1-Mavzu: Adabiyot –ma’naviyatni yuksaltirish vositasi. Doston va uning turlari Reja


- Mavzu: S.Ahmad. “Qorako‘z majnun” hikoyasi



Yüklə 182,57 Kb.
səhifə21/25
tarix15.02.2022
ölçüsü182,57 Kb.
#83779
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Adabiyot ma`ruza. 2022

13- Mavzu: S.Ahmad. “Qorako‘z majnun” hikoyasi
REJA:

  1. Said Ahmad tarjimai holi haqida ma`lumot

  2. Said Ahmad nasri haqida ma`lumot

  3. Said Ahmadning “Qorakoz majnun” Asari

Said Ahmad – nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib ishlagan.

30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi.

30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan.

50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya janri rivojida muayyan o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq – bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z erlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi.

Said Ahmadning rafiqasi – Saida Zunnunova. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.

Bolaligi[tahrir]

Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942–1943-yillarda respublika radiosida, 1943–1947-yillarda «Qizil Oʻzbekiston» gazetasida, 1948–1950-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.

Hikoyalari[tahrir]

Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Choʻl burguti», «Lochin», «Boʻston», «Toʻyboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tugʻilishi», «Qorakoʻz Majnun» singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «Oʻrik domla», «Mening doʻstim Babbaev», «Muzey», «Boʻri ovi», «Xandonpista» kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.

Nasriy asarlari[tahrir]

Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq boʻsagʻasida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.

Vafoti[tahrir]

Said Ahmad 2007-yilning 5-dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi[1].

Hikoyalar toʻplami[tahrir]

Said Ahmadning birinchi hikoyalar toʻplami – "Tortiq" (1940). "Er yurak" (1942), "Fargʻona hikoyalari" (1948), "Choʻl burguti" (1960), "Choʻl oqshomlari", "Odam va boʻron" toʻplamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros bilan aks ettirilgan. Said Ahmad oʻz hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulomning yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmdan oʻrganishga intilgan va ular ijodi Said Ahmadning yozuvchi boʻlib yetishishida "darslik" vazifasini oʻtagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifatida tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yoʻnalish muhim oʻrin tutadi. Uning yumoristik mahorati "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1976), "Kuyov" (1986) komediyalarida yorqin namoyon boʻlgan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni"dagi xalqona yumor bilan yoʻgʻrilgan Farmon bibi millat mentalitetini, oʻzligini, kuchli va ojiz jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga koʻtarilgan.

"Ufq" trilogiyasi[tahrir]

" Ufq" trilogiyasi (1964–74) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. "Ufq" romani 20-asr millat hayotining oʻn yillik davri – Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, zoʻr ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.

"Jimjitlik" romani[tahrir]

Jimjitlik (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojeiy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, "bebosh" ifoda tarzi bilan jozibalidir.

Istiqlol yillarida yaratilgan asarlaritahrir

Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi oʻzgarishlar haqida koʻplab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, joʻshqin lirik hikoyalar yaratdi. "Xandon pista" (1994), "Bir oʻpichning bahosi" (1995) hajviy toʻplamlari, "Yoʻqotganlarim va topganlarim" (1998), "Qorakoʻz majnun" (2001), "Kiprikda qolgan tong" (2003) kitoblari, 3 jildli "Tanlangan asarlari" (2000) chop etildi. "Yoʻqotganlarim va topganlarim"da Gʻafur Gʻulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va boshqa bir qator zabardast oʻzbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy boʻyoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tufayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi "Qorakoʻz majnun", "Ot bilan suhbat", "Azroil oʻtgan yoʻllarda" hikoyalari, qatagʻon davri xotiralari bilan bogʻliq "Borsa kelmas darvozasi", "Taqdir, taqdir...", "Oftob oyim" hikoyalari, adibning oʻzi yaqindan muloqotda boʻlgan ustoz adiblar, tengdoshlari, shogirdlari va, nihoyat, oʻz hayot va ijod yoʻli haqidagi xotira esselari mustaqillik davri oʻzbek adabiyotida muhim hodisa boʻldi.

Said Ahmadgagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuygʻular, begʻubor hazilmutoibalar bilan yoʻgʻrilgan xotiraesselar bu janrning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi namunalari qatorida turadi. Felyeton janrida ham samarali ijod qilgan. 1947-yil "xalq dushmani" sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan soʻng oqlangan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Kuyov" komediyalari hozirgi Oʻzbek milliy akademik teatrida, "Kelinlar qoʻzgʻoloni" dunyoning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. "Ufq" asari asosida dramalar, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida "Muhabbat mojarosi" filmi (1970) va boshqa yaratilgan. "Doʻstlik" (1996), "Buyuk xizmatlari uchun" (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.[

“Qorako`z Majnun” (hikoya)

Said Ahmad


«Qur'oni karimdan:

«Sizlardan qaysi biringiz oʻz dinidan qaytsa

va shu kofirligicha oʻlsa, bas, ana oʻshalarning

(qilgan savobli) amallari

xabata (bekor) boʻlur,

ular doʻzax

ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar».

Baqara surasi, 217-oyat.»

«Hadisi sharifdan:

«Jannatga kiradigan oʻn nafar hayvondan biri

bu ashobi kahfning vafodor iti dir».

Al-jome al-Kabir»

Saodat aya bomdod namozini oʻkib, joynamoz poyida uzoq oʻtirib qoldi. Bundan uch yil oldin olamdan oʻtgan eri usta Turobga atab Qur'on tilovat qildi. Oʻris shaharlarida daydib qolib ketgan oʻgʻli Boʻrixonga xudodan insof tiladi. Baxti ochilmay, guldek umri xazon boʻlayotgan qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning yoʻlini och, deb Allohga iltijo qildi.

Kampir har sahar ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi. U qoʻl choʻzib, joynamozning bir burchini qayirib oʻrnidan turdi.

Sentyabr oyoqlab, suvlar tiniqqan, ariq tublaridan bola-baqra tashlab yuborgan piyolami, choynak qopqogʻimi, qoshiqmi shundoqqina koʻrinib turibdi. Qirgʻoqlar zax tortib, ekin-tikin suv soʻramay qoʻygan palla.

Qoʻshni hovlilardan maktabga ketayotgan bolalarning injiqliklari, xarxashalari, onalarning yalinib-yolborishlari eshitilib turibdi. Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini tebratib, kulib qoʻydi

Saodat yoshligida juda chiroyli qiz boʻlgandi. Sochlari taqimini oʻpardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qoʻllari sochining uchigacha yetmasdi.

Yarmini qismlab turib, buyogʻini tarardi. Opasi 6u sochlarni qirqta qilib oʻrganda, yana shunchasi ortib qolardi.

— E, soching qursin! — derdi opasi. — Qoʻllarim tolib ketdi, sochingni oʻrdirishga odam yollash kerak.

Koʻchada amirkon mahsikovushni gʻirchillatib, sochlarini selkillatib yurganda qaragan ham qarardi, qaramagan ham. Yosh qizaloqlar orqasidan kelib, sochlarini koʻziga surtib qochishardi.

Mana, yillar oʻtib soch ham oqardi, siyraklashdi-yu, baribir oʻsha uzunligicha qoldi. Uchiga biror narsa taqmasa, hurpayib, boʻyni, yelkalarini tutib ketadi. Shuning uchun ham u sochining uchiga oʻgʻri tutar sandiqning kalitini osib koʻyadi. Sandiqni ochayotganda kalitni yechib olmaydi. Sochi uzun boʻlganidan tizzalasa kalit bemalol qulfga yetadi. Endi yangi uylarga sandiq urf boʻlmay qoldi. Hamma uyni poʻrim javonlar bosib ketdi.

Bundan tashqari, qulfni daranglatib ochadigan kalitlarni yasaydigan ustalar qolmagan.

Kampirning sochlari hamon yoshligidagidek. Faqat yarmidan koʻpi oqarib ketgan. Orqasiga tashlab qoʻyadigan, uchi birlashtirilgan ikki oʻrim sochining uchiga erining frontdan olib kelgan ogʻirgina medalini osib qoʻygan. Tayyor ilgagi ham bor, sochni pastga tortib turadi.

Hovlining yarmiga yaqin joyga tangadek oftob tushirmaydigan qari tut barglari sargʻaya boshlagan. Qurigan shoxiga bahorda ilinib qolgan varrakning qamish qovurgʻalari skeletdek boʻlib turibdi. Faqat uzun latta dumi shamolda ilondek toʻlgʻonadi.

Shu tut tagida bir oppoq it supurgi ustida uxlab yotibdi. Kichkinagina, belida belbogʻdek ikkita — biri qora, biri jigarrang chizigʻi bor. Xuddi kimdir ataylab boʻyab qoʻyganga oʻxshab koʻrinadi. Tumshugʻi bilan ikki koʻzi qop-qora. Bir koʻzining tepasida toʻmtoq qoshi ham bor. U kampirning oyoq tovushidan bir koʻzini erinibgina ochdi-yu, chala yarim kerishib, yana uyquga ketdi.

— Ha-a, joningni huzurini bilmay oʻl-a! Supurginiyam harom qilding.

— Qoʻy, urishma, opasi, Qorakoʻz hali bola-da!

Nima deyapsiz, oyijon! Bu it oʻlgurga men nega opa boʻlarkanman?! — dedi Qumrixon nolib.

— Agar Qorakoʻzni yana supurgi bilan ursang, unga kosov otsang, bilib qoʻy, ukalaringnikiga ketib qolaman.

— Voy, oyijon-ey, it oʻlsin, odamdan aziz boʻlmay! Shu itni deb bizni tashlab ketmoqchimisiz? Qoʻying-e!

— Shu bilan ovunib yuribman. Qayoqqa borsam, yonimda. Bir qadam nari ketmaydi. Menga ayt-chi, ukalaring, singillaring haftada bir xabar olsa oladi, olmasa yoʻq. Kasalxonada yotganimda shu itgina koʻkragini qorga berib hovlida bir oy deraza tagida yotgan. Senlar qoʻni-qoʻshnining qistovi bilan bir-ikki xabar oldilaring, xolos.

— Oyijon, qoʻying endi... — dedi Qumri norozi boʻlib.

Itning bir qulogʻida, boʻynida, oyoqlarida qon qotib qolgan edi.

— Ahmoq! — dedi kampir. — Qayoqlarda sanqib yurganding?! Yana marjabozlikka bordingmi? Majnun boʻlmay ketkur! Ahvolingni qara, xotin talashib rosa ta’ziringni yebsan-ku! E oʻlmagin-a, shilinmagan joying qolmapti... Endi oʻzingdan koʻr. Majnun, yaralaringga dori surtaman. Illo, dod demaysan!

Qumrixon itning boʻynidan bosib turdi, kampir yaralariga yod surta boshladi. It gʻingshiydi, ingillaydi. Qumrixonning qoʻllarini tishlamoqchi boʻladi.

— Ana, boʻldi. Endi ovqatingni beramiz.


Bir oydan beri oʻgʻli surunkasiga kampirning tushiga kiradi. Na yotishida, na turishida halovat bor. Oʻgʻlini oʻylagani oʻylagan. Yoshi saksonga yaqinlashib, kuch-quvvatdan qola boshlagan, bolamni koʻrmay oʻlib ketaman-mi, deb kuyib-yonadi.

Oʻgʻli Boʻrixon oltmish yettinchi yili armiyaga ketgan. Harbiy xizmati tugadi hamki uyga qaytmadi. Oʻsha yoqlarda uylanib, bola-chaqali boʻlib, qolib ketdi. Ba’zi-ba’zida undan «Ya zdorov» degan ikki enlikkina xat kelardi. Yaqin oʻn besh yildirki, adresni unutib qoʻyganmi, ishqilib, shu oʻrischagina xat ham kelmay qoʻygan.

Kampir qoʻni-qoʻshnilarnikiga ham chiqmaydi. Uyda oʻtiraverib qon boʻlib ketadi. Ba’zan kiyimboshlarini apil-tapil tugib — Oʻgʻillari yo qizlaridan birinikiga otlanib qoladi.

Baribir borgan joyida ham halovat topmaydi. Qizi Kumrixonni oʻylab qaytib keladi. Qumrixonning baxti chopmadi. Ikki bor turmush qildi, farzand koʻrmadi, qaytib keldi. Biron joyda ishlab ovunay desa, hayhotdek hovliga, munkillab qolgan onasiga kim qaraydi. Aka-ukalari, singillari: «Opa, qoʻy, ishlama, tirikchiliging bizning boʻynimizda, onamga qara», deb qoʻyishmadi.

Kampirning oʻgʻillari, biznikida turing, oyi, deb xudoning zorini qilishsa ham, otang chiqqan uyni tashlab ketolmayman, men ham shu uydan chiqazilaman, deb koʻnmadi.

Kampir juda dono xotin edi. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim toʻladi, albatta, ular quruq kelishmaydi, shu bahona Kumrining ham kuni oʻtadi, deya qadrdon uyidan jilmasdi. Onalar shunaqa — baxti chopmagan bolasi bilan birga boʻladi.

Oʻtgan yili oʻtli-shudli, har ish qoʻlidan keladigan nevarasi Anvarjon, togʻamni topib kelaman, deb chiqib ketdi. Shu ketgancha yigirma kun deganda daragini topib keldi.

Bu gapdan xabar topgan qoʻshni xotinlar kampirni qutlagani kirdilar.

— Buvijon, tashvishlanmang, togʻamning ishlari «besh». Roʻzgʻori but, tirikchilikdan kami yoʻq. Uchta 6olasi bor. Oʻzi oʻzbekchani esidan chiqarib yuboribdi. Men bilan oʻrischa gaplashdi. Bitta sogʻin echkisi, toʻrtta qanor qopdek choʻchqasi, oʻntacha choʻchqachalari bor ekan. Qish zabtiga olganda shu mollarini ham uyiga opkirib olisharkan. Boʻchka-boʻchka samogon-aroq yasab, qishi bilan ichisharkan. Kishlokdagilar togʻamni «Boʻrixon» demay, «dyadya Borya» deb chaqirishar ekan.

Bu gaplarni eshitib, kampir yer yorilmadi-yu, kirib ketmadi. Bolasi tushmagur-ey, qoʻshni xotinlarning oldida shu gaplarni aytib oʻtiribdi-ya! Birovga soʻzini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim oʻtirib qoldi.

Qachongacha chilla oʻtiraman, deb kampir bugun qizinikiga otlanib qoldi. Kampirning niyatini sezgan Qorakoʻz ostonaga borib oʻtirib oldi. Yaqin bir oydan beri hech qayoqqa bormagan Qorakoʻz oʻzida yoʻq shod edi. Boshini bir tomonga egib irgʻishlar, tezroq chiqmaysizmi, degandek, har xil ovoz chiqarib gʻingshirdi.

Kampir shoshilmasdi. Usma ekilgan bir boʻyra yer oldida choʻnqayib, oʻsmalarning sersuv, boʻliq barglarini tagidan kertib uzardi. Oxiri kafti oʻsmaga toʻlgach, rayhonning gul otmagan shoxlaridan sindirib olib, oʻsmaga qoʻshib dastroʻmoliga oʻradi. U qiz nevaralariga, kelinu qizlariga albatta oʻsma olib borardi. Nihoyat, kampir tugunni qoʻltiqlab chiqdi. Korakoʻz oʻtirgan joyidan bir sapchib koʻcha tomon otildi. Kampir uning ketidan 6orarkan, xoy, muncha shoshasan, sekinroq, deb javrardi.

Korakoʻz uning gapiga tushungandek, koʻcha oʻrtasida toʻxtab orqasiga qaraydi. Kampir yetib kelguncha yayrab qulogʻini qashlaydi. Bir qulogʻini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik qiladi. Orqa oyogʻida turib bir-ikki aylanadi. Kampir yetib kelishi bilan yana uynoqlab yugurib ketadi. Yoʻlda uchragan mushuklarni tiraqaylatib quvib, nim qizil tilini osiltirgancha hansirab qaytib keladi. Daraxtlardagi musichalarga irgʻishlab akillaydi. Arikdan shapillatib suv ichadi. Ba’zan yoʻl chetiga chiqib, paxsa devor tagini hoʻl qilib kaytadi. Velosiped minib oʻtgan bolalarga ergashib uzoqlarga ketib qoladi.

Kampir uning qiliqlariga andarmon boʻlib yoʻl yurganini sezmaydi. Qorakoʻz donlab yurgan tovuqlarni qaqagʻlatib, toʻrt tarafga toʻzgʻitib yuboradi. Yoʻlda uchragan itlar bilan iskashib, quvlashmachoq oʻynaydi. Koʻcha betidagi uy ostonasida tinmay akillayotgan kalamushdek kuchukni tuprokka korishtirib bulgʻaladi. Ariq boʻyidan qoʻporib tashlangan tungak soyasida yotgan boʻribosar itga xam zoʻrlik qilmoqchi boʻlgandi, ta’zirini yedi. Boʻribosar uning gardanidan tishlab, uloqtirib tashladi. Yoʻl oʻrtasiga borib tushdi, tuproqqa qorishdi.

Kampir boshini sarak-sarak kildi.

— Hoy, jinni, senga kim qoʻyibdi otang tengi it bilan olishishni!

Korakoʻz unga karay olmadi. Yoʻlning 6u yogʻiga ma’yus alpozda, yugurmay, ohista ketdi. Baribir Qorakoʻz itda, itligini qiladi. Bir qora itning dumini hidlab, ochiq turgan eshikdan kirib ketdi. Bir ozdan keyin uning vangillagani eshitildi. Eshikdan chiqayotganda ichkaridan otilgan eski tufli qoq beliga tushdi.

Katta yoʻlga chiqishdi. Bu yoʻlning oʻng yogʻi Chirchiqqa, chap yogʻi Toshkentga olib boradi. Oldinlab ketgan Qorakoʻz, qayoqqa yuraylik, degandek, kampirga qaradi.

— Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan hazar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. Yotib qolmaymiz. Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan oʻynab turasan.

Qorakoʻz bu gaplarga tushunadi. Har gal koʻcha boshiga kelganda albatta kampir shu gaplarni takrorlaydi.

Olisdan baland imoratlarning qorasi koʻrindi. Qorakoʻzning sabri chidamadi. Ildamlab ketdi. Kampir unga yetolmay xalloslab koldi. Qorakoʻz yugurib emas, gʻildirab ketayotganga oʻxshaydi. Bir zumda koʻrshtmay ketdi.

Uchinchi qavatning boloxonasida oʻynayotgan bolalar Korakoʻzni koʻrib, buvim kelyapti, deb qiyqirishdi. Tapir-tupur qilib zinaning ikki poyasini bitta qilib, pastga yugurib tushishdi. Bittasi Korakoʻzga konfet, bittasi sergoʻsht suyak berdi. Birpasda xovli bolalarga toʻlib ketdi. Qorakoʻzning boshini, orqasini silashdi. U erkalanib turib berdi. Boloxonada Dilbarxon koʻrindi. Onangiz kelyapti, degan xushxabar olib kelgan Qorakoʻzga mehr bilan bokdi. Unga qand tashladi.

Nihoyat, hansirab kampir yetib keldi. Bolalarga qurt, yongʻoq, turshak ulashdi. Korakoʻz ham umidvor boʻlib qoʻliga qaradi.

— Senga yoʻq, bevafo! Meni yoʻlga tashlab ketgansan. Orqangdan halloslab yugurib, tilim ogʻzimga sigʻmay qoldi.

Qorakoʻz gunohkorona bosh egib turdi. Kampir konfet tashladi. Qorakoʻz ilib oldiyu quvonchdan hovlini shamoldek aylanib chikdi. Kampir kizi bilan kechgacha ezilib gaplashdi. Oʻgʻlini eslab koʻz yosh xam qilib oldi. Kumrining betoleligidan, men bir balo boʻlib ketsam, u shoʻrlik nima boʻladi, deb afsus-nadomatlar qildi. Gap orasida Qorakoʻz esiga tushib, ovqat-povqat berdingmi, deb soʻrab qoʻyardi. Kampir asr namozini oʻqib, ketishga shoshildi.

— Endi ketay, shom namozini uyginamda oʻqirman.

— Ovqat qilyapman, oyijon, yeb keting. Bir kechagina yotib ketsangiz nima boʻladi. Uyingizni boʻri yeb ketarmidi!

Kampir tugunni qoʻltiqlab pastga tushdi. Hovlida bolalar bilan yayrayotgan Qorakoʻzning ketgisi kelmaydi. Bolalar tuflab uloqtirgan kaltakni oʻtlar orasidan topib keladi.

Kampir yoʻlga tushdi. Qorakoʻz erkalanib, irgʻishlab goh undan oʻzib, goh orqada qolib qulogʻini qashlaydi.

Uyda Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yotgan gʻuborlarini tarqatadigan, koʻksidan togʻdek bosib yotgan armonlarni ushatadigan olamshumul bir yangilik kutib turardi

U uyiga yaqinlashganda eshigi oldida u yoqdan-bu yoqqa shoshib yurayotgan odamlarni koʻrib, yuragi xapqirib ketdi. Kadamini tezlatdi. Eshik oldida turganlar unga, qulluq boʻlsin, sevinib qoldingizmi, qariganingizda dilingizga yorugʻlik tushgani muborak boʻlsin, deyishardi.

Kampir xajga ketayotganlarga pensiyadan yiqqan pullarini «Hoji badal» uchun berib yuborgan edi. Haj kabul boʻldi, degan xushxabar kelgan boʻlsa kerak, oʻzingga shukr, Allohim, deb ostona hatladi.

Shoxiga katta lampochka osilgan tut tagidagi supada yoshi oltmishlardan oshgan bir notanish edam oʻtirardi. Uning koʻzlari... bundan oʻttiz ikki yil oldingi Boʻrixonning koʻzlari edi. Kampir, voy bolam, deb unga talpindi. Supaga yugurib bordimi, uchib bordimi, bilmaydi. Bagʻrida oʻgʻlini koʻrdi. Undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi. Kampir buni sezmasdi. Gʻoyibining hozir boʻlganidan mast-alast edi. Karaxt edi, baxtiyor edi. Oʻgʻlining boshlariga, yelkalariga koʻz yoshlari toʻkilardi.

Oʻgʻli uning bagʻridan chiqishga urinar, ammo kampirning qoq suyak, chayir qoʻllari uni boʻshatmasdi.

Nu zachem, zachem plachesh, mama, vot i priexal, xvatit, xvatit, — derdi oʻgʻli.

Ona bu gaplarni eshitmasdi. Eshitganda ham bari-bir tushunmasdi.

Kampir hushini yigʻib, bolasini bagʻridan boʻshatdi. Serrayib turgan Kumriga:

— Nega baqrayib turibsan, Rahmon qassobni chaqir, bolamning oyogʻi tagiga ogʻildagi qoʻyni soʻysin! Qoʻshnisinikida telefon bor, aka-ukalaringga, singillaringga, akam keldi, deb xabar qil! — dedi.

Qorakoʻz kampirning oyogʻi tagiga oʻtirib olgan. Bu notanish odamga gʻashlik qilib tinmay irillardi.

— Qayoqlarda yurganding? — dedi kampir oʻgʻliga. Oʻgʻli onasi nima deyayotganini tushunmay yelka qisdi. Tushunmadingmi? Sen boshqa odam boʻlib ketibsan.

Kampir uning yuzlariga qarab ezilib ketdi. Qarib, adoyi tamom boʻpti. Basharasiga ham oʻsha tomonlarning nuqsi urib, oʻzbekligi qolmabdi. Ellik bir yoshda yetmish yashar chol boʻlib qoʻya qopti.

Rahmon qassob allaqayoqqa ketib qolgan ekan, topib kelishdi. Koʻcha tomonda qoʻsh mashinaning gurillagani, oʻgʻil-qizlarining ovozlari eshitildi.

Abdumalik qoʻy yetaklab kirdi. Qizlari, kuyovlari karton qutilarda, xaltalarda meva-cheva, olma-uzum koʻtarib kirishdi. Bir zumda hovli gavjum boʻlib qoldi.

Boʻrixon ukalarini ham, singillarini ham tanimadi. Ular ham buni tanishmadi.

Boʻrixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singnllariga nima deyishni bilmasdi. Toʻgʻri, nima deyishni bilardi. Ammo til bilmasa nima qilsin? oʻylab-oʻylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yigʻlashni ham bilmay hayron turib qolishdi.

Qassob ogʻildan kattakon, boquvdagi qoʻyni sudrab chiqdi. Boʻrixonning oyogʻi tagiga yotqizib, ukam, qani bir fotiha bering, dedi. E, darvoqe, oʻzbekcha bilmasligingizni esimdan chiqaribman, qani, omin denglar, kampir enamizning umrlari uzun boʻlsin, gʻoyiblari hozir boʻlgani rost chiqsin, omin!

Qassob shunday deb qoʻyning boʻgʻziga pichoq tortdi.

— Nu zachem, zachem? — dedi Boʻrixon. — ved barana jalko, vse ravno ya stolko myaso ne yem! U nas baranina ne yedyat.

To yarim kechagacha kampirning hovlisi toʻyxonaga aylanib ketdi. Tarqash paytida Abdumalik akasini mehmonga taklif qildi.

Hovli jimib qoldi. Qumri ona-bolaga supaga joy solib berdi. Kampir bolasiga tikilib mijja qokmadi. Boʻrixon toʻygunicha ichgan edi. Ogʻzidan gup-gup aroq hidi kelib turibdi. Kampir roʻmolining uchi bilan burnini berkitgancha oʻtiribdi. Rostdan ham shu odam mening bolammi, deb oʻylardi kampir. Qarib ketibdi, sochlari toʻkilib, boshining yarmi yalangʻochlanib qopti. Koʻp ichadigan odamlardagina boʻladigan zaxil bir befayzlik zohir edi uning yuzlarida. Koʻzlarining tagi salqigan, tishlari tamakidan jigarrang tusga kirgan. U otasi oʻtgan uyda, tuqqan onasiga, jigarlariga begona boʻlib beparvo yotibdi.

Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bagʻrida olib yotgan edi. Boʻrixon doʻmboqqina bola boʻlgandi. Uni yomon koʻzdan asrasin, deb kiyimlariga tumoru koʻzmunchoqlar taqib qoʻyardi. Sultonimga atab unga kokil qoʻygandi. Olti yoshga toʻlganda uni er-xotin Turkistonga olib borib hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kesdirishgan, qoʻy soʻyib xudoyi qilishgan edi.

Boʻrixon u yonboshidan bu yonboshiga agʻdarildi. Shunda... shunda uning ustidagi oq choyshab sirgʻalib yelkalari, koʻksi ochilib qoldi. Kampir badanidan chayon oʻrmalagandek seskandi. Oʻzini orqaga tashladi.


Boʻrixonning boʻynidagi zanjir uchida but yaltiradi. Kampirning koʻzlari tindi. Bir dam uni shuur tark qildi. Telbadek sapchib oʻrnidan turdiyu ayvon tomonga chekindi...

Boʻrixon armiya xizmatini oʻtagandan keyin ham uyga qaytmadi. Oʻrmon ichkarisidagi qishloq butxonasi qoʻngʻiroqchisining erdan qolgan qiziga oshiqu beqaror boʻlib qoldi. Qalligʻining otasi, boshqa dindagi odamga qizimni bermayman, deb turib oldi. Qiz Boʻrixonni xristian diniga kirishga undadi. Ishq-muhabbatdan koʻzini parda bosgan Boʻrixon hech ikkilanmay rozi boʻldi. Uni cherkovda choʻqintirishdi. Keyin cherkov oqsoqoli kelin bilan kuyovga toj kiydirib, nikoh oʻqidi.

Ana shundan keyin Boʻrixon xotini, qaynonasi bilan har kuni cherkovga borib choʻqinadigan boʻldi. Qaynotasi oʻlgandan soʻng uning oʻrniga cherkov qoʻngʻiroqchisi qilib qoʻyishdi. Nimaiki ish boʻlsa, barini u bajaradigan boʻldi. Piligi soʻxta boʻlgan shamlarning uchini qaychilaydi, yonib tamom boʻlganlarini almashtiradi.

1970 yilning kech kuzida bir musulmon bolasi dindan chiqdi...

Oh, otaginasi tirik boʻlganda shu supa ustida bolta bilan chopib tashlardi-ya! Kampir ayvon tomon tisarilib borar ekan, ana shunday oʻylardi. U ayvonga yetolmay hushidan ketib yiqildi. Qorakoʻz uning atrofida ulib aylanardi. Qumri yotgan uyning eshigini timdalab, uni uygʻotmoqchi boʻldi. Qumri uyqusini buzgan itni qargʻay-qargʻay hovliga chikdi. Qorakoʻz uning etagidan tortib, kampir yotgan joyga sudradi. Qumri onasining behush yotganini koʻrib qoʻrqib ketdi. Qarib, mushtdekkina boʻlib qolgan onasini dast koʻtarib ayvonga olib chikdi. Boshi ostiga yostiq qoʻyib, suv ichirdi. Yelkalarini uqaladi. Kampir koʻzini ochdi. Hali tong yorishmay turib, Abdumalik mashinada kelib akasini olib ketdi. Unga Toshkentning mustaqillikdan keyingi manzarasini koʻrsatmoqchi, Chorsu bozoridan uning bolalariga sovgʻa-salomlar olib bermoqchi edi.

Boʻrixon uchun oʻzbekistonda mustaqillik boʻldimi, boʻlmadimi baribir edi. U oʻzga yurtning fuqarosi, oʻzga e’tiqodning sigʻindisi edi. Tugʻilgan yurtga muhabbat tuygʻusi uni tark qilganiga koʻp yillar boʻlgan. Ona tili qadim-qadim zamonlardayok unutilib ketgan Shumer tili qatori tumanlar orasida kolib ketgandi.

Ertalab kampir xech narsa boʻlmagandek oʻrnidan turdi. Qumri qarasa, onasining kolgan kora sochlari xam bir kechada oqarib, ajinlari koʻpayib ketibdi.

Qumri onasining nega bunaqa boʻlayotganini bilib turardi. Boya akasi tong yorishmay xovli etagidagi yongʻoq tagida devorga karab choʻqinayotganini koʻrib hayronu lol qolgandi. Ayollar umuman titimsak xalq boʻladi. Akasi Abdumalik bilan hovlidan chiqib ketgach, ichkari uyda turgan chemodanini titkiladi. Shunda sariq baxmalga oʻralgan bir narsaga koʻzi tushdi. Ushlab koʻrdi. Qutichaga solingan narsa toʻpponcha emasmikan, deb baxmal tugunni yechib qaradi. Oʻ xristianlarning muqaddas kitobi Ynjil edi. Uni ushlagan qoʻllari kuyayotgandek shoshib yana baxmalga oʻrab qoʻydi.

Kampir bomdod namozini oʻqiyotib, har sajdaga bosh qoʻyganida joynamozga koʻz yoshlari tomardi. U joynamoz burchagini qayirib, eriga atab Qur'on tilovat qildi. Baxti chopmagan Qumriga bagʻishlab shu farishtaginaning yoʻlini och, deb Allohga iltijolar qildi. Gʻoyibdan hozir boʻlgan oʻgʻlining nomini tilga xam olmadi.

Saodat aya shu bolasiga toʻlgʻoq tutayotganda oftob charaqlab turardi-yu, yomgʻir sharros quyayotgan edi. Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: «Boʻri bolalayapti», degandi. Shuning uchun ham oʻgʻliga u Boʻrixon dsb ism qoʻygandi. Oradan ellik bir yil oʻtib, 6u bolani men emas, boʻri tukqan ekan, degan xayolga bordi.

— Oyi, kiyinasizmi? Abdumalikning mashinasi hozir kelib qoladi. Oʻgʻlingiz tayinlab ketgan.

— Oʻzing boraver, men shu yerda qolaman, — dedi kampir.

— Axir, akam, kechqurun poezdga chikadi. Xayrlashmaysizmi?

— Oʻzi kelgan, oʻzi ketaveradi. Mashina kelsa, chemodanini tashlab qoʻy. Bu uyga endi qaytib kelmasin, — dedi kampir kat'iy qilib.

— Oyijon-ey, juda qahringiz qattiqda! Bugun ketadi, qaytib koʻramizmi-yoʻqmi, bolam-boʻtam, deb kuzatib qoʻya qolsangiz nima qiladi-ya! — dedi zorlanib Qumri.

— Bu bolani men emas, boʻri tuqqan... Bir marta dadam qani, deb soʻramadi-ya! Qandoq ota edi-ya rahmatli.

Koʻchadan mashina ovozi keldi. Qorakoʻz oʻqdek otilib chiqib ketdi. Bir ozdan keyin kampirning nevarasi Abdunabining atrofida gir aylanib kirib keldi.

— Iya, xali ham kiyinmay oʻtiribsizmi? Uyimiz qarindosh-urugʻlarga toʻlib ketdi. Dadamning oʻrtoqlari xam kelishgan. Qani, boʻla qolinglar!

— Men bormayman, — dedi kampir. — Qumri boradi. Chemodan oʻlgurni ola ketinglar.

— Iya, qiziq boʻldi-ku! Amakim bugun ketadilar-ku!

Kampir indamay uyga kirib ketdi, keyin derazadan boshini chiqarib:

— Sen boraver, bolam. Men bilan oʻtirib qon boʻlib ketding. Jigarlaring bilan birpas yozilib kelasan, —dedi Qumriga.

Mashina ketdi. Kampir hayhotdek hovlida bir oʻzi qoldi. Uning koʻksiga allaqaydan kelib tushgan bir parcha muz kechadan beri erimay, vujud-vujudini qaqshatardi.

U uyga kirib tugun koʻtarib chiqdi. Undan Boʻrixonning goʻdakligida, bolaligida kiygan kiyimlarini olib qaradi.

Ilgari kampir ba’zi-ba’zida 6u kiyimlarni hidlab yigʻlardi. Endi koʻksidagi muz uni yigʻlashga qoʻymadi. U hovli oʻrtasiga xazon toʻplab gugurt chaqdi. Gurillab yonayotgan gulxanga Boʻrixonning kiyimlarini birma-bir tashlay boshladi. Gulxanda Boʻrixonning bolaligi yonardi. Qorakoʻz gulxan atrofida aylanar, goh alanga taftiga chidolmay nari ketardi. Bir boʻxcha kiyim zum oʻtmay yonib kulga aylandi. Shamol kuyindilarni hovlining toʻrt tarafiga uchirib ketdi.

Qumrining koʻngli bir nimani sezdimi, koʻcha boshiga yetmay mashinadan tushib qoldi. Uyga kelganda, onasi kaftini iyagiga tirab, qimirlamay oʻtiribdi. Qorakoʻz uning xayollariga sherik boʻlgandek, u ham old oyoqlariga dahanini qoʻygancha koʻzlarini yumib, qimirlamay yotibdi. Qumri u yoq-bu yoqqa qaradi. Hovlidan kuygan latta xidi kelyapti. Qoʻshnilardan birortasi eski-tuskilarni yondiryapti shekilli, deb oʻyladi. Hovlining supradek joyi qorayib qolganini koʻrib hayron boʻldi. Yaqin bo-rib qarasa, qoraygan yerda bolalar koʻylagiga qadaladigan oʻn-oʻn beshta qovjiragan tugma sochilib yotibdi. Qumri nima boʻlganini bildi. Ichidan zil ketdi.

— Oyi, — dedi u, — nima ovqat qilib beray? Ertalab ham hech narsa tatimadingiz. Bunaqada toliqib qolasiz-ku.

Kampir boshini sarak-sarak qildi.

— Ishtaham yoʻq, bolam. Ichim toʻla muz. Tanamga asta tarqalyapti.

Qumri koʻrkib ketdi.

— Koʻp kuyinmang endi, boʻlar ish boʻldi. Xudoning irodasi bu.

— E, qizim-a, bola tugʻmagansan-da, bilmaysan!

Kampir qiziga hech qachon «tugʻmagansan» deb aytmagan. Aytsa, ta’na qilayotgandek boʻlardi. Qizining shundoq ham dardi ichida. Bu gapni begona aytsa chidash mumkindir. Ammo oʻz onang aytsa, yuragingni kimga ochasan? Qumri onasining gapini malol olmadi.

— Farzand dogʻi yomon boʻladi, bolam.

— Axir akam tirik-ku, shukr qilmaysizmi? Kampir uning gapini choʻrt kesdi:

— U yoʻq endi!

Kampir soʻzini yetkaza olmay yonboshiga behush yiqildi. Qorakoʻz bezovtalanib sapchib turib ketdi. Kumri onasini koʻtarib, koʻrpacha ustiga yotqizdi.

Eshik taqilladi. Qorakoʻz darvoza tomon yugurdi. Qumri onasi bilan ovora edi. Hovliga mahalla machitining imom-xatibi bilan mutavallisi kirdi. Kampirning ahvolini koʻrib, bir-biriga qarab olishdi.

— Qizim, — dedi mutavalli, — bemavrid kelib qopmiz. Onaxondan suyunchi olmoqchi edik.

Ular ayvon oldiga kelishdi. Soʻnggi nafasini olayotgan kampirga:

— Onajon, kecha muborak haj safaridan qaytdik.

Sizning hajingiz qabul boʻldi, — deyishdi.


Imom-xatib Saodat ayaning «Hoji badal» boʻlgani toʻgʻrisidagi hujjatni uzatdi. Kampir qoʻlini koʻtara olmadi. Koʻzini arang ochib, oʻzingga shukur, Allohim, deya oldi, xolos. U qiziga bir nima demoqchi boʻlgan edi, tili kalimaga kelmadi.

Kumri uning nima demoqchiligini bildi. Yugurib uyga kirdiyu ikkita ohorli toʻn koʻtarib chikdi.

— Oyim shu kunga atab saqlab yurgan edilar.

U shunday deb ikkovining yelkasiga toʻn tashladi.

Kampir ikki kun shu alpozda yotib, sal oʻziga kelgandek boʻldi. Tilga kirdi.

Aslini olganda, uning umri tugagan edi. Bu xushxabar uning tugab borayotgan umriga umr ulagan edi. Bu hol shamning oʻchish oldidan bir lop etishiga oʻxshardi.

— Ukalaringni, singillaringni chaqir! Vasiyat qilib

qoʻyay. Sen qoʻrqma, qizim. Oʻlim haq. Bu jon degani Allohning tandagi omonati. Undan qochib qutulib boʻlmaydi. Puf etadi-yu, chiqadi-ketadi.

Kampirning bolalari yetib kelishdi. Qumri onasining orqasiga yostiq qoʻyib berdi. Qator oʻtirgan bolalariga, nevaralariga qarar ekan, kampir mamnunlik bilan:

Xudoga shukr, tobutim oldida boradigan hassakashlarim koʻp ekan, — dedi. — Eshitinglar, bolalarim. Abdumalik, endi bularga sen ota oʻrnida otalik kilasan. Qumri, qizim, endi sen mening oʻrnimga qolasan. Abdunabini shu hovlida uylantiringlar. Yilimni kutib oʻtirmay toʻy qilaveringlar. Shundoq qilsalaring, arvohim shod boʻladi. Abdunabi kelin bilan Qumrining oldida qolsin. Shu uy uniki. Onam goʻrida tinch yotsin, desanglar Qumrini aslo yolgʻizlatib qoʻymanglar.

Kampirning lablari quruqshadi. Qumri piyoladagi suvga paxta botirib ogʻziga tomizdi.

— Shoshib turibman, bolalarim. Meni otalaring oldiga olib ketishga kelishyapti. Endi buyogʻini eshitinglar. Hamma tadorigimni koʻrib qoʻyganman. Yilim oʻtguncha boʻladigan marosimlarga yetarli pulni Qumriga berib qoʻyganman. Qizim, qulogʻimdagi ziragimni, mahsi-kovushimni gʻassolga bergin. — U endigi aytmoqchi boʻlgan gapidan iymandi shekilli, jilmaydi. — Azaga kelgan xotinlar oldida xunugim chiqib yotmayin, qoshimga oʻsma...

Kampir shu jilmaygancha ichidagi muz erimay osongina jon berdi.

Hovliga tumonat yigʻildi. Unga «Hoji ona» deb janoza oʻqishdi. Tobutni koʻtarishayotganda Qorakoʻzni qabristonga bormasin, yomon boʻladi, deb qoʻshnining hujrasiga qamab ketishdi

Kampirning qirqi oʻtgandan keyingina hovlidan odam oyogʻi tovsildi. Egasi ketib fayzi yoʻqolgan hovlida Qumri va Qorakoʻz mungʻayib qolishdi.

Bir kun Qorakoʻzning mijjalarida yosh koʻrib Qum-rining yuraklari ezilib ketdi. Qorakoʻzga qoʻshilib u ham yigʻladi. Asta qoʻl yuborib, uning boshlaridan siladi. Oldin bu itni jinidan ham yomon koʻrardi. Necha marta kosov bilan urgan. Oyogʻi ostida oʻralashganda tepib yuborgan. Qorakoʻz ham uni unchalik suymasdi.

Ana endi ikki mungligʻ bir-biriga qarab yum-yum yosh toʻkishyapti.

Korakoʻz endi kechalari daydib ketmay qoʻydi. Har kuni xali tong yorishmay turib (kampir bomdodga turganda) uygʻonib ketardi.

Kampirshshg bolalaridan nkkitasi Toshkentda, bittasi Chirchiqda, ikkitasi Kibrayda yashaydi. U tong otgandan to kun botguncha xammasining uyiga borardi. Kampirni topolmay, xorib-charchab qaytib keladi.

Bugun xam tong sahardan Korakoʻz chikib ketdi. Pildiragancha Chirchiq tomonga yoʻl oldi. Kimyogarlar shaharchasida kampirning kenja qizi turadi. Oʻgʻli magnitofon jinnisi. Hammaning ovozini tasmaga yozib yuradi. Shu yil bahorda buvisining ovozini xam bildirmay yozibdi. Oʻshanda kampir supada oʻtirib, allaqayoqlarda daydib kelgan Qorakoʻzga tanbeh berayotgan edi.

Korakoʻz Kimyogarlar shaharchasining eng chekkadagi «dom»ga yetib kelganda kampirning nevarasi shisha bankada sut olib kelayotgan edi. Qorakoʻz unga dumini likillatib yaltoqlandi. Unga ergashib uchinchi qavatga chiqdi. Uyga kirmay qaytib tushdi. Bir ozdan keyin kampirning ovozi eshitila boshladi. Qorakoʻzning kulogʻi ding boʻldi. Yaqin ikki oydan beri yoʻqotgan qadrdon kishisining ovozini eshitib yigʻlayotgandek gʻingshidi. Qorakoʻz uchinchi qavatga otilib chikdi. Eshikni timdalab vovulladi. Yana qaytib tushdi. Boloxonaga qarab vovullayverdi, vovullayverdi...
Magnitofondan kampirning ovozi kelardi.

«Qorakoʻzgina, qayoqlarda sanqib yuribsan? Hech uyda oʻtirasanmi-yoʻqmi? Qorning xam ochgandir? Tentakkina. Gapimga quloq sol, nega beozor musichani quvasan?..»

Qorakoʻz akillar, yerni timdalab orqasiga tuproq otardi. Shu hovlida kecha toʻy boʻlgandi. Shirakayf yigitlar mikrofonni baland qoʻyib, hech kimni uxlatmagan edi. Uyquga toʻymagan odamlarga tong mahali akillayotgan itning bu qiligʻi malol kelardi. Quturgan bu it qayoqdan paydo boʻldi, uni yoʻqotish kerak, deb oʻylashardi.

Qorakoʻz odamlarni jonidan bezor qilib, tinmay vovullar, u yokdan-bu yoqqa yugurib, akillagani akillagan edi.

— Daydi itlarni tutadiganlarni chaqirish kerak, — dedi birinchi qavat boloxonasiga choyshab yopinib chiqqan kasalmand bir kishi.

— Quturgan bu, bolalarni tishlab olmasin-da! Uni otib tashlash kerak! Hoy, kimning miltigʻi bor? — deb asabiy qichqirdi uchinchi qavatdan bittasi.

Kampirning ovozi hamon eshitilib turibdi. Qorakoʻz akillashini qoʻymaydi.

Shu payt toʻrtinchi qavatdan kimdir varanglatib oʻq uzdi. Qorakoʻz vangillab yonboshiga agʻdarildi. Orqa oyogʻini bir-ikki silkitib jimib qoldi.

Magnitofon tasmasi hamon aylanardi.

«... Qorakoʻz oʻlmagur, Majnungina, yana qayoqqa ketyapsan? Ma’shuqalaring oldigami? Kelinni qachon koʻrsatasan? Laylingni bir olib kel, koʻray...»

Qorakoʻz kampirning ovozi kelayotgan boloxona tomonga yuzini burgancha jonsiz yotardi.

Savol va topshiriqlar:



  1. Sid Ahmadning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Said Ahmad qayerlarda tehsil olgan?

  3. Uning qanday asarlari bor?

  4. “Qorako`z Majnun “ asarining bosh qahramonlarini ayting.

  5. Bo`rixonning qismti shunday bo`lishiga nima sabab deb o`ylaysiz?

  6. Asarning epigrafi haqida nim dey olasiz?



Yüklə 182,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə