1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


Vagon-avtosamosval VS-66 pastki ramasi



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə93/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

. Vagon-avtosamosval VS-66 pastki ramasi:
1 —qovurg‘ali balka; 2 va 3 — silindrli va shkvorali kronshteynlar;
4 — (upori) kuzov itaruvchilari; 5 — lobovoy list; 6 va 7 —vagon kuzovi tayanchi; 8 — podshipnik; 9 — pyatniklar; 10 — toyinuvchilar.

Dumpkar balandgi ramasi kuzovning tagi hisoblanadi va vagonga tog` jinsini yuklanishida statistik va dinamik zo‘riqishlarini qabul qiladi.


Avtoulanish qurilmalari vagon va lokomotivlarni ulanishi uchun xizmat qiladi, cho`ziluvchi va qisiluvchi zo‘riqishlarni bir vagondan keyingisiga uzatadi, shuningdek yonbosh cho`ziluvchan zo‘riqish kuchini kamaytiradi. Harakatlanadigan tarkibning ulanishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Avtog‘altakli ulanish qurilmasi (8.20-rasm), qavurg‘ali balka korobkali ulanish ichiga vagon uzunligi bo‘yicha joylashgan korpusdan va avtog‘altak mexanizmi 1, zarba markazlashtiruvchi asbob 4, yurutuvchi apparat 2, tortuvchi xomut 3, ajratuvchi ulanish 5 dan iborat. Avtoulagich korpusi ulanish mexanizmi joylashtiriladigan, po‘latdan quyilgan quyma yarim boshsimon qismdan iborat. Avtoulanishning boshchasimon qismi katta 6 ta va 7 ta kichik tishlarga ega. Harakatsiz 6 va 7 avtoulanishning halqumi deyiladi. V halqumga ulanish qulfining ishchi qismi 8 kiradi.

Avtog‘altakli ulanish qurilmasi:
1 — avtoulov; 2 —yutuvchi apparat; 3 — tortuvchi xomut; 4 — markazlashtiruvchi asbob; 5 —ajratuvchi moslama; 6,7—katta va kichik tishlar;
8 — qulf

Avtoulanish vagonga lokomotivni yoki boshqa vagonni tekkizish bilan avtomatik ravishda sodir bo‘ladi. Ikki avtoulanishda bir ulovning tishlari ikkinchi ulov halqumiga bevosida kiradi. Ulanish jarayonida qulflar boshchasimon qismining chuqur ichiga kirib boradi. Kichik tishlar halqumga chuqur kirganda ulanish qulfi o‘z massasi ta’sirida pastki holatga kiradi va avtoulanishni qulflaydi.


Vagonning tormoz qurilmalari poyezd tezligini pasaytirishga yoki uni to‘xtatishga mo’ljallangan. Eng ko‘p tarqalgan tormoz turiga kolodkali turi kiradi va unda poyezd harakaiga ta’sir qiluvchi suniy kuch qarshiligi tormoz kolodkalarining g‘ildiraklarga qisilishidan hosil bo‘ladi. Yurituvchining tipiga qarab tormozlar pnevmatik (havoli), elektropnevmatik va qo‘lda ishlatiladigan tormozlarga ajratiladi. yuk vagonlarida qo‘llaniladigan friktsion tormozning asosiy turiga avtomatik pnevmatik tormoz kiradi. Vagonlarning tormoz bilan jihozlanishi pnevmatik qismidan va richagli uzatuvchidan tashkil topgan (8.21 - rasm).
Pnevmatik qism tormoz magistralini 3 bog‘lovchi vagonlararo dastak va tugash kranlari bilan 2, havo taqsimlovchi 5 dan tashkil topadi. Havo taqsimlovchi quvurlar bilan tormoz magistrali, zahira halqumlar 4 va tormoz silindri 7 bilan ulangan. Tormoz silindri va havo taqsimlovchi orasida, vagon yuklanishiga qarab tormoz silindridagi bosimni avtomatik ravishda o‘zgartiradigan avtotartib o‘rnatilgan 6. Havo taqsimlovchi, bu yerda, yuklangan holdagi va bo‘sh holdagi tormoz rejimiga o`tiladi. Richagli uzatish 8 qisilgan havoni tormoz silindriga, g‘ildirak bilan qisiladigan tormoz kolodkasiga, porshenga zo‘riqishni uzatish uchun xizmat qiladi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə