1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə61/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Skvajinalarning kombinatsiyalashgan burg'ulanishi. Aralash mexanik va
termomexanik burg’ulash turlari mavjud. Skvajinalarning kombinatsiyalashgan mexanik burg’ulashga zarbli-sharoshkali va kesuvchi-sharoshkali burg’ulash kiradi. Zarbli-sharoshkali burg’ulash asbobida ikkita turli tog’ jinsini maydalovchi a’zolar birga qo’llaniladi, ular bir vaqtda va bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. Zarbli bosimlar pnevmozarb beruvchi bilan hosil qilinadi va tog’ jinsiga bitta tig’da koronka bilan uzatiladi. Statik bosimlar tog’ jinsiga sharoshka orqali yuboriladi. Bu holda har bir burg’ulashning kuchli tomonlari qo’llaniladi, va stanokning unumdorligi qo’shimcha energiya sarfisiz oshiriladi. Shu vaqtning o ’zida zarbli sharoshkali asbob nisbatan murakkabroq bo’ladi. Bunday burg’ulash asbobining ma’lum amaldagi tuzulishlari tog’ jinsi xususiyatining o’zgarishida pnevmozarb beruvchining koronkaga bo’lgan o’qli ta’sirini o ’zgartirib bo’lmaydi. Zarbli va sharoshkali dolotolar bir xilda yedirilmaydi, pnevmozarb beruvchining nisbatan tebranishi oshadi. Barcha yuqoridagi sabablar orqali zarbli-sharoshkali burg’ulash karyerlarda ko’p qo’llanilmaydi.
Kesuvchi-sharoshkali burg’ulash asbobida kesuvchi va sharoshkali dolotalar
umumiylashtirilgan. Bunday burg’ulash asbobining tajribalari shuni ko’rsatdiki, П6 <10 ko’rsatkichli tog’ jinslarida sharoshkali dolotaga qaraganda bu burg’ulash yuqoriroq burg’ulash tezligiga erishadi. Termomexanik burg’ulash, skvajinadagi tog’ jinsi avval qizdiriladi. so’ng turli dolotalar orqali maydalanishiga asoslanadi.
Tajriba bosqichida bo’lgan burg’ulashning yangi turlariga portlatishli burg’ulash (PM zaryadlari yordamida), plazmali, ultratovushli va boshqalar kiradi.
Portlatish burg’ulashning mohiyati zaboyga kam qismlarda PM ni uzatish va uni portlatishga asoslangan. Portlatish burg’ulashning ikkita turi mavjud: ampulali (yoki patronli) va oqimli. Ampulali turida suv yoki havo yordamida skvajina zaboyiga qobiqda suyuq yoki qattiq PM zaryadi yuboriladi. Zaryad zaboy devoriga urulishi oqibatida harakatga keladi. Oqimli turda esa portlatish burg’ulovchi uskunalariga yoqilg’i yoki oksidlovchi yuboriladi, ulaming aralashuvida zaboyga yuborishda portlatish aralashmasiga aylanadi. Oqimga harakatga keltirgich yuboriladi, u esa o ’z o ’m ida zaboyda zaryadning portlatishini ta’minlaydi. Ampulali va oqimli burg’ulashdagi har bir zaryadning portlatilishi tog’ jinsini maydalaydi, va maydalangan tog’ jinsi yuvuvchi suyuqliq yoki havo bilan skvajinadan chiqariladi.
Plazmali burg’ulashning mohiyati shundaki, bunda ikkita elektrodlar orasida turg’un elektr yoyi hosil qilinadi, yoy qisilgan havo yordamida sopdan shishiriladi va skvajina zaboyiga ta’sir qiladi. Yoy uchida harorat 6000 darajagacha yetadi, gazning yonish tezligi esa 2000 m/s ga etadi. Plazma oqimining ta’sirida tog’ jinsi eriydi va qisman havoga uchib ketadi. Skvajinalaming unumdor burg’ulanishi uchun skvajina zaboyi va plazma burg’ulash asbobi orasidagi masofa aniq bo’lishi kerak (bir necha mm).

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə