchi manbalar hisoblanadi.
Ba’zi hollarda, ayniqsa, portlashning gazsimon hosilini baho­ lashda «shartli uglerod okisi», ya’ni PM portlashida hosil bo‘lgan CO va azot ikki oksididan foydalaniladi. Bunda 1 litr NO2 6,5 litr CO ga teng deb qabul qilinadi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə