1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə63/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Nazorat uchun savollar




  1. Karyerlarda qazib yuklash ishlari deganda nimani tushuna- siz va ushbu jarayonlar qanaqa texnik vositalar bilan mexani- zatsiyalashtiriladi?

  2. Zanjirli ekskavatorlar to‘g‘risida umumiy m a ’lum ot bering.

  3. Rotorli ekskavatorlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot bering.

  4. Skreperlar to‘g‘risida umumiy m a’lumot bering.


29 – Mavzu: Ruda konlarining umumiy tasnifi va o`ziga xos xususiyatlari
Reja: 

1. Rudalarning foydali komponentlar turlariga qarab bo’linishi. 

2. Ruda konlarining o’ziga xos xususiyatlari. 

3. Ruda yo’qotilishi va sifatsizlanishi. 


Ruda — tarkibida metall yoki uning birikmalari koʻp miqdorda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Baʼzan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham Ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambagʻal turlarga ajratiladi, shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. Ruda bir foydali mineralli — monomineral yoki koʻp foydali mineralli — polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan (yaʼni kam miqdorli) minerallar ham boʻladi. Tarkibida foydali yoʻldosh minerallar (komponentlar) boʻlganlari kompleks rudalar deb yuritiladi. Rudaning tarkibida boʻlgan minerallar miqdoriga qarab silikatli, oksidli, sulfidli, karbonatli va aralash turlari farq qilinadi. Barcha tub choʻkindi, magmatik va metamorfik tog jinslari tarkibida boʻlgan rudalar tub rudalar deyiladi; daryo, koʻl, dengiz va okean choʻkindilaridan olinadiganlari sochma ruda deb yuritiladi. Qazib olish va qayta ishlash uchun Rudalarning qator xossalari ahamiyatga ega: qattiqligi, darzliligi, hajmiy ogʻirligi, erish harorati, magnit va elektromagnitligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi, erish va sorbsion xususiyatlari, granulometrik tarkibi va boshqa Bir joyda joylashib, atroflari esa boshqa togʻ jinslaridan iborat uyum Ruda tanasi (jism) deb ataladi va u turli (yapaloq, shtok verk, tomirsimon) shakllarga ega. Yaqin joylashgan bir nechta Ruda tanalari Ruda maydoni yoki konini hosil qiladi, Ruda koni bitta Ruda tanasidan iborat boʻlishi ham mumkin. Ruda konlari qora (temir, marganets, xrom, titan, vanadiy), rangli (mis, qoʻrgoshin, rux, nikel, surma), yengil (alyuminiy), noyob (qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, litiy, tantal, niobiy), asl (oltin, platina, kumush), radioaktiv (uran, toriy, radiy), tarqoq (aktiniy, gafniy, galliy, germaniy, indiy, kadmiy, protaktiniy, reniy, rubidiy, selen, skandiy, talliy, tellur, seziy va boshqalar) va nodir metallar konlariga ajratiladi.
Bir nechta Ruda konlari katta masofaga choʻzilib joylashganda rudali mintaqa deb nomlanadi. Masalan, Amerikaning Buyuk kumushli mintakasi Meksikadan Peru va Boliviyagacha davom etgan, Markaziy Afrikaning misli mintakasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasida 450 km masofaga choʻzilib, 150 dan ortiq mis konlarini qamrab olgan; Janubiy Amerikaning misli mintaqasi 4 ming km ga choʻzilib, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Argentina, Chili mamlakatlarida joylashgan Ruda konlaridan iborat. Geografik va geologik jihatdan alohida ajralib turgan yakka yoki bir necha Rudali formatsiyalarga ega boʻlgan mintaqa Rudali rayon deb ataladi (Mas, Fargona surmasimob rni, AngrenOlmaliq rni, Kizilqum oltin Rudali rayoni).Foydali komponentlar turi bo’yicha rudalar metall va nome-tall guruhlarga bo’linadi. Qora metall (temir, marganets, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (miss, qo’rg`oshin, ruh,alyu-miniy, volfram, molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush, platina) va radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalari guruhiga kiradi. Apatit, fosforit, tosh tuz, qurilish materiallari sifatida ishlatildigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shungidek grafit,slyuda va boshqa mineral xom ashyolar nometall rudalar guruhini tashkil qiladi. Tarkibidagi foydali komponentlar soni bo’yicha metall rudalar oddiy (monometalli) va murakkab (polimetalli) bo’lishi mumkin. Ruda koni yoki uning bir qismini qazib olish va qayta ishlash uchun sarflanadigan harajatlar ruda tarkibidagi foydali komponnt o’rtacha miqdori qiymatiga teng bo’lsa, uni promminimum yoki ishlab chiqarish minimal miqdori deyiladi. Agar kon jinsi tarkibida promminimum miqdorida yoki undan ko’p foydali komponent bo’lsa, kon jinsi ruda, aksincha bo’lgan taqdirda esa,foydasiz kojinsi deyiladi. Ruda konlari quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bilan ko’mir konlaridan farqlanadi: 
ko’mirga nisbatan ancha katta qattiqlik va tirnovchanlikka ega. Ko’pchilik rudalarning qattiqlik 
koeffitsiyenti 8 – 12, ayrimlarniki esa 15 - 20 va undan ham katta bo’ladi. Rudaning ushbu 
xususiyatlari ko’mirnikidan bir necha barobar katta bo’lganligi sababli uni massivdan ajratib olish 
uchun burg’ulab-portlatish usuli qo’llaniladi va ko’mirda qo’llaniladigan mexanizatsiya hamda 
transport vositalaridan o’zgacha vositalardan foydalaniladi; 
- ruda tanalari yotish elementlarining turli-tumanligi standart texnologik qaror qabul 
qilish, konni ochish va uni qazishga tayyorlash sxemalari va qazish tizimlarini tanlab 
olishga katta ta'sir ko’rsatadi; 
- ruda tarkibidagi foydali komponent, shuningdek, minerallarning ruda tanasi hajmi 
bo’yicha o’zgaruvchanligi turli bloklardan qazib olingan va turli tarkibdagi rudalarni 
omuxtalash asosida foydali komponent miqdorini o’rtachalashtirish zaruriyatini 
tug’diradi; 
- ruda bo’laklarini ruda tushirgichlar orqali o’z og’irlik kuchi ostida 100m va undan 
ko’p chuhurlikdagi pastki gorizontlarga tushirilganda maydalanib ketishining kamligi. 
Bu xususiyat konni ochish va bloklarni hazishga tayyorlash jarayonlariga ta'sir 
ko’rsatadi; 
- kon-geologik 
sharoitlar va texnologik jarayonlarni borishi to’g’risidagi 
ma'lumotlarning kamligi ularni tezkor nazorat qilish ishlarini qiyinlashtiradi; 
- ba'zi rudalarning o’z-o’zidan yonish va qisqa vaqt davomida jipslashishga moyilligi 
massivdan ajratib olingan rudani magazinlashtirilgan qazish tizimi orqali qazib olishni 
inkor etadi; 
- ko’pgina rudalarning ko’mirga nisbatan yuqori qiymatga ega bo’lishi ularni yuqori 
darajada va sifatli qazib olishga qat'iy talablar qo’yadi. 



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə